Beshinchi maqolat
KARAM, OLIYJANOBLIK,
SAXOVAT HAQIDA
Ustingga saxovat kiyimi nasib etgan, qo'ling-
da pulning qiymati qolmagan inson! Panjang
mag‘rib-u mashriqda kumush sochish uchun
ochildi. Kumush bilan qoling kelisholmaydi. Unda
fano, munda esa saxovat - bir-biri bilan talashadi.
Kafting chaqmoqdan ham tezroq oltin sochib tur-
ganida, chaqmoquyalganidan terga g‘arq boladi.
Boshing ustida saxovat jig'a si, uning ustida
esa jo'mardlik gavhari yarqiraydi. Buki sanga
Tangri ato ayladi, karam qismi bilan saxo ayladi.
Jismingdagi har bir tuk tilga aylanganida ham
buning shukrini aytib, ado etib bolmaydi.
Endi saxovat jo ‘sh urgan chog'ingda shukr
qilish kerak bolganda, baxillikka yuz tutmagil.
Baxillik barcha sifatlaming eng xasisidir, saxovat
hayot javharidir. Bu porloq dumi xor aylama. Buxl
hisobida haddan tashqari sarflayverma. Saxovat
har qancha maqtashga arzirli bo Isa ham, aql isrof -
tarzida ko‘p sarflama, aql bekorga isrof etishni
baxillik bilan teng tutadi.
Ey sen, Tangri mol-u davlat nasib etgan ekan,
kimlarga yaxshilik qilish haqida talim ham berib
qoVgan. Bilib ol: saxovat qilish uchun kimlar
haqli, kimlarga oltin-u kumush hadya qilish
mumkin?
Ot chiqarish, nom qoldirish, ismini uluglash
uchun hatto qo‘l bilan etaklab gavhar sochish
aqllilarga munosib emas. Mast yoki jinni kishi
bunday bema’ni ishga q o l urishi mumkin.
Qolida jom tutgan kishi tobctovsiz sochaversa,
har qancha sochqini tugatishi hech narsa emas.
Bu xil bema’nigarchiliklarni aholi saxovat deb
atamaydi.
Shunday odamlami ham saxiy deb bolmaydiki,
isrof qilmaydi, lekin muhtoj bolmagan kishilarga
o‘z mol-mulkini bekorga sarflaydi: och bolmagan
kishilarga dasturxon yoyadi, yalang‘och bolm a
gan kishilarga to‘n kiydiradi. Yuzta yilqisi bolgan
boyga ot tortadi, yuz yilqisi bor kishiga kumush
tortiq qiladi. Badaxshonga la l yuborsa, Kirmonga
zira olib kelib ulashadi. Xizrni ко‘rib qolsa, unga
hayot suvini tuhfa qiladi, Misrdagi shakarpazga
donalab n aw ot sovg‘a qiladi. Shamni kunduz
behisob yoritib qoyib, quyosh ziyosiga yordam
ko‘rsatmoqchi boladi. Har kechasi qorong‘ulik
kuchaysin deb, to‘xtovsiz mushk sochib chiqadi.
Muhtoj el yuzlab non tilab tursa ham, birontasiga
luqma ham tottirmaydi. Bunday odamlar quriyot-
gan bog' ustiga yog‘may o‘tib, suvini quruq cholga
tolckan bulutning xuddi o'zginasi.
Yana bir xil kishilar borki, ularni ham saxovat
ahli toifasiga kiritib bolm aydi. Bundaylarning
k o‘zi hamisha xalqning m olida b olib , ularni
tortib olish - muddaosi. Zulm, turli firibgarliklar,
va ’da-yu aldashlar, guvohliklar vositasida bir
musulmondan istaganini tortib oladi-yu, boshqa
birovga berib, olish ham, berish ham uning maq-
sadi. Olishdan ham foyda yo‘q, berishdan ham.
Do'stlaringiz bilan baham: