Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


-rasm.  Dunyoning  OIV  infeksiyasidan  zarar  ko’rgan  mintaqalarida  1986-



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

4.3-rasm.  Dunyoning  OIV  infeksiyasidan  zarar  ko’rgan  mintaqalarida  1986-
2004-yillarda zararlanganlar sonining o’sishi 
 
BMT  ma’lumotiga  qaraganda,  epidemiya  tarqalishda  davom  etadi  va  ba’zi 
mamlakatlar kelajakda ko’p yillar davomida o’z aholisi tarkibida OIV infeksiyasi 
bilan  zararlanganlar  soni  ortishiga  guvoh  bo’lishadi.  OITS  haqiqatda  ham 
aholining  kasallanishi,  o’lim  darajasi  va  soni  qisqarishiga  juda  ham  katta  sabab 
bo’lmoqda: Bu virusdan jiddiy zarar ko’rgan mamlakatlarda o’rtacha umr ko’rish 
uzoqligi shiddatli qisqarishlarga uchramoqda. 2005-yilda virusga egalar foizi 24%, 
deb hisoblangan Botsvanada o’rtacha umr ko’rish muddati 1985-1990 yillardagi 64 
yildan,  2000-2005  yillarda  47  yoshga  tushib  qoldi.  2005-2010-yillargacha  umr 
ko’rish  yoshi  OIV  bilan  kasallanishning  qisqarishi  va  anti-retrovirus  tyerapiyasi 
imkoniyatlari kengayishi natijasida yana 51 yoshga ko’tarilishi kuzatilmoqda.  
Janubiy Afrikada esa bu epidemiyadan eng katta zarar ko’rgan mamlakatlar 
joylashgan bo’lib, bu yerda aholi o’rtacha yoshi 20 yil davomida 61 dan 49 yoshga 
tushib  qolgan.  Janubiy  Afrikadagi  ta’sir  kutilmagan  bo’lishiga  qaramasdan,  bu 


 
114 
hududdagi  katta  zarar  ko’rgan  mamlakatlarning  ko’pchiligi  yaqin  yillarda  umr 
davomiyligida  ancha  qisqarishlarni  boshlaridan  o’tkazishdi.  Kelinglar,  o’limning 
kelajakda kutilayotgan holatlarini hayot davomiyligi jihatidan ko’rib chiqamiz. Biz 
bu  asrda  yuqori  hayot  darajalariga  dunyodagi  ko’pgina  rivojlangan  davlatlar 
tomonidan yerishilganiga to’xtaldik.  
2006-yilda  rivojlangan  mamlakatlar  aholisi  o’rtacha  olganda  77  yil  umr 
ko’rdi  (  erkaklar  73 yosh,  ayollar 80  yosh).  Dunyodagi  eng  yuqori ko’rsatkichga 
ega  bo’lgan  Yaponiyada  o’rtacha  umr  ko’rish  82  yoshni  tashkil  etgan  (79  yosh 
erkaklar,  86  yosh  ayollar),  keying  o’rinlarda  Avstraliya,  Ispaniya,  Shvetsiya  va 
Shveysariya  davlatlari  81yosh  o’rtacha  umr  uzoqliligi  bilan  joylashgan.  O’lish 
darajasini  bu  mamlakatlardagi  holatga  qarab  tushib  borishini  taxmin  qilish 
mumkinmi?  Bu  haqida  ikki  pozitsiya  bor:  biri  buni  cheklashga,  ikkinchisi  esa 
aksiga harakat qiladi. 
Inson hayot darajasi yuqori limitini yoqlovchi asosiy  shaxs bu Jeyms Frays 
bo’lib,  u  1980-yilda  insonlar  maksimal  hisobda  o’rtacha  85  yilgacha  yashashlari 
mumkin,  deb  prognoz  qilgan  edi.  U  2000-yilda  e’lon  qilingan  bir  ishida  insonlar 
o’rtacha umr yoshi 1980-yildan byeri oshganini va bu oshish kelajakda 85 yoshdan 
ozgina ammo ko’p oshmasligini ta’kidladi. Jey Olshenski va Bryus Kyerns (2001) 
Fraysning  fikrlarini  ma’qullab,  barcha  tirik  organizmlar  “biologik  kafolat”ga  ega 
degan fikrni bildirganlar.  
O’rtacha  100  yil  umrga  qarshi  o’z  fikrlarini  bildirib,  ular  ta’kidlashdiki, 
“agar  ko’pchilik  insonlar  100  yil  yashash  qobiliyatiga  ega  bo’lishsa,  80  yoshdan 
keyin  keladigan  funksional  va  patologik  pasayishlarning  qandaydir  bir  sababi 
bo’lishi  kerak”.  Ular  fikricha,  ammo  bunday  sabab  yo’q.  Haqiqatdan  ham,  “80 
yoshdan  keyin  insonlar  tanasidagi  barcha  biologik  tizimlarida  qisqarishlar  sodir 
bo’la  boshlaydi”.  Ularning  so’zlariga  qaraganda,  AQSHda  XXI  asrning  hech 
qanday paytida ham odamlar o’rtacha 90 yil yashashlari qiyin.  
Boshqa  tarafdan, o’limlarning  qisqarishi va  o’rtacha umr  uzayishini taxmin 
qilayotganlarning  asosiy  vakili  bu  mashhur  demograf  Jeyms  Vopeldir.  Uning 
tekshirishicha  qachon  maksimum  o’rtacha  umr  miqdori  yuqori  natijaga 


 
115 
ko’tarilganida,  bu  natija  ham  ortda  qoldirilgan.  U  va  uning  shogirdlari  fikricha, 
insonlar  va  boshqa  mavjudotlarning  o’lim  darajalari  oshib  bormaydi  va  aksincha 
yosh  o’tib  borgan  sari  o’lim  xavfi  sekinlashib,  kamayib  boradi.  Vopel  va  uning 
hamkasbi Jim Oppen o’zlarining gapi bo’yicha “eng zo’r umr ko’rish mashg’uloti” 
ma’lumotini tekshirib ko’rishdi. Ular umr ko’rish ko’rsatkichi eng uzun bo’lgan 6 
mamlakat:  Avstraliya,  Islandiya,  Yaponiya,  Yangi  Zelandiya,  Norvegiya  va 
Shvetsiyadagi  1840-yildan  2000-yilgacha  bo’lgan  har  yillik  ma’lumotni  yig’ib 
grafiklashtirishdi.  
Biz  ularning  diagrammasini  4.4-suratda  keltirganmiz.  Oppen  va  Vopelning 
fikricha  biron  mamlakatdagi  o’rtacha  daraja  va  rekord  daraja  orasidagi  farq  bu 
o’sha  mamlakatning  o’sha  paytdagi  bilimlardan  amalda  foydalana  olganligini 
ko’rsatadi.  4.4-suratdagi  ma’lumotdan  ayon  bo’lishicha,  ayollar  o’rtacha  yashash 
uzoqligi  to’g’ri  chiziq  bo’ylab  yiliga  3  oydan  oshib  borgan.  Oppel  va  Vopel 
bundan  shuni  keltirib  chiqarishmoqdaki,  agar  o’sish  shu  chiziq  bo’ylab  o’sishda 
davom etsa, ayollar 2060-yilgacha bemalol 100 yoshgacha yashay ola boshlashadi.  
Biz  Fraysdan  ko’ra  ko’proq  Vopel  tarafida  turishni  ma’qul  ko’ramiz.  Bizning 
dalillarni  ko’rib  chiqishimiz  natijalari  bizning  o’zgarmas  biologik  yosh 
tushunchasiga  qarshi  turishga  undaydi.  Biz  o’rtacha  yosh  o’sishi  shu  asrning 
o’zidayoq bir necha yoshga yuqorilaydi, deb hisoblaymiz.  
Ayollar  o’rtacha  yoshi  2060-yilgacha  100  yoshgacha  yetadimi  yo’qmi 
buning  ahamiyati  yo’q,  shunisi  ahamiyatliki,  bu  ko’rsatkich  85  yoshda  qotib 
qolmaydi.  Yuqori  daromadli  16  mamlakatda  o’tkazilgan  empiric  tajriba  shuni 
ko’rsatmoqdaki, “yaqin yillardagi aholi o’rtacha umr yoshining muntazam o’sishi 
optimistlarning  yaqin  yillarda  umr  chegarasiga  hali  yaqinlashmasligimizni 
ko’rsatmoqda”.  Ammo  bu  fikrni  aytgan  Bongaarts  shuni  ogohlantirish  sifatida 
aytdiki,  bu  o’sish  Oppen  va  Vopel  ta’kidlaganidek  yuqori  bo’lmaydi. 
Rivojlanayotgan  dunyoda  o’rtacha  umrda  albatta  o’sish  bo’ladi.  Ko’plab 
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  bolalar  o’limi,  umumiy  o’lim  darajasi  va  onalar 
o’limi hali ham yuqori. Ularning ko’plarida yuqumli kasalliklar ko’plab o’limlarga 


 
116 
sabab  bo’lmoqda.  Zamonaviy  tibbiy  va  ijtimoiy  salomatlik  texnikalari  ularning 
ko’plariga joriy qilinsa, umr ko’rish uzoqligi anchagacha oshishi mumkin. 
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish