404
V) Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kasblar haqidagi tushunchalarni shakllantirish jarayonining
uzluksizligi va uzluksizligi;(tushunchalar mazmunini tanlash va ularni bayon qilish ketma-ketligi,
shuningdek, о‘quvchilarning darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda kasbiy yо‘naltirishdir).
G) О‘quv mashg‘ulotlariga maqsadli yondashish;(kasblar haqidagi tushunchalarni shakllantirishga
qaratilgan pedagogik texnologiyalarni tо‘g‘ri tanlash hamda о‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish imkoniyatini yaratish).
Ikkinchi yо‘nalish - boshlang‘ich sinflarda о‘quv predmetlari mazmunida keltirilgan kasblar
haqidagi tushunchalar tо‘plami. Ushbu yо‘nalish ma’lum bir fanni о‘rganish bilan bog‘liq kasblar
tushunchalarining tavsifini о‘z ichiga oladi, shu sababli boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga kasblar haqida
aniqroq tushuncha berish imkoniyati yaratiladi.
Uchinchi yо‘nalish - boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kasblar haqidagi tushunchalarni
shakllantirish yо‘llari va vositalarini belgilaydi. Bu an’anaviy usul va uslublarga taalluqlidir, yani bu
о‘qituvchi yoki mutaxassisning kasblar haqidagi hikoyalari, taniqli insonlar, turli kasb vakillari bilan
uchrashuvlar, integratsiyalashgan darslar, ekskursiyalar, filmlar va videolar.
Tо‘rtinchi yо‘nalish - boshlang‘ich sinf о‘quvchilarida kasblar haqidagi tushunchalarini
shakllantirish metodikasidir. Bunda:
A) Og‘zaki shakllar. Kasbga yо‘naltirish darslari, kasbga yо‘naltirish soatlari, “Kasbga
ekskursiya”, “Men kasb tanlayman”, “Moliya” savodxonlik darsi”, “Huquqiy savodxonlik darsi”. kasblar
olami kabilar va bularni о‘tkazishda kasb vakillari, turli ijtimoiy xizmatlar mutaxassislarini, kasb-hunar
maktablari xodimlari taklif qilinishi shart.
Og‘zaki jurnal - bunda video materiallar, slaydlar, turli kasblar vakillari bilan uchrashuvlar
tashkil qilinadi. Og‘zaki jurnallarning mavzulari: “Oq xalatli odamlar”, “Sizning kasbingiz”, “Bizni kim
kiyintiradi”, “Kasblar olamida” kabilar bо‘lib sinf jamoasida о‘tkaziladi.
Boshlang‘ich sinf о‘quvchilari uchun mо‘ljallangan kasbga yо‘naltirish о‘yinlaridir, kasbiy
yо‘naltirish bо‘yicha о‘yin mashqlari sodda va dinamikroqdir, garchi ularning ba’zilari kasbga
yо‘naltirish о‘yinlari murakkabroq bо‘lsada, lekin samaraliroqdir(“Ota-onalarimizning kasblari”, “Zarur
va muhim kasblar haqida”, “Kasbga yо‘l maktabdan boshlanadi”, “Kelajakdagi kasbim orzuim”
“О‘zingiz va odamlarning quvonchi uchun ishlang”, “Ular bizning maktabda о‘qishgan”, “Katta
istiqbolga ega kasblar”, “Mehnat va ijod hayotning asosiy mazmuni sifatida”, “О‘z kelajagingizni
yarating” kabi mavzular).
Do'stlaringiz bilan baham: