407
Kalit sо‘zlar:
ommaviy madaniyat,pedagogik tizim,tarixiy – madaniy, meros obyektlari, milliy-
ma’naviy g‘urur, ma’naviy qadriyat, integratsiyalash, axborotlashtirish.
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida
tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan
islohotlar mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni о‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq
manfaati yо‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb
etadi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyundagi “Yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash ishlari samaradaorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi 369 - sonli
qarorida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik,
yoshlar о‘rtasida vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, “ommaviy madaniyat” kо‘rinishidagi salbiy
illatlarni yoshlarga tushuntirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul va
vositalarini hayotga keng tatbiq etish ustivor vazifa sifatida belgilangan. Shu nuqtai nazardan tarixiy-
madaniy
meros
vositasida
boshlang‘ich
sinf
о‘quvchilarida
vatanparvarlik
tarbiyasini
shakllantirish,ularda vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishda tarixiy-madaniy merosning tarbiyaviy
imkoniyatlarini integratsiyalashning samarali yо‘llarini aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirish sharoitida boshlang‘ich sinf о‘quvchilarning
tarixiy-madaniy merosni qulay va oson о‘zlashtirishlari uchun mediavositalar asosida boshlang‘ich sinf
о‘quvchilarda vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish alohida
dolzarblik kasb etadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining katta qismini qamrab olgan umumiy о‘rta ta’lim
tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni oqilona va maqsadga muvofiq tashkil etish umumdavlat siyosati
miqyosidagi vazifalardan biridir. Zero Muhtaram Prezedentimiz ta’kidlaganlaridek “Shu
maqsadda “Yangi О‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya
asosida keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshiramiz. Birinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va
oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yо‘lga qо‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar
insonlar bо‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz”.
Hozirgi glovallashuv davrida axborot makonidagi qarama-qarshilik, ayniqsa yosh avlodning ongi
va qalbini egallash uchun kurash kuchaygan sharoitda vatanparvarlik tarbiyasining о‘rni va ahamiyati
tobora ortib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda, tarixiy - madaniy meros obyektlari arxeologiya va
me’moriy yodgorliklari asrlar davomida xalqimizga tarixdan sо‘zlab kelar ekan, binobarin ular faqatgina
о‘tgan avlod-ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy va tarixiy hayotini namoyon etib qolmasdan, balki
bizga, kelajak avlodlarda ham vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda hamda jahon madaniy
merosining tarkibiy qismi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining
boshlang‘ich sinflarda tarixiy - madaniy meros obyektlari vositasida о‘quvchilarda vatanparvarlik
tarbiyasini shakllantirish о‘quv predmetlari mazmunida о‘z aksini topadi. Tarixiy - madaniy meros
obyektlari ta’lim jarayonida о‘quv-tarbiya ishlarini amalga oshirishning о‘ziga xos о‘zgacha bir shakli
bо‘lib, boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida о‘z о‘lkasining tarixini, ajdodlari yashagan davrlarda vatanlarini
qanday himoya qilganliklarini bevosita kо‘rgazmali tarzda kо‘z oldilarida namoyon qila oladi va
о‘zlarida vatanparvarlik tuyg‘usini his qiladilar, psixologik nuqtai nazardan esa avlodlarga munosib voris
bо‘lish tuyg‘usini esa, hissiy-emotsional holatda namoyon bо‘ladi.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarda о‘quv predmetlarini о‘qitishda hamda ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirishda, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda о‘quvchilarini kо‘proq tarixiy -
madaniy meros obyektlari olib borish va u yerdagi ekspozitsiyalar bilan tanishtirish ta’lim sifatini
ta’minlaydi hamda ta’lim mazmunini о‘zlashtirish yanada samarali natijalarga erishiladi. Binobarin,
ushbu ishlarni amalga oshirishda tarixiy - madaniy meros obyektlari bilan umumiy о‘rta ta’lim
muassasalari aloqalarini mustahkamlashning didaktik asoslarini yaratish dolzarb muammolardan biri
bо‘lib qolmoqda. Bu muammoni hal etishda dastlab muzey va ta’lim-tarbiya maskanlari aloqadorligi
yо‘nalishlarini belgilash, uning asosiy tamoyillari va imkoniyatlarini aniqlash va shu asosda mazkur
aloqadorlikning shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish zarurdir. Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida
milliy-ma’naviy g‘ururni shakllantirish, о‘tmish madaniy va ma’naviy qadriyatlarini qadrlash va
kelajakka bо‘lgan ishonchni hosilda qilishda tarixiy - madaniy meros obyektlarining ahamiyati juda
muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: