blokadada EKGda R tish ikkita bo‘lib qoladi. Endi qorincha, ikkala o‘chog‘dan
kelayotgan impulslarga qo‘zg‘alish bilan javob beradi.
Atrioventrikulyar (ko‘ndalang) blokada
Bo‘lmacha va qorincha o‘rtasida impulslar ushlanib qoladi. To‘liq va chala
blokadalar tafovutlanadi. To‘liq atrioventrikulyar blokada infeksion kasalliklarda,
intoksikatsiya, toj tomirlarda qon aylanishni buzilishidan kelib chiqadi.
To‘la bo‘lmagan atrioventrikulyar blokadani 3 ta darajasi tafovutlanadi.
1-darajada, bo‘lmachadan qorinchalarga impulslarni o‘tish
vaqti uzayadi,
P-Q interval 0,2-0,5 sekni tashkil qiladi.
2-darajada (Venkebax davrlari) P-Q interval davomiyligi ortib borib, sakkizinchi
yoki to‘qqizinchi qo‘zg‘alish tushib qoladi, qorinchalar qisqarishi tushib qolgandan
so‘zng esa, P-Q interval davomiyligi normalashadi. Taxmin qilishlaricha,
ushbu
fenomen, tugun orqali qo‘zg‘alishlarni o‘tishini qiyinlashuvidan yuzaga keladi.
3-darajada, ikkinchi yoki uchinchi qo‘zg‘alishlar tugun orqali o‘tmay, tushib
qoladi. To‘liq atrioventrikulyar blokadada, bo‘lmacha va qorinchalar bir-biri bilan
kelishilmagan
xolda qisqara boshlaydi, yurakning har bir qismini o‘z ritmi bo‘ladi, 1
minutda bo‘lmacha 70 ta qisqarsa, qorinchalar 35 ta atrofida qisqaradi (idioventrikulyar
ritm).
To‘liq bo‘lmagan atrioventrikulyar blokadani, to‘liq atrioventrikulyar blokadaga
aylanishini bilishimiz amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Atrioventrikulyar tugun
hujayralari membranasida sekin
diastolik depolyarizatsiya, sinus tugundan impulslar
kelmay qo‘ygandan so‘ng, birmuncha vaqtdan keyin yuzaga keladi. Bu davrni
preavtomatik pauza deb nomlashdi, bu pauza mobaynida
qorinchalar asistoliyasi
kuzatiladi, buning oqibatida, bosh miyaga qon kelishi buziladi, bemor hushidan ketadi.
Morgani-Edems-Stoks sindromini kuzatish mumkin. Qorincha qisqara boshlaganda, bu
xolat o‘tib ketadi, biroq bir necha marta qaytarilishi mumkin.
Volf-Parkinson-Uayt sindromi, bo‘lmachalardan qorinchalarga qo‘zg‘alishlarni
o‘tishini tezlashuvi bilan harakterlanadi, buning oqibatida qorinchalar muddatidan oldin
qo‘zg‘aladi, natijada taxikardiya kelib chiqadi, P-Q interval qisqaradi. Ushbu sindromni
kelib chiqishida, qo‘shimcha o‘tkazuvchi yo‘llarning faoliyati sabab bo‘ladi, bular
Paladino-Kent, Mixaym, Djeyms yo‘llaridir.
1)
Paladino-Kent tutami, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan miokardial to‘qima bo‘lib,
atrioventrikulyar
xalqa
zonasida
joylashgan.
Ushbu
tutam
impulslarni
atrioventrikulyar tugunni chetlab, bo‘lmachalardan qorinchalarga yetkazadi.
2)
Mixaym tutami esa qo‘zg‘alishlarni,
Gis tutamini yuqori qismidan, qorinchalarga
o‘tkazadi.
3)
Jdeym tutami, bo‘lmalarni atrioventrikulyar tugunni pastki qismi va Gis tutami bilan
bog‘laydi. Qo‘shimcha o‘tkazuvchi yo‘llar qo‘zg‘alishlarni tezroq o‘tkazadi, buning
natijasida bir qismi qorincha hujayralari barvaqtroq qo‘zg‘aladi, qolgan qismi esa,
atrioventrikulyar tugundan kelgan impulslarga javoban qo‘zg‘aladi, natijada
qorinchalarni sinxron qo‘zg‘alishi keskin buziladi.
Gis tutamidagi
blokada kam ahamiyatga ega, chunki Gis tutamida avtomatiya
gradiyenti bo‘yicha juda oz impulslar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: