1.2. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining mohiyati
va shakllanish bosqichlari
Zamonaviy jahon xo'jaligi yoki jahon iqtisodiyoti — bozor iqtiso
diyotining obyektiv qonunlariga bo'ysunuvchi, doimiy harakatdagi,
o'sib, rivojlanib boruvchi xalqaro iqtisodiy aloqalarga o'zaro bog'liq
bo'lgan milliy iqtisodiyotlar yig'indisi, global iqtisodiy organizmdir.
Jahon xo'jaligi vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq hamda juda
qiyin bo'lgan bir qator rivojlanish bosqichlarini bosib o'tdi. Ayrim
tadqiqotchilar lining vujudga kelishini Rim imperiyasi davri (er.av.
7
II va eramizning IV asrlari) bilan bog‘lashadi. Bunda ular Rim
imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo'jalik tizimi, deb baho-
lashadi. Boshqa bir guruh olimlar esa jahon xo‘jaligini faoliyat
ko'rsata boshlagan davrini XV—XVI asrlar bilan, ya’ni buyuk
jug'rofik kashfiyotlar davri bilan bog'lashadi. Aynan shu kashfiyotlar
qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro
savdoning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon
xo'jaligi cheklangan bo'lib, faqat savdogarlarning sarmoyalari
ishlaydigan soha bo'lgan edi, xolos.
Zam onaviy jah o n xo'jaligi Yevropada ro'y bergan sanoat
inqilobidan keyin (XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari), kapitalning
monopol bosqichiga o'tishi davrida (XIX asr oxiri va XX asr bosh
lari) vujudga keldi. XIX asr oxiri va XX asr boshidagi jahon xo'jaligi
o'zining rivojlanish xususiyatlari bilan XX asrning 60—90-yilla-
ridagi jahon xo'jaligidan tubdan farq qilishi bizga m a’lum.
O 'zining rivojlanish xususiyatlari bilan XIX asr oxiri va XX
asrning birinchi yarmidagi jahon xo'jaligi «kapitalning kuchiga»
nisbatan ko'p jihatdan oddiy kuchga, ya’ni, iqtisodiyotga yot
bo'lgan majburiyatlarga asoslangan bo'lib, bu davrdagi jahon
xo'jaligida jiddiy qaram a-qarshiliklar mavjud edi. Bularni biz
kapitalistik mam lakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarda (jum
ladan, ikki Jahon urushi), shuningdek, sanoati rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarda k o 'ri
shimiz mumkin. XX asrning birinchi choragida jahon xo'jaligi ikki
qismga:
jahon kapitalistik xo'jalik tizimiga va jahon sotsialistik xo'jalik
tizimiga
bo'lingan edi. Jahon iqtisodiy aloqalari tizimida esa jahon
kapitalistik xo'jaligi tizimi ustunlik qilgan. 90-yillar boshida xalqaro
savdo tovar aylanmasining 9/10 qismi jahon kapitalistik xo'jaligi
doirasida ro'y bergan. 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash
kanallari orqali kapitalistik dunyoning umumiy yalpi mahsulotining
bor-yo‘g'i 1/5 qismi sotilgan, xolos. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda
jahon milliy darom adining 1/3 qismi, shu jum ladan, O 'lY oK
davlatlarida esa 1 /4 qismi ishlab chiqarilgan.
XX
asrning 60-yillardan boshlab jah o n xo'jaligi tizim iga
rivojlanayotgan davlatlar qo'shildi. 70-yillarning o'rtalariga kelib,
ular orasidan «yangi industrial m am lakatlar» (Y alM ), ya’ni
Osiyo—T inch okeani m intaqasida to 'rtta kichik «ajdarho» deb
nom oigan Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur va Lotin
Amerikasida Braziliya, Argentina, Meksika davlatlari rivojlanish
borasida sezilarli darajada ilgarilab ketgan edi.
90-yillar boshida M DH hududida va Sharqiy Yevropada ro‘y
bergan inqilobiy o ‘zgarishlardan so'ng jahon xo'jaligi yaxlit, butun
bir organizm ko'rinishini oldi. Shakllanib kelayotgan global jahon
(xo'jaligi tizimida bir tekis bo'lmagan holda rivojlangan, sanoati
rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar va o'tish davri
(shaklidagi iqtisodiy tizimli davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini o'z
ichiga oigan bir qator davlatlar paydo bo'ldi. Jahon xo'jaligida
Iko'plab qarama-qarshiliklar va turlicha rivojlangan an ’analarni
(saqlab qolgan holda XXI asr bo'sag'asidagi jahon xo'jaligi XX asr
p'rtasidagi jahon xo'jaligi bilan solishtirib bo'lmaydigan darajada
ko'proq integratsiyalashib o'zgarib ketdi.
Xo'sh, zamonaviy jahon xo'jaligining mohiyati, uning o'ziga xos
tomonlari, ko'rsatkichlari va rivojlanish omillari nimalardan iborat?
XXI
asr b o ‘sag‘asidagi jahon xo'jaligi
— o 'z miqyosiga ko'ra
globaldir, u to'liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari,
xalqaro m ehnat taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab
chiqarishning baynalmilallashuviga asoslanadi.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi o'n yilliklarda jahon xo'jaligi
rivojining yetakchi an ’analaridan biri, bu ko'plab davlatlarning
birin-ketin yopiq milliy xo'jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqti
sodiy ochiq tipdagi xo'jalikga o'tishi hisoblanadi. Urushdan keyingi
iqtisodiy tiklanish davrida (50—60-yillar) va keyingi 70—90-yillarda
G 'arbiy Yevropa davlatlarining hukumat rahbarlari yanada faollik
ko'rsatib, oldingi avtokratik qoldiqlardan qutilishgan edi.
Ayni shu davrda jahon xo'jaligida AQSH o'zining «ochiq savdo»,
«ochiq iqtisodiyot» qarashlari konsepsiyasi bilan chiqqan edi. Bu,
aw alo, jahon bozorida AQSH o'z xohishlarini o'tkazish maqsadini
qo'ygan bo'lsa, ikkinchidan, jahon urushidan g'olib bo'lib, yanada
boyib chiqqan jahonning eng ilg'or savdo mamlakati sifatida yangi
iqtisodiy tartib va qo'llanm alarni taklif etgan edi. Bunday
«erkin
savdo»
va
«ochiq iqtisodiyot
»dan iborat qarashlar konsepsiyasi esa
hukm ron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi
qurolli, AQSH korporatsiyalarining mislsiz ekspansiyaga bo'lgan
intilishlarini bildirar edi. Bunday «ochiq iqtisodiyot» haqidagi
qarashlar konsepsiyasi to'g'risida fransiyalik iqtisodchi olim Mishel
Pebro ochiq-oydin shunday degan: «Ochiq, erkin savdo — ilg'or
iqtisodiyot uchun eng qulay o'yin qoidalaridir». Ammo urushdan
keyingi yillarda jahonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy holatning o'zgara
borishi bilan bog'liq holda ochiq iqtisodiyot haqidagi qarashlar
konsepsiyasi bir tom onlam ali, ya’ni Amerika ekspansionizmining
9
manfaatlariga yo'naltirilganlikni yo'qota borib, obyektiv, chuqur
omillar faoliyatiga asoslangan, jahon xo'jalik aloqalarining bay
nalmilallashuvi m a’nosini oldi.
Xo‘sh, jahon iqtisodiyotini baynalmilallashuvi miqyosi va
xarakteriga, uning ochiqligi darajasi oshishiga katta ta ’sir ko'rsatgan
va ko'rsatib kelayotgan asosiy omillar nimalardan iborat?
M a’lumki, ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol
o ‘ynaydi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag'batlantirib,
xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar
rivojlanishiga yordamlashib, eksportga yo'naltirilgan ishlab chi-
qarishlarni rag'batlantirish funksiyasini oladi. Chet eldan inves
titsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalari oqib
kelishini yengillashtirib, mustahkam huquqiy asos yaratadi.
Jahon mamlakatlarining ochiq iqtisodiyotga o'tish jarayonlari
transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan yanada tezlashdi.
Yangi bozorlami o'zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda ko'plab
kichik shoxobchalar, sho'ba korxonalari tashkil etib, TM K xorijiy
davlatlarning proteksionistik to'siqlam i aylanib o'tdilar va xalqaro
iqtisodiy ayirboshlashni baynalmilallashtirdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vosi
talarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotning «ochiqlik»
darajasini rivojlanishida va shuningdek aholini harakatchanlik holatini
oshishida ham muhim rol o'ynadi. Asta-sekin, o'zoq yillar mobay
nida davlatlarni bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, moliya-
viy-valuta to'siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkin-
lashtirilishi esa milliy xo'jaliklarning tashqi iqtisodiy sharoit va
ta ’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro m ehnat
taqsimotda yanada faollik ko'rsatishiga imkon yaratdi.
60-yillardan boshlab jahon iqtisodiyotida «ochiqlik» jarayonlari
bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar
boshida Xitoy ham «ochiqlik» siyosatiga tarafdor ekanligini e ’lon
qildi. Shunday qilib, «ochiqlik» atamasi dunyoning ko'plab mamla
katlarining izohli lug'atiga kirib bordi. Masalan, arabcha «infitax»,
xitoycha «kayfan» va h.k.lar. Xullas, jahon iqtisodiyoti tushunchasiga
quyidagilami kiritish mumkin:
• insonlarning ishlab chiqarish faoliyati yig'indisi;
• milliy iqtisodiyotlar yig'indisi;
• xalqaro iqtisodiy munosabatlar yig'indisi;
• transmilliy kompaniyalar va transmilliy banklar faoliyati;
• mam lakatlar guruhi integratsiyasi;
• insoniyatning iqtisodiy faoliyati natijalari va boshqalar.
10
Shunday qilib, jahon iqtisodiyoti XIX asrning oxiri va XX asr
boshlariga kelib, vujudga kelgan va hozirgi kunda ham taraqqiy etib
borayotgan iqtisodiy tizim bo'lib, uning asosini tovarlar va xiz
matlar ko'rsatish, intellektual mulk mahsulotlarini ishlab chiqarish
va ularni xalqaro savdo jarayonida taqsimlovchi, ayirboshlovchi
hamda iste’mol qiluvchi milliy iqtisodiyotlar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |