Bir kishidin o'zgaki, andoq kishi,
Bermadi yod eskifalak gardishi.
U bugun so'fiylar peshvosi, haqiqat sirlarining
ochuvchisidir, kolcsi nozik ma’nolar xazinasining
duri, ko‘ngli ma’nolar yuzining oynasi, nazmlari
jahon iqlimlarida mashhur, nasriy asarlari jon
mamlakatlarini egallagan. Lutf-karami, in’om-u
ehsoni shoh-u gadolar o'rtasida shuhrat topgan,
uning xizmatini ado etganlar bir umr faxrlanib
yuradilar. Lekin ul zot menga alohida e’tibor bilan
qaraydi, yozgan har bir asari men ko'rganimdan
so‘nggina elga yetib boradi.
Bahoming fayzyob kunlaridan birida shoirlar-u
allomalar, xonanda-yu sozandalar davrasida
o'tgan buyuk zotlar she’riyati haqida, jumladan,
payrov xususida bahs borar ekan, gap Nizomiy
bilan Xusravga taqaldi. Ikkala ijodkor asarlarining
jahondagi shon-u shuhrati, ular yaratgan «Xam-
sa»laming olam ahliga manzurligi haqida e’tiborli
fikrlar bildirildi. Ayniqsa, jami o‘nta doston ichida
dastlabki ikki durdonaning o'zgacha o‘m i borligi,
ulaming ma’naviy yuksakligi, badiiy barkamolligi
to‘g‘risida bir-biridan purmazmun gaplar aytildi.
Oradan bir-ikki oy o‘tgach, ul tabarruk zot
uyimga mehmon boldilar. Qollarida bir necha
kitob bor edi. Ulardan birini qollariga olib, kulib
turib, menga tutdilar.
Kim: «Olibon boshtin ауодЧда boq,
Qil nazar avroqig‘a boshtin-oyoq.
Olig'a jon naqdini sochtim ravon,
Oldim-u o ‘ptum, dog‘i ochtim ravon.
Boshtin-ayoq gavhari shahvor3 edi,
Qaysi go‘h a r«Tuhfat ul-ahror»4 edi.
Chun o'qimoq zamzamasi5 boldi bas,
Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas.
Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,
Bir necha дот о ‘Isa manga ham xirom.
Forsi o ‘ldi chu alarg‘a ado,
Turki ila qilsam ani ibtido.
Forsi el topti chu xursandliq,
Turk dog‘i topsa barumandliq.
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum.
Dilni shodlantiruvchi boglaming devorlari ham
to‘rt paxsali boladi. Ulaming o‘t-u suv-u havosi
yoqimli bolganidek, tufrog'i ham muattar bolishi
muqarrar. Sarv-u gul va lolaning xaridori borligi
aniq, lekin о‘tinning ham bozori boladi-ku. At
las bilan qora rangli ipak kiyim yoqimli bo‘lsa, it
yungi ham palos qilishga yaraydi-ku. Lai bilan
yoqut va dur qimmatli hisoblansa, nega kahrabo
somonni o'ziga tortadi? Shoh uch xil may bilan
xursandlik topsa, qolgan loyidan, hech bolmasa
may quyqasini ichuvchi mayxo‘r ichib shodla-
nadi-ku. Men ham o‘zimning it kabi pastligimni
anglab yetdim-u, o‘zimni uluglar ipiga bogladim.
Ular yo'qlik dashti tomon y o l olsalar, men ham
soya kabi ularga hamqadam bolg'umdir.
Do'stlaringiz bilan baham: