O'zbekiston respublikasi oliy ya o'rta maxsus ta’lim vazirligi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi g. G‘. Nazarova, H. X. Xalilov, A. A. Eshtoyev


2.3. Jahon xo'jaligida mamlakatlaming



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana29.11.2022
Hajmi4,02 Mb.
#875016
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
afd2f46f1663bdf50a37a13bd82c9f80 Jahon iqtisodiyoti

18


2.3. Jahon xo'jaligida mamlakatlaming
raqobatbardoshligini aniqlash
Jahon xo'jaligida mamlakatning raqobatbardoshligi nimalarga 
bog'liq? Uning negizida qanday omillar yotadi? Nima uchun b a’zi 
mamlakatlar ulkan zafarlarga erishyapti-yu, boshqalari esa yo'q? 
Nima sababdan jahon bozorlarida faqatgina b a’zi bir mamlakatlarga 
tegishli bo'lgan kom paniyalar yetakchilik qilm oqda? Bunday 
savollar jahon iqtisodiyotida juda ko'plab uchrab turadi. Biron bir 
kompaniyaning raqobatbardoshligini aniqlash iqtisodiyotda unchalik 
qiyin emas. X o'sh, mamlakatning raqobatbardoshligini qanday 
aniqlash mumkin? Buning uchun qanday ko'rsatkichlami ko'rib 
chiqish zarur? K o'plab iqtisodchilarni ana shunday masalalar 
azaldan qiziqtirib kelmoqda.
M a’lumki, jahon iqtisodiyotida Yaponiya va Yel mamlakatlari 
milliy valutalari kursini AQSH dollariga nisbatan pasaytirish hisobiga 
ustunlikka ega bo'lishm oqda. AQSH iqtisodiyoti esa to'lov 
balansining kamomadiga qaramasdan, o'z salohiyati bo'yicha ja- 
honda tengsizdir. Savol tug'iladi: 
x o ‘sh, raqobat ustunliklari nima
o'zi? Ular qanday yuzaga keladi?
Shunday qilib, yuqoridagi barcha savollarga amerikalik iqti­
sodchi Maykl P orter nazariyasi yordam ida javob topishim iz 
mumkin. Ya’ni, u mamlakat raqobatbardoshligini uning jahon 
bozorlarida ishtirok etuvchi kompaniyalari raqobatbardoshligi orqali 
aniqlashni taklif etadi. Maykl Porter mamlakat farovonligi darajasini 
dastlab mikro darajada qarab chiqish kerak, zero YalM va milliy 
daromad alohida olingan kompaniyalar — ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan yaratiladi. Porter fikricha, hattoki eng rivojlangan mam­
lakatlarda ham sanoatning barcha tarmoqlari va barcha kom pa­
niyalari bir paytda gullab-yashnay olmaydi. Milliy iqtisodiyot 
rivojining muvaffaqiyati xalqaro miqyosda faoliyat olib boruvchi 
kompaniyalar bilan bog'liqdir.
M a’lumki, xalqaro savdo orqali turli mamlakatlaming eng raqo- 
batbardosh sohalarida yaratilgan m ahsulotlar qayta taqsimlanadi. 
Hech bir m am lakat barcha jabhalarda ustunlikka ega b o 'la o l­
maydi, chunki resurslar cheklanganligi bunga xalaqit beradi. Asosiy 
va eng muhim vazifa mavjud resurslardan oqilona foydalanishdir. 
Shuni ta ’kidlab o'tish joizki, eng rivojlangan mamlakatlar ishlab 
chiqaruvchilarida ham raqobatbardosh bo'lm agan sohalar mavjud. 
Binobarin, m am lakat iqtisodiyotning eng sam arador va raqo-
19


batbardosh segmentlarida ixtisoslashishi kerak. Raqobatbardosh 
bo'lmagan tarmoq sohalar yo xorijga ko'chirilishi yoki ulardan 
um um an voz kechilishi mumkin. Jahon iqtisodiyotida milliy sa­
n o at va xizm atlar sohasining, qishloq xo'jaligining raq o b at­
bardoshligi erkin bozor sharoitidagina to'laqonli bo'ladi. H ar 
qanday proteksionizm , mahalliy kom paniyalarga subsidiyalar 
berilishiga, ichki bozorga xorijiy raqobatchilar kirishining chek- 
lanishi milliy ishlab chiqaruvchilaming raqobatbardoshligiga salbiy 
ta ’sir ko'rsatadi.
M amlakatning raqobatbardoshligiga to 'rt xususiyat (omillar 
sharti, ichki talab sharti, turdosh va xizmat ko'rsatuvchi tarm oq- 
laming mavjudligi, firmalar tuzilmasi strategiyasi va tarmoq ichidagi 
raqobat) to'g'ridan-to'g'ri ta’sir o'tkazadi. Ushbu to 'rt xususiyat 
mahalliy kompaniyalarda raqobat qiladigan muhitni shakllantiradi. 
Bu muhit iqtisodiyotda raqobat ustunliklarini yaratilishiga yordam 
berishi yoki, aksincha, ulaming yuzaga chiqishiga to'sqinlik qilishi 
ham mumkin.
Jahon iqtisodiyotida omillar sharti ishlab chiqarish omillarini 
ifodalaydi. Bu shartlarga inson resurslari, tabiiy resurslar, ilmiy- 
axborot salohiyat, kapital, infratuzilma kiradi. Mamlakat raqo­
batbardoshligi uchun kerak bo'lgan asosiy omillar (tabiiy va iqlimiy 
resurslar, mamlakatning jo'g'rofiy joylashuvi, malakaga ega b o 'l­
magan aholi) tabiat in ’om idir. R ivojlantiriladigan om illarga 
(zamonaviy infratuzilma, yuqori malakali kadrlar, ilmiy-texnikaviy 
axborot vositalari va h.k.lar) esa mehnat qilish, ter to'kish natijasida 
erishiladi. Aynan ana shu rivojlantiriladigan omillar jahon iqti­
sodiyotida raqobat ustunliklarini beradi. Yuqorida qayd qilingan 
omillami umumiy va ixtisoslashgan omillarga ham ajratish mumkin. 
Umumiy omillardan (avtomobil yo'llari, tem ir yo'llar, univer- 
sitetlar, tijorat banklari va ommaviy kutubxonalar) faoliyatning 
barcha turlarida foydalanish mumkin. Ixtisoslashgan omillardan 
(yuqori tezlikka ega bo'lgan temir yo'l izlari, texnologik institutlar, 
ipoteka banklari va tibbiyot kutubxonalaridan) alohida faoliyat 
sohalarida foydalanish mumkin. Bu yerda ixtisoslashgan omillar 
jahon iqtisodiyotida raqobat ustunliklari uchun beqiyos va uzoq 
muddatliligi bilan ajralib turadi.
Ichki talab sharti xususiyatida ichki talab hajmi emas, balki 
uning sifati m uhim ahamiyat kasb etadi. Um um an olganda, ichki 
talab shartlari xususiyatida quyidagilar ko'proq ahamiyatga egadir:
20


— talab tarkibi (bozorni segmentlarga bo‘1 ish va xarrior ehtiyoji 
tabiati, bozor sig‘imi, to ‘lov qobiliyatiga ega talabning mav­
judligi, ehtiyojlar to'g'risidagi axborotlar, davlat xaridlari, 
milliy sifat standartlari, aholi konsentratsiyasi, xaridorlarning 
m a’lumoti darajasi va h.k.lar);
— ichki talab o ‘sishining hajmi va tabiati;
— ichki bozordagi afzalliklar, tashqi bozorga olib o ‘tiladigan 
mexanizmlar.
Bunda uchinchi shartning mohiyati shundan iboratki, alohida 
olingan bir tarmoqning rivojlanishi turdosh va xizmat ko'rsatuvchi 
tarm oqlarining rivojlanishiga olib keladi. Masalan, Shvetsiyada 
metallni qayta ishlash sanoati bilan bog‘liq bo'lgan barcha faoliyat 
sohalari (yuqori sifatli po'lat, podshipniklar, turli instrumentlar elektr 
asbob-uskunalari, avtomobillar ishlab chiqarish) taraqqiy etgan.
Jahon mamlakatlarida kompaniyalarni tashkil etish usullari, 
maqsadlari va strategiyalari bir-biridan farq qiladi. Firmani bosh­
qarish usuli, rahbarlikni olib borish, raqobat turlari milliy xusu- 
siyatlarga bog'liqdir. Masalan, Germaniyada yirik kompaniyalar, 
Italiyada esa kichik va o ‘rta biznes bilan shug'ullanuvchi, oilaviy 
korxonalar, asosan, raqobatbardosh sanaladi. Bunda, kompaniya 
o'z strategiyasiga ega bo'lmasa yoki uning strategiyasi noto'g'ri bo'lsa, 
bu kom paniya, o 'z navbatida m am lakat rivojlanishda m uvaf­
faqiyatga erisha olmaydi. Shuni ta ’kidlab o'tish joizki, agar m am la­
katda bir xil tovar ishlab chiqaruvchi yoki bir xil xizmat ko'rsa­
tuvchi bir necha milliy ishlab chiqaruvchilar bo'lsa, bu milliy 
iqtisodiyot rivoji uchun ulkan yutuq hisoblanadi. Tarmoq ichidagi 
raqobat iqtisodiy tizim rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi to 'rt xususiyatdan tashqari raqobatbardoshlikka 
tasodifiy hodisalar ham va shuningdek, davlat siyosati ham ta ’sir 
(ijobiy yoki salbiy ta ’sir) ko'rsatishi mumkin. Tasodiflarga kom­
paniyalar ham, hukumat ham o'z ta’sirini o'tkaza olmaydi. Tasodifiy 
hodisalarga quyidagilar — kashfiyotlar, yirik texnologik siljishlar, 
resurslar narxining keskin o'zgarishi, jahon bozori yoki ichki 
bozorlarda talabning kutilm aganda oshishi, hukum at rahbar- 
larining siyosiy qarorlari, urushlar, tabiiy ofatlar va boshqalar 
misol bo'la oladi. Xullas, jahon iqtisodiyotida mamlakat raqobat 
ustunligiga erishish uchun yuqorida qayd etilgan barcha xususiyatlar 
bo'yicha ustunlikka ega bo'lish kerak. Biron-bir alohida ajratib 
olingan xususiyat bo'yicha ustunlik xorijiy raqobatchilar tom o­
nidan osongina bartaraf etilishi mumkin.

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish