117
jins nisbati keltiriladi. Bu davlat Janubiy Afrika bo’lib, bu davlat aholisining
deyarli 19 %i OIV bilan zararlangan.
BMT ma’lumotiga ko’ra: 2015-yilda mavjud bo’lishi kuzatiladigan 15
yoshdan yuqori bo’lgan voyaga yetgan aholi miqdori OIV infeksiyasi
bo’lmaganidagi natijaga qaraganda kamroqni tashkil etmoqda (taxminan 16
million). Bu yosh qatlamning qisqarib kyetishi sabablari dunyoga keltirish
yoshidagi ayollarning OIV virusi sababli bevaqt nobud bo’lishlari va zararlanib
tug’ilgan chaqaloqlarning yashab kyetishiga noqobilliklaridir. 2015-yilda Janubiy
Afrika aholisi 50,3 millionni tashkil qilishi kutiladi. Bu esa
agar OIV virusi mavjud
bo’lmaganida natija 14 foiz yuqoriroq bo’lar edi deganidir. Endi biz Maltus aytib
o’tgan so’nggi ijobiy cheklovlardan biri
urushlar muhokamasiga to’xtalamiz.
Urushlar natijasida kelib chiqqan o’limlarni qayd etish va ro’yxatga olish
ishlari XX asrda har qachongidan ham ko’ra ancha batafsil olib borilgan.
O’limlarning eng katta miqdori, hech shubhasiz, XX asrning birinchi yarmida ro’y
byerdi. Birinchi Jahon Urushidagi harbiy va fuqaro qurbonlari soni 8,5 million
bo’lgan bo’lsa, bu natija II Jahon Urushida 40 millionga yetdi. Ko’pincha oddiy
aholi orasidagi qurbonlar soni harbiylar orasidagi qurbonlardan ortiqroq bo’ladi.
Ma’lumot uchun, Rossiyadagi II Jahon Urushi qurbonlarining 60 %i fuqaro
vakillari ekanligini kyeltirish joiz.
AQSHda Fuqarolar Urushida byerilgan qurbonlar soniga teng qurbonlarni
Amerika bundan oldin ham keyin ham byermagan edi. Urushning 1861-dan 1865-
yilgacha bo’lgan 4 yil davom etgan muddatida 620000 qurbon, yarmi shimoldan,
yarmi janubdan byerilgan. Bu degani AQSHning Mustaqillik Urushidan to Koreya
urushigacha bergan qurbonlari soniga teng degani. Qurbon byerilgan 620000
kishini o’sha paytdagi AQSHning 31 million aholisiga solishtiradigan bo’lsak;
aholining o’sha paytdagi 2 %i halok bo’lgan. Bu degani hozirgi 6 million AQSH
aholisiga tengdir. Ammo, 1980-yillardan byeri biz Sharqiy Yevropa va Afrika
mintaqalarida o’limning qaytarilishi jarayoniga ko’pdan ko’p hollarda duch kela
boshladik. Rossiya va ko’plab Sobiq SSSR mamlakatlarida 1980-1990-yillarda
o’limning qaytarilishi jarayonlari yuz bera boshladi.
118
2000-yilda Rossiyada o’rtacha umr miqdori 59 yosh bo’lib, 1950-yillardagi
60 yosh natijasidan ham past edi. Shu orada, boshqa G’arb mamlakatlari
o’zlarining natijalarini o’tgan asrning so’nggi o’n yilliklarida oshirib borishdi.
AQSHda o’rtacha umr miqdori 1960-yillardagi 70 yoshdan, 2000-yilda 77
yoshgacha ko’tarildi. Sharqiy Yevropadagi o’lim qaytarilishi jarayonlariga nima
Do'stlaringiz bilan baham: