109
1660-yillardagi Londonda yuz bergan Buyuk O’lat keying bir necha yillar
davomida takrorlanib turdi, ammo uning miqyosi yuqoridagi Qora O’latchalik
emas edi. Dastlab buni bubonik o’lat deb jo’ylashgan ammo hozirda buni
ko’pchilik virusli isitmaga o’xshash kasallik, deb hisoblashmoqda. Jon Grayntning
“O’lim Billi” ham shu paytlarda ishlab chiqilgan.
XIX-asrda Britaniya to’rt marotaba vaboga uchragan va ayni shu paytlarda
oddiy vrach Jon Snou vaboning tarqalish sirini yechdi va uning kashfiyoti
Britaniya va G’arb dunyosini vabodan ozod qilinishiga sabab bo’ldi. Jon Snou
Shuni ko’rsatib byerdiki, muayyan quduqlar o’zida zararli suvni saqlaydi va
vabodan o’layotganlar ham aynan shu suvlardan ichganlardir. U bugungi kunda
ba’zilar fan tarixidagi eng mashhur hujjatlardan biri, deb hisoblaydigan, quduqlar
va Londonning vabo tarqalgan joylarining xaritasini chizdi. Bu Geografik Axborot
Tizimlari (GAT) muayyan quduqlarning yopilishiga olib kelgan siyosatni
belgilagan eng dastlabkilaridan biri edi. Stiven Jonsonning “Arvoh Xarita” (2006)
kitobi Jon Snou harakatlarining ajoyib, qiziqarli va ta’sirlanarli jihatlari
ta’riflangan tengsiz asardir.
Yaqin muddat oldin sodir bo’lgan epidemiyalardan biri bu Ispan gripp
epidemiyasi bo’lib, Ispaniya bundan zararlangan dastlabki Yevropa davlati
bo’lganligi uchun shunday atalgan. U 1918-yilda Yevropa bo’ylab, keyin esa
butun
dunyoga tarqaldi. Epidemiologlar Nayal Jonson va Yurgen Myullyerlar
ta’kidlashicha epidemiya 50 millionga yaqin inson umriga zomin bo’lgan; ba’zilar
esa undan ham yuqori natijani ko’rsatishadi. Ispan grippi o’sha paytda Yer
sharining yarmiga teng bo’lgan 1 milliard insonni zararlagani aniq. Ba’zilar
ko’plab grippdan o’lganlar kam rivojlangan mamlakatlarda hisobga olinmay
ketilgan, deb taxmin qilishadi.
Epidemiya Shimoliy Amerikaga tarqalgan paytda, AQSHda 700000 ga
yaqin kishi o’lgan va Kanadada esa 50000 kishi. Kvebek va Labradorning ba’zi
kichik qishloqlari butunlay qirilib ketgan. Bu epidemiyaning asosiy qurbonlari 20
va 40 yosh o’rtasidagi yosh insonlar bo’lishgan. Agar AQSHdagi 1911-1917 va
1918-yil uchun maxsus-oylik o’lim darajalarini tekshiradigan bo’lsangiz, grippning
110
ta’siri 1918-yilning so’nggi choragida, aniqrog’i, oktyabr oyida bo’lganiga guvoh
bo’lasiz. 1918-yilda San-Fransiskoda fuqarolardan ko’chaga chiqqanlarida va
jamoat joylarida bo’lganlarida niqob taqishlarini talab qiluvchi qonun qabul
qilingan. Shahar Sog’liqni Saqlash Depatramenti tomonidan “Niqob taqing va
hayotingizni saqlab qoling! Bir Niqob Grippga qarshi 100% himoya!” nomli shiori
tarqatilgan. Shunga qaramasdan, San-Fransisko va yaqin atroflarda 3500 kishi, shu
jumladan, bu kitob muallifi Dadli Postonning bir xolasi va uch bobo va buvilari
ushbu grippdan vafot etishgan. Postonning 1918-yili 20-dekabrda 42 yoshida
“gripp”dan vafot etgan va keyingi kuni San Fransisko janubidagi Kolma
Shaharchasida Muqaddas Hoch Qabristonida dafn etilgan ona tomondan buvisi
Ani Karaning haqiqiy o’lim haqidagi guvohnomasi 4.2 rasmda keltirilgan.
Postonning onasi, Ketrin Kara ham 1918-yilda gripp bilan kasallangan va
xayriyatki omon qolgan va 1936-yilda Dadli Postonga turmushga chiqqan va 1940-
yilda Dadli Poston Kichik (muallif) va Katlin (singlisi)ni dunyoga keltirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: