Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


O‘QUVCHILAR SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNING VOSITALARI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

O‘QUVCHILAR SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNING VOSITALARI 
M.M.Otayeva 
Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman 17-umumta’lim 
maktabi o‘qituvchisi 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada o‘quvchilar shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limning vositalari haqida, 
undagi sifat va samaradorlikni aniqlash va oshirish haqida fikr yuritilgan. Chop etilgan o‘quv materiallari 
ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashi va ularning faollashuviga ko‘maklashishi, shuningdek, o‘qituvchi 
uchun yuqorida keltirilgan ta’lim vositalarini dars o‘tish jarayonida to‘g‘ri tanlashi muhim ahamiyatga 
egaligi haqida muhim ma’lumot, fikr va tavsiyalar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar. 
Ta’lim, tarbiya, pedagogika, o‘qituvchi, ta’lim vositalari, o‘quv materiallari, 
mustaqil ishlar, zamonaviy pedagogic texnologiyalar. 
Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ta’lim vositalari bilan qay 
darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi 
vositalarga ta’lim vositalari deyiladi. Ta’lim vositalari uchga bo‘linadi: aniq, texnik va chop etilgan o‘quv 
materiallari . Aniq ta’lim vositalarga o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha aniq vositalar, xususan: mashina, 
taraktor, jihoz, dastgoh, tayyor mahsulotlar va hakozalar kiradi. Texnik vositalarga proektor, kino apparat, 
o‘quv televideniyasi, vediomagnitafon, kompyuter vediofilmlar, multimedia va boshqalar kiradi. Bundan 
tashqarii sinf doskasi, doskastend, doska-bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi. Chop 
etilgan o‘quv materiallariga barcha chop etilgan o‘quv va ko‘rgazmali materiallar kiradi. Jumladan, 
darslik, o‘quv qo‘llanmalari, tarqatmali materiallar, ishchi varaqalari, nazorat (test) varaqalari, ma’ruza 
matnlari, jadvallar, yo‘l-yo‘riq xaritalari, topshiriq kartochlari va boshqalar. 1. O‘qituvchi uchun 
vositalar: o‘quv predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha qo‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab 
masalalar bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘qituvchilar tomonadan tayyorlangan metodik ishlanmalar, 
mantiiqiy struktura va boshqalar. 2. O‘quvchi uchun vosita: darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining 
ma’ruza matnlari, jadvallar, yo‘l-yo‘riq xaritalari, topshiriq kartochkalari va boshqalar. 3. Dars o‘tish 
uchun vosita: plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, 
laboratoriya Amaliy ishlarini o‘tkazish uchun jihozlar, diafilm va boshqalar. Tanlab olingan metod, shakl 
va vositalar bir-birini to‘ldirishi ya’ni uyg‘unlashuvi kerak. Chop etilgan o‘quv materiallari ta’lim 
oluvchilarning mustaqil ishlashi va ularning faollashuviga ko‘maklashadi. Shuningdek, o‘qituvchi uchun 
yuqorida keltirilgan ta’lim vositalarini dars o‘tish jarayonida to‘g‘ri tanlashi muhim ahamiyatga egadir. 
Sinf doskasi – o‘quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv 
materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashdi yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda 
foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqarii sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o‘quv xonasida 
mavjud. Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi, 
avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni bo‘lmaydi. Bundan tashqario‘qituvchi doskaga yozayotganida 
tahsil oluvchilarga teskari holatda bo‘lib, uni eshitish qiyin bo‘ladi. Doska-stend – mashg‘ulotlarda o‘quv 
munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda 
foydalaniladigan o‘qitishning texnik vositasidir. Bunda, stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va 
unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg‘ulot davomida stenda mazkur 
kartochkalar yordamida ilovalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Uning afzalligi 
shundaki, kartochka (ilova, tuzilma, sharh) lar joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati 
mavjud. Shuningdek, doska-stend bilan ishlaganda qisqa vaqt davomida barcha tahsil oluvchilarning fikr- 
mulohazalari va g‘oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bo‘linadi. Kodoskop 
(grafoproektor) – shaffof plyonkadagi tasvir (slayd) niekranga proeksiyalash uchun qo‘llaniladigan jihoz 
hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek, guruh ishlari 
taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay, moslashuvchan 
vosita bo‘lib, bir marta foydalangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqarii doska 
bo‘lmagan hollarda asosiy tushunchalar, g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi plyonkaga flomaster 


414 
yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib ko‘rsatishi mumkin. Tarqatmali materiallar – ta’lim oluvchilar uchun 
o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1, 2 
varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar Mashg‘ulot ishini qiziqarli qilish imkonini 
berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o‘qib chiqib muhokama qilish uchun 
mo‘ljallangan bo‘ladi. Xulosa qilib aytadigan bulsak, ta’lim-tarbiyaning sifati samaradorligini oshirish 
ko‘p jihatdan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning ta’lim vositalari ta’minlanganligiga va moxirlik bilan 
qo‘llashga bog‘liq. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish