24
tani mas’uliyatli vazifani unga ishonib topshirib dedi: «Zudlik
bilan zaxira kapsulaga minib qochib qol! Ammo yodingda
bo‘lsin, endi salmirliklarning bor umidi faqat sendan».
Margol Qizilqum cho‘liga ketganicha uch kun yo‘q bo‘lib
ketdi. Axiyri to‘rtinchi kun deganda ulkan «tuxum»ni yelka-
siga ortib olgan kichkinagina Margol Abdukarim amakining
hovlisiga kirib keldi.
– Nima, shu katta «tuxum»ni yelkangizda ko‘tarib kel-
yapsizmi? – hayron bo‘lib so‘radi Ahmad.
– Iloj qancha? – xotirjam gap boshladi Margol. – Kap-
sulaning yoqilg‘isi qolmagan. Qurilma uchishga emas,
qo‘nishga mo‘ljallangan, xolos. Yaxshiyam, unda ko‘zga
ko‘rinmaslik xususiyati bor. Yo‘qsa, odamlar: «Bu nima?»
– deyaverib holi jonimga qo‘ymasdi.
– Kuchingiz ham ko‘p ekan-da?
– Ha, biz salmirliklar 5-6 tonnagacha yukni bemalol
ko‘tarishimiz mumkin, – maqtandi Margol.
Ahmad kapsulani obdan ko‘rib, o‘rganib chiqdi. Bu kap-
suladagi har bir uskuna mukammal edi. «Haqiqatan ham
o‘zga sayyoraliklar taraqqiyotda bizdan ancha ilgarilab
ketgan ekan. Bunaqa qurilma yerlik muhandislarning tu-
shiga ham kirmagan bo‘lsa kerak», – o‘yladi Ahmad. So‘ng
Margolga qarab dedi:
– Qoyil!.. Xo‘sh, endi ishni nimadan boshlaymiz?
Ammo negadir Margol ishga kirishishga shoshilmas,
negadir juda xomush edi. Uning ko‘zlariga qarab qanday-
dir muhim gapni ayta olmay turganini sezish qiyin emasdi.
Biroz sukunatdan so‘ng Margol gap boshladi:
– Ahmad, muammo bor, buni senga aytmasam bo‘l-
maydi.
– Tortinmay aytavering! – dedi Ahmad.
– Texnik nosozliklar tufayli kapsula Yerga qo‘nmay, bal-
ki qulab tushgan edi. O‘shanda judayam kerakli bo‘lgan
uskunalardan
biri sinib, ishdan chiqqan ekan.
26
– Tushunaman, sen o‘z hayotingni xatarga qo‘yishga
majbur emassan!
– Ayniqsa, ota-onamni xavotirga qo‘yib ketolmayman.
– Agar ota-onangni o‘ylayotgan bo‘lsang, bu muammo-
ning yechimi bor, – Margolning ko‘zlarida umid uchqunlari
porlagan edi.
– Qanday? – qiziqdi Ahmad.
– Eh, hamma narsaga yetgan aqling shunga kelgan-
da oqsabdi-da! Kim edi-ya, ha, topdim, Albert Eynshteyn
degan olimlaring vaqt nisbiy hodisa ekanini isbotlagan
edi-ku. Salmirliklar zamondan zamonga ko‘chib o‘tishning
sirini allaqachon topishgan. Bizning kema koinotdagi gra-
vitatsiya to‘lqinlarida uchib yurishini hisobga olsak, fazoda
sayohatda bo‘lib qaytganingni ota-onang hatto sezmaydi
ham. Hammasi tugagach vaqt tuynugidan o‘tib, hozirgi
shu kunlarga qaytib kelishing mumkin. Ishon, galaktikada
bir kundan ko‘p sayohat qilmaysan.
Ahmad bir muddat o‘ylanib qoldi. Qo‘l harakatlariga qa-
raganda, u xayolan nimanidir hisoblab chiqayotgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: