Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Литература
1.
Вильгельм 
Оствальд. 
Цветоведение. 
Пособие 
для 
химиков, 
физиков, 
естествоиспытателей, врачей, физиологов, психологов, колористов, цветовых техников, 
печатников, керамистов, красильщиков, ткачей, художников, кустарей, живописцев плакатов, 
рисовальщиков узоров, модистов. Пер. 30 Мильмана. Акционерное общество «Промиздат», М-Л.: 
1926 – 207 с., ил. 
2.
В. Кульбиженов. Эстетика. Сиб. Сред. Ун-т, 2018 – 240 с. 
3.
С.П. Ломов, С.А. Амонтолов. Цветоведение. Уч. Пособие для будущих специалистов 
«Изобразительное искусство», «Декоративно - прикладное искусство»., «Дизайн» - М.: Владас, 
2015 – с. 144. С., ил. 
4.
Т.И. Наливина Теоретические основы преподавания цветоведения. /В сб. Пути повышения 
уровня теоретической и практической подготовки учителя изобразительного искусства – М.: 
МПГИ, 1985 – с. 51 – 58. 
5.
Abdullaev S.F. Kuchkarova G.R., Form-Forming Functions of Line and Color in Architectural 
Drawing 4th Global Congress on Contemporary Sciences & Advancements 30th April, 2021 Hosted 
online from Rome, Italy econferecegloble.com 
6.
 
Dustova Dildora Sobirjanovna
,
Abdullaev Sayfulla Fayzullayevich
, Diagnostic Study of the 
Formation of the Aesthetic Development of Primary Education Students in the Process of Teaching the 
Russian Language,
 European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630)
 
7.
Абдуллаев С.С., Рафиева Н.А. Искусства древней Руси и средней Азии в духовном 
диалоге (исторический экскурс) //Вестник науки и образования. 99:21-2 (2020). С. 97-100. 
BOLALAR FOLKLORI –XALQ OG‘ZAKI IJODINING ALOHIDA YO‘NALISHI 
SIFATIDA 
M.O‘rinova, 
O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
1-bosqich tayanch doktoranti 
Xalq og‘zaki ijodi insoniyat tarixining ko‘zgusidir. Unda basharning asli, o‘zligi va ruhiy-maʼnaviy 
dunyosi aks etadi. Folklorda kattalarning ijtimoiy-maishiy hayot bilan bog‘liq qarashlaridan tortib, shu 
jarayonda bevosita ishtirokchiga aylangan bolalarning zavq-u shavqqa to‘la ohanglari, sho‘xlikka 
qorishgan o‘yinlarigacha mujassam. Shu bois, bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Bolalar og‘zaki ijodi o‘ziga xos xususiyatlari, hajmi, janriy tarkibi, ijodkorligi va ijrochiligi 
bilan ajralib turadi. 


401 
Bolalar folklorining mazmun-mohiyati haqida O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida quyidagi 
maʼlumotni uchratamiz: “Bolalar folklori — og‘zaki ijod namunalaridir. Odatda, bolalar yoki ular uchun 
kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy qismi. O‘zbek bolalar folklori alla, ertak, 
ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar o‘yin qo‘shiqlari, erkalama, masxaralama va b.ni o‘z ichiga oladi. 
Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o‘yinga, qo‘shig‘iga moslangan bo‘ladi
1
”. Demak, 
bolalar folklori og‘zaki ijodning bir qismi sifatida uni boyitib turadi. Bolalar folkloriga tegishli matnlar 
kattalar tomonidan ham yaratilishini inobatga olsak, ularning bir-biriga taʼsiri yaqqol aʼyonlashadi. Аytish 
mumkinki, bolalar poetik ijodi umumfolklor bag‘rida tug‘ilib, u bilan baravar o‘sib-ulg‘aya borgan. 
Voyaga yetgach esa alohida yo‘nalish sifatida ajralib chiqqan. Folklorshunos olimlar bolalar folklorining 
yuzaga kelish omillari va uning tasnifini turlicha izohlashadi. G.S.Vinogradov “Bolalar folklori va 
hayoti” asarida: “Xalq ommasi orasida bolalar hayoti o‘ziga xos anʼanaviy xususiyatlarga ega. Bolalar 
yashashadi va o‘zlarini alohida dunyo deb bilishadi. Ular kattalarning ishtirokidan qatʼi nazar, o‘yin 
o‘ynaydilar, o‘yinlarni o‘rganadilar, ularni "to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyuklardan" yemas, balki ko‘pincha 
ulardan eng katta sir saqlagan holda "akasidan" meros qilib, raqsga tushishni o‘rganadilar; atrofdagi 
tabiatni bilish har doim ham "katta" taʼsiri va rahbarligi ostida amalga oshirilmaydi
2
, – deya fikr bildiradi. 
Olim bolalar folklori shakllanishida kattalar rolini butunlay inkor etmaydi, ammo bolalarning ham o‘ziga 
xos olami borligini taʼkidlaydi. Vinogradov bolalar og‘zaki ijodi faqat kattalarning ularga aytgan 
aytimlaridan iborat bo‘lmay, o‘z ijodkorligi ham mavjudligiga urg‘u beradi. Darhaqiqat, bolalar 
folklorining alohida qismi hisoblangan o‘yinlar tabiatini o‘rganar ekanmiz, G.S.Vinogradov qarashlarida 
asos borligining guvohi bo‘ldik. “Аlmash qadamlar”, “Sirg‘anchiq va toyinishma”, “Ona tovuq va 
hakka”, “Jik-jik”, “Bekinmachoq”, “Quvlashmachoq” kabi harakatli o‘yinlar u yoki bu hodisaga 
bolalarcha taqlid zamirida yuzaga kelgan hamda ularning aksariyati katta aka-opalardan kichik uka- 
singillar o‘rganishi asosida bugungi kunga qadar yashab kelmoqda. Maʼnaviy so‘z o‘yini hisoblangan 
chandish va guldur-guplar esa bolalarning o‘zlari bevosita ijod qilgan folklor hodisalari bo‘lib, 
ijodkorlarning sho‘x va quvnoq tabiati, hozirjavob-u topqirligidan dalolat beradi. 
O.I.Kapitsa G.S.Vinogradov qarashlarini eʼtirof etgan holda bolalar folklorining shakllanishini 
bolalik xususiyatlarining umumiyligi bilan bog‘laydi. Bolalar folklorini mustaqil soha sifatida baholash 
uchun ikki omil – bolalar hayoti va bolalar ruhiyati muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlaydi. Bolalar 
folklorini hayotiy vaziyat fonida kundalik hayot bilan bog‘liq holda, shu bilan birga, bola ruhiy 
hayotining barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish kerakligini uqtiradi: “Bolalar hayoti 
kattalar hayotini faqat qisman aks ettiradi, lekin uning ko‘p jihatlari kattalardan mustaqil ravishda 
rivojlanadi va bolalik xususiyatlarining umumiyligi bilan bog‘liq. Bolalarning kognitiv qobiliyatlari, 
qiziqishlari, badiiy tasvirlarni idrok etishlari kattalarnikiga o‘xshamaydi va bu bolalar o‘rtasida 
yashaydigan og‘zaki ijod asarlarida o‘ziga xos iz qoldiradi
3
”. O.I. Kapitsa matn tashuvchilarning ikkita 
guruhi mavjudligini taʼkidlaydi. Birinchi toifaga tug‘ilgandan 5-6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 
g‘amxo‘rlik qiluvchi va tarbiyalovchi kattalar kirishini ko‘rsatadi. Ular aytgan asarlar bolalar tomonidan 
idrok etiladi. Ikkinchi guruh esa 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘z ijodini aks ettiradi. 
Ammo barcha asarlar bir butunlikni - bolalar folklorini tashkil qiladi. Kattalar tomonidan bolalarga 
aytilgan qo‘shiqlar(alla, erkalama, ovutmachoq kabilar) ko‘proq tarbiyaga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar 
idrok qilganlarini, ularning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan narsalarni xotirada saqlab 
qoladilar, qolaversa, mazkur jarayonlar avloddan avlodga o‘tishi bilan ham xarakterli. 
Bolalar folklori tasnifida V.P.Anikin qarashlari ham eʼtirofga loyiq. Uning tasnifi genetik prinsipga 
asoslanadi. U asarlarning uch guruhini ajratadi: 1) bolalar uchun kattalar sheʼriyati; 2) kattalar folkloridan 
chiqib ketgan va bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan asarlar; 3) bolalarning shaxsiy ijodi. 
Rus bolalar folklori va folklorshunosligining shakllanishi va tan olinishi uchun salkam ikki asrlik 
izlanish va g‘ayrat zarur bo‘ldi. Shuncha muddat davomida rus bolalar folklori mamlakatning turli 
joylaridan qayta-qayta yozib olindi, nashr etildi. Natijada ularni biri-biriga chog‘ishtirish asosida qanday 
transformatsion jarayonlarni kechganligini, bolalar va kattalar repertuarining o‘zaro munosabatlarini 
ochishga xizmat qiluvchi xususiyatlarini, bolalar repertuariga xos jarayonlarni tadqiq etish, bolalar 
folklorini tasnif qilish va bu sohadagi terminologiyani folklorshunoslik negizini tartibga solish 
imkoniyatlari yaratildi. 
1
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. Б ҳарфи. - Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси 
Давлат илмий нашриёти. 496-б 
2
Виноградов Г. Детский фольклор и быт. Программа наблюдений. Иркутск, 1925. Cт.7. 


402 
3
Капица О.И. Детский фольклор. Л., 1928. Cт.6. 
O‘zbek bolalar folklori va folklorshunosligining shakllanishida ham rus olimlari qarashlari hamda 
tadqiqotlari munosib hissa qo‘shdi. M.S.Аndreev O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan «Havzak- 
havzak» ovutmachog‘ining 13 namunasini to‘plab, nashr ettirdi. O‘zbek bolalari o‘yinlarini, mavsum va 
marosimlarga oid o‘yin qo‘shiqlarini va o‘yinchoqlarini to‘plash va etnografik jihatdan o‘rganishda Y.M. 
Peshcherova alohida g‘ayrat ko‘rsatdi . N.P.Ostroumov va А.Vasilyev, er-xotin N. va M.Nalivkinlar, 
N.Burzinskiy kabi tadqiqotchilar ham o‘zbek bolalar folklori to‘planishi va nashr etilishida xizmat 
ko‘rsatishdi. Аmmo milliy bolalar folklorining o‘ziga xos xususiyatlari, janriy tarkibi, genezisi kabi 
masalalarni o‘zbek folklorshunos olimlari tadqiq etishdi. 
Yetuk folklorshunos olim O.Safarov namunalarni to‘plash va nashr qilish bilan cheklanib qolmay, 
bolalar folklorining ilmiy nazariy asoslarini belgilash, genezisi, janriy tarkibi va badiiyatini tekshirishga
bel bog‘ladi. Olim bolalar folkloriga quyidagicha taʼrif beradi: “Bolalar folklori – kichkintoylar olami 
bilan kattalar dunyosining o‘zaro uyg‘unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o‘yinlar, qo‘shiqlar va muzikali 
poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og‘zaki ijodiyotining o‘ziga xos tarmog‘idir”
1

O.Safarov kattalar va bolalar folklorida o‘ziga xos vorislik halqasi mavjudligini taʼkidlaydi. Bu vorislik 
bolalar folklorining kattalar folkloriga muteligi qobig‘ida o‘ralib qolmay, balki mustaqil ijodiy 
o‘zlashtirish, o‘sish va boyish negizida ko‘chib, o‘zbek bolalar folklorining, jumladan, qo‘shiqchiligining 
taraqqiyotiga o‘ziga xoslik bag‘ishlashini aytib o‘tadi. O‘z fikrini “Boychechak”, “Chittigul”, “Binafsha”, 
“Oppoqijon” kabi mavsum qo‘shiqlarining XX asr boshlarida kattalar folkloridan bolalar repertuariga 
o‘tganligi bilan izohlaydi. 
O.Safarov bolalar folklorini genetik asoslariga ko‘ra uch qismdan tarkib topgan hodisa sifatida 
baholaydi: 
1.
Erkalash poeziyasi. Bunga alla, aytim-olqish, ovutmachoq, erkalama, qiziqmachoqlarni kiritib, 
ularda erkalash leytmotiv bo‘lganligini taʼkidlaydi. Erkalash poeziyasi namunalarini ijro maqsadi, o‘rni 
va bola yoshiga munosabatiga ko‘ra ikki guruhga ajratadi. Birinchisi beshik qo‘shiqlari bo‘lib, unga 
allalar, etnografik mazmundagi aytim olqishlar(uch yoshni to‘ldirguncha aytiladi) kirsa, ikkinchisi suyish 
qo‘shiqlari deb atalib, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq, qaytarmachoq(6-7 yoshga to‘lguncha 
aytiladi) kabi janrlarni o‘z ichiga oladi. 
2.
Bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo‘shiqlari. Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari 
bilan bog‘liq bunday qo‘shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko‘ra kattalar 
repertuaridan bolalar repertuariga o‘tib qolgan. Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va 
totemistik eʼtiqodlari asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatni yo‘qotgan yalinchoq va hukmlagich 
janrlari bolalar repertuarida saqlanib qolgan. 
3.
Bolalarning o‘z ijodkorligi va ijrochiligi hosilasi bo‘lgan qo‘shiqlar va o‘yinlar. 
O.Safarov o‘zbek bolalar folklorining asosini o‘yin va qo‘shiqlar tashkil etishini, ularni so‘z va 
harakatning nisbatiga ko‘ra bolalarning maishiy qo‘shiqlari hamda bolalarning o‘yin folklori kabi 
guruhlarga ajratish kerakligini taʼkidlaydi. 
Ko‘rinadiki, o‘zbek bolalar folklori xalq og‘zaki ijodining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘ziga xos 
xususiyat va fazilatlarga ham ega. Ularni to‘plash, nashr qilish va tadqiq etish esa dolzarb masala 
hisoblanadi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish