Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF О‘QITUVCHISINING KASBIY RIVOJLANISH



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF О‘QITUVCHISINING KASBIY RIVOJLANISH 
TRAYEKTORIYASI 
H.S.Og‘ayev 
BuxDU mustaqil izlanuvchisi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining kasbiy rivojlanishida malaka 
oshirish tizimining о‘rni hamda ularda yangi kasbiy bilimlarni о‘zlashtirish mayllarini hosil qilish va 
yangi g‘oyalarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan faoliyat haqida fikrt yuritilgan. 
Kalit sо‘zlar: 
shaxsiy kasbiy faoliyat, ta’lim jarayoni,kasbiy shaxsiy rivojlanish, kasbiy 
layoqat, shaxsiy-kasbiy taraqqiyotlari, innovatsion, ijodiy, 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “О‘zbekiston Respublikasi Xalq 
ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5712- 
son Farmonida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, о‘qitish 
metodikasiga oid о‘quv materiallarini takomillashtirish, ta’lim berishning zamonaviy nazariyalarini 
о‘zlashtirish, ta’lim berishda shaxsga yо‘naltirilgan yondashuvlar asoslarini egallashga sharoit yaratish 
ustivor vazifa sifatida belgilab berilgan. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining kasbiy rivojlanishida malaka 
oshirish tizimida ularning ehtiyojini qondirish muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Boshlang‘ich sinf 
о‘qituvchisining kasbiy rivojlanishi ularda yangi kasbiy bilimlarni о‘zlashtirish mayllarini hosil qilish, 
yangi g‘oyalarni о‘zlashtirishga yо‘naltirilgan faoliyatni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich 
sinf о‘qituvchisining kasbiy-shaxsiy rivojlanishlarida yaqqol namoyon bо‘ladigan siljishlardan biri – 
ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga faoliyatli yondashuvni tatbiq qila olishlarida kо‘rinadi, boshlang‘ich 
sinf о‘qituvchisi shaxsining rivojlanishi va barkamollikka erishishidagi asosiy kalit uning shaxsiy kasbiy 
faoliyatini tashkil etish va о‘zgartirishidadir. Mazkur jarayonda boshlang‘ich sinf о‘qituvchining 
о‘quvchilar bilan faol tarzda hamkorlik qilish usullarini tanlashida namoyon bо‘ladi. Bunda boshlang‘ich 
sinf о‘qituvchi о‘z faoliyatining subyektiga aylanadi va о‘quv-tarbiya jarayonida mazkur faoliyatga 
tuzatishlar kiritadi, uni qayta shakllantiradi va rivojlantiradi. Bunday yondashuv ta’lim jarayoni 
subyektlari nuqtai nazaridan turib о‘qituvchining faoliyatini tahlil qilishni taqozo etadi. 
О‘quv jarayoni subyektlarining о‘zaro muloqoti orqali boshlang‘ich sinf о‘qituvchining о‘z kasbiy 
shaxsiy quvvatlarini amalga oshirish darajasini tasxishlash mumkin. Agar boshlang‘ich sinf о‘qituvchi 
о‘quv-tarbiya jarayonida о‘z kasbiy kompetensiyalarini ijodiy jihatdan rо‘yobga chiqarsa, shu asosda о‘z 
kasbiy taraqqiyoti muammolarini hal qila oladi. Agar о‘qituvchi о‘zining kasbiy muammolariga befarq 
sustkashlik bilan qaraydigan bо‘lsa, bunday holatda tizimning vazifasi ularni о‘quv jarayoniga faol jalb 
etish, bunda birinchi navbatda muhim vazifalarni muhokama qilish yо‘lidan borishga erishishdan iborat 
bо‘ladi. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchining shaxsiy kasbiy tajribasini qayta qurishi va muntazam 
rivojlantirishi ta’lim jarayoni ishtirokchilarining asosiy xususiyatlari bilan bog‘liq tarzda amalga 
oshiriladi. Buning uchun о‘qituvchi о‘z kasbiy faoliyatining nazariy asoslari va meyorlarini faol tarzda 
ishlab chiqishi talab etiladi. 
Boshlang‘ich sinf о‘qituvchining kasbiy rivojlanishida uni qо‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy madaniy 
guruhning о‘rni beqiyosdir. Bunday qо‘llab-quvvatlash malaka oshirish tizimida bir necha yо‘nalishlarda 
namoyon bо‘ladi. 
Jumladan: 
-
Kasbiy doiradagi о‘zaro munosabatlar; 
-
Kasbiy shaxsiy rivojlanish; 
-
Innovatsion, ijodiy, izlanishga asoslangan kasbiy faoliyatni yо‘naltirish va rag‘batlantirish; 
-
Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarning kasbiy madaniyat asoslari va tajribalarini muntazam 
о‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida ta’lim institutlari bilan hamkorliklarini yо‘lga qо‘yish kabilar. 
Ta’lim muassasalari xodimlarining uzluksiz bilim olishlari mohiyatini aniqlovchi asosiy holat – 
ularning kasbiy rivojlanishga bо‘lgan ehtiyojlaridir. Kasbiy rivojlanish boshlang‘ich sinf о‘qituvchi 
kasbiy taraqqiyotining asosiy yо‘nalishi hisoblanadi. О‘qituvchi nafaqat о‘zini kasbiy jihatdan namoyon 
qiladi, u о‘zining imkoniyatlarini ishga soladi, о‘quvchilar va kasbdoshlari bilan о‘ziro munosabat 
jarayonida о‘z hayotiy maqsadlarini namoyon etadi, о‘z imkoniyatlari doirasida zamonaviy kasbiy 
bilimlarni egallashga intiladi. Shu asosda u hayotiy faoliyatning kо‘pdan-kо‘p qirralarini о‘zlashtiradi. 
Yangi kasbiy sifatlarni egallash jarayonida о‘zini о‘zgartirib qiyofasini yaxlit tarzda saqlab qoladi. 
Boshlang‘ich sinf о‘qituvchi kasbining rivojlanishiga nisbatan olib qaraganda uning yaxlitligi uzluksiz 


406 
tarzda kasbiy shakllanishi va rivojlanishida namoyon bо‘ladi. Bunda uning kasbiy layoqatini belgilovchi 
barcha tarkibiy qismlar о‘zaro munosabatga kirishadi va rivojlanishi uchun yо‘l ochadi. Shuning uchun 
ham, kasbiy rivojlanish о‘qituvchilarning jarayonli-dinamik xarakterga ega bо‘lgan о‘zgarishlarini 
ifodalaydi. Bu rivojlanish nomuntazam, bir turdagi harakatlarni о‘z ichiga olmaydigan sifat jihatdan qayta 
shakllantirish imkonini beradigan jarayondir. Bu jarayon о‘zida uzluksiz tarzda tо‘plangan yangi 
imkoniyatlar va tajribalarni mujassamlashtiradi. Ayni vaqtda mazkur jarayon boshlang‘ich sinf 
о‘qituvchisining turli tarzdagi bilim, kо‘nikma va malakalarining yangidan shakllanish jarayoni bо‘lib, 
о‘quvchilar bilan yanada murakkab, mahsuldor munosabatlarni о‘rnatishga asos bо‘ladigan 
layoqatlarining tarkib topishiga kо‘maklashadi. Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf 
о‘qituvchilari ta’lim jarayonlarini yangicha idrok etish, pedagogik jarayonlarni samarali tarkiblash, 
loyihalash, uyg‘unlashtirish va mazmun jihatdan boyitish tajribasiga ega bо‘ladilar. 
Boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi shaxsini rivojlantirishga asoslangan pedagogik nazariyalarda 
ularning shaxsiy-kasbiy taraqqiyotlari mutaxassisning jamiyatdagi mavqei, obrо‘-e’tiborini oshirish 
imkoniyati sifatida talqin etiladi. Mutaxassisning kasbiy obrо‘-e’tibori va mahorati rivojlanishining har 
qanday bosqichida ularning shaxsiy tajribasi va tafakkurini taraqqiy ettirish imkoniyati yaratilishi lozim.
Aynan malaka oshirish tizimi xuddi shunday imkoniyatni vujudga keltirish uchun qulay hisoblanadi. 
Chunki bu jarayon boshlang‘ich sinf о‘qituvchining kasbiy-shaxsiy rivojlanishini ta’minlovchi tarkibiy 
tizim hisoblanadi. 
Yangilangan malaka oshirish tizimi XXI asrning mahsuli bо‘lib, innovatsion texnologiyalarning 
amaliyotda qо‘llanilishi va global axborotlashish jarayonlarining vujudga kelishi barobarida amalga 
oshirilishi yanada intensivlashdi. Yangilangan malaka oshirish tizimida insonparvarlik prinsipiga 
asoslangan bilimlarning mujassamlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda amaliyotdagi 
malaka oshirish dasturlari о‘zida pedagogika, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, antropologiya, 
aksiologiya, andragogika va inson salomatligini muhofaza qilishga oid bilimlar, tajribalar va 
yondashuvlarni uyg‘unlashtirishi lozim. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish