Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-HUQUQIY



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-HUQUQIY 
ME’YORLARGA HURMAT HISSINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY 
YONDASHUVLAR 
Hakimova Nargiza Supxonovna, 
BuxDU maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi 
Annotatsiya: maqolada ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, ularning jamiyat rivojidagi o‘rni va ahamiyati, 
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ijtimoiy - huquqiy m’yorlar haqida tushuncha berish, ular ongida 
ushbu m’yorlarga amal qilish kompetensiyasini rivojlantirish masalalari haqida so‘z boradi. 


411 
Kalit so‘zlar: ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, кompetensiyaлар, ҳаётий кўникмалар, ta’lim sifati, 
o‘qituvchi mahorati, allomalar merosi, qadriyatlar, ma’naviy meros, шахс камолоти. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni 
Respublika Konstitutsiyasida ehtirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy 
jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy- 
siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish - fuqarolik (huquqiy) 
jamiyatning asosiy talabi sanaladi. 
Davrning ushbu o‘ta muhim talabi Yangi O‘zbekiston sharoitida Respublika hukumati tomonidan 
qabul qilingan qator qaror va farmoyishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 
mazmunida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Aholi, shu jumladan, yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlar 
targ‘ibotini kuchaytirish, huquqiy ta’lim-tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda huquqiy 
madaniyatni shakllantirish muammolari yuzasidan bir qancha ta’limi-tarbiyaviy tizimli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
«Tarbiya» fani 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, o‘quv yili davomida esa 34 soat o‘qitiladi. 
Shuningdek, o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fani bo‘yicha darslarni tashkil qilish yuzasidan zamonaviy 
yondashuvlar o‘rin olgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. «Tarbiya» fanini o‘qitish texnologiyasi” 
nomli qo‘llanma nashr etildi. «Tarbiya» fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning axborot platformasini 
yaratish maqsadida internet tarmog‘ining www.tarbiyam.uz domenida fanga doir ma’lumotlar va 
vazifalari bayon etilgan o‘qituvchiga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Bu 
platformada o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanining maqsad-vazifalarini ochib beruvchi me’yoriy- 
huquqiy hujjatlar – fan konsepsiyasi, Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, uslubiy tavsiyalar, taqvim- 
rejalar, fanni o‘qitishga doir texnologiyalar, dars ishlanmalari, qo‘shimcha manbalar joylashtirilmoqda. 
Shuningdek, platformada o‘quvchilar va ota-onalar uchun maxsus ruknlar ham mavjud.«Tarbiya» 
fanining darsliklari yaratilib, undagi mavzularga oid videoroliklar darsliklarga QR-kod bilan kiritildi. 
Mazkur darslarni o‘tishda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda o‘quvchilarni fikrlashga 
o‘rgatadigan, ularni milliy qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalashga xizmat qiladigan 
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. «Tarbiya» fanining 
o‘quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr- 
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi 
ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida urg‘u berilgan. Xususan, bunda milliy an’analar, ulug‘ 
allomalarning hayot va yo‘llari, asarlari, zamondosh qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng 
foydalanilgan. Mavzularni o‘qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan «Loyiha asosida o‘qitish», 
«Qiziqishlar asosida ta’lim berish», «Art-fest», «Namuna ko‘rsatish», «Misollar orqali o‘qitish», 
«Vaziyatlarni tahlil qilish» kabi ta’lim berishning ilg‘or texnologiya va uslublari qo‘llanilmoqda. 
Ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy-huquqiy me’yorlarga hurmat hissini 
shakllantirishda ushbu darslarning o‘rni bor. Bu jarayonda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
-boshlangich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari hamda bilish darajasini 
inobatga olgan holda ular tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni ajratib 
olish; 
-ko‘rsatilgan yosh davri o‘quvchilarining hayoti, kundalik faoliyatlarida ahamiyatli bo‘lgan 
ijtimoiy-huquqiy me’yorlarni ular ongiga singdirishning maqbul shakl, metod va vositalarini aniqlash; 
-ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning ahamiyatini ko‘rsatish orqali boshlangich sinf o‘quvchilarida 
ularni o‘zlashtirishga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish; 
boshlangich sinf o‘quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyat-mazmunining puxta 
anglanishiga erishish; 
ijtimoiy-huquqiy meъyorlar to‘grisida maъlumot berishda pedagogik faoliyatning ko‘rgazmali- 
amaliy xususiyat kasb etishiga e’tiborni qaratish. 
Boshlangich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning mohiyati to‘g‘risidagi 
tushunchalarni singdirish, ularga nisbatan hurmatni qaror toptirish masalalar mazkur yo‘nalish doirasida 
o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biridir. 
Ushbu muammoni hal etish bo‘yicha olib borayotgan tadqiqotni olib borishda boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlari va bilish darajasiga muvofiq holda ular tomonidan 
o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar ajratib olindi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
tomonidan o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq deb topilgan ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mazmunan ikki 
guruhga ajratildi. Ya’ni: ijtimoiy me’yorlar va huquqiy me’yorlar. 


412 
Har ikki guruhga kiritilgan me’yorlar o‘rtasida muayyan farq (rioya etilishiga ko‘ra majburiylik va 
ixtiyoriylik kasb etish) mavjudligiga qaramay, ular umumiy maqsadga - ijtimoiy munosabatlarni 
mo‘’tadil tashkil qilish va tartibga solishga yo‘naltirilgandir. 
Nazariy tahlil va boshlangich sinf o‘quvchilarining faoliyatlarini kuzatish natijasida ularni quyidagi 
ijtimoiy me’yorlar bilan tanishtirish pedagogik jihatdan to‘g‘ri deb topildi: shaxsning oila, jamiyat, 
davlat, moddiy borliq, ijtimoiy alokalar va tabiatga bo‘lgan munosabati mazmunini ifodalovchi 
mahnaviy-axloqiy qarashlar, milliy mahnaviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan huquqiy me’yorlarning o‘zlashtirilishi va ularga amal 
qilinishi ham ahamiyatli bo‘lib, turli ko‘rinishdagi faoliyatni qonuniy tarzda amalga oshirishga 
odatlanishlari, qonunlarni hurmat qilish hissiga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Huquqiy me’yor ijtimoiy 
me’yorlarning bir turi bo‘lib, "ma’lum bir sharoitlarda o‘zini qanday tutish haqidagi axborotdan iborat 
bo‘lgan irodaviy tartibga soluvchi ko‘rsatma" sifatida aks etadi. "Uning xususiyati shundaki, bu davlat 
bilan mustahkam bog‘langandir. U qonunda yoki boshqa huquqiy aktda aks ettirilgan bo‘lishi, davlatning 
majburlash kuchi bilan ta’minlanishi kerak. Huquqiy me’yor ijtimoiy munosabatlarni davlatning 
vazifalari va funksiyalari bilan mos kelgan holda tartibga solinishiga qaratilgandir. Davlat esa huquqiy 
me’yorlarning amalga oshirilishi shakllarini belgilab beradi" 
O‘rganish natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quyidagi huquqiy me’yorlardan xabardor 
bo‘lishlari zarurligini ko‘rsatdi: davlat ramzlari (davlat Prezidenti, bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, pul 
birligi)ga hurmat ko‘rsatish, davlat va fuqarolar mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, jamoat 
tartibini saqlash, jamoat transportidan foydalanish, ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya 
qilish, istehmolchi sifatida huquq va burchlarini bilish. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini huquqiy me’yorlar bilan tanishtirish chog‘ida ularning xarakteriga 
ko‘ra tahqiqlovchi, majbur qiluvchi va vakolat beruvchi me’yorlarga ajratilishini tushuntirish, ularning 
mohiyatini ko‘rgazmali tarzda, hayotiy misollar (bevosita o‘quvchilar faoliyatiga oid misollar) yordamida 
ochib berish pedagogik faoliyat samaradorligini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning mohiyati 
to‘grisidagi tushunchalarni singdirish, ularga nisbatan hurmatni qaror toptirish masalalar mazkur 
yo‘nalish doirasida o‘z yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Bu yo‘lda pedagogik 
faoliyatni tashkil etishda boshlangich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologiya xususiyatlarini inobatga 
olgan holda ularning hayoti, kundalik faoliyatiga aloqador ijtimoiy-me’yorlarni ajratib olish talab etiladi. 
Ular haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishda esa pedagogik faoliyatning ko‘rgazmali bo‘lishiga erishish, 
hayotiy misollardan o‘rinli foydalanish samaradorlikka erishish kafolati sanaladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish