Tashkiliy metodlar o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, tashkil
etilishi, tayyorgarlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Sharhlash metodlari o‘tkaziladigan
tadqiqotning barchasi yoki uning ayrim qismlarini amalga oshirish shakllariga tegishli bo‘ladi.
Baholash metodlari tadqiqot natijalarini, jumladan tadqiqotda ishtirok etgan bolalarning
psixologik va xulq-atvor xarakteristikalarini aniqlash psixologik-pedagogik baholash usullarini
qamrab oladi. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari deganda tadqiqotda sinaluvchilar
haqida zarur ma’lumotlarni to‘plash nazarda tutiladi.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot metodlaridan tashqari yana bolaga amaliy psixologik-
pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va
korreksiyadir. Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni
o‘rganish va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam
ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir
ko‘rsatishidir.
Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning
qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan individual farqlarni; o‘quvchilarda faol
mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va tarbiya ta’siri ostida psixikada
yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ”
Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa
bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi
faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki
fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir.
Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini
o‘rganadi, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda
aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik
psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni
ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va
maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning
hammasini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini
yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi
ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish
jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy
tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini
tarbiyalashni psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya
jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini
o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini
ajratib ko‘rsatish bilan birga uning pedagogik bilimlari, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining
tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |