Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#86799
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
matn1-1

             

1.2.Yosh va pedagogik psixologiyaning vujudga kelish tarixi 

 


Yosh  va  pedagogik  psixologiya  fanning alohida  tarmog‘i  sifatida  o‘zining kelib  chiqish  va 

rivojlanish tarixiga ega. 

Yosh  va  pedagogik  psixologiya  fan  sifatida  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  tarkib  topadi. 

Bunda taniqli rus pedagogi  K.D. Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning “Inson tarbiya predmeti 

sifatida” nomli asari katta rol o‘ynaydi. 

Bundan  tashqari  CH.Darvinning  evolyusion  g‘oyalari  ham  Yosh  psixologiyasining 

taraqqiyotiga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Evolyusion  ta’limot  psixik  taraqqiyot  manbalari 

muammosiga e’tiborini qaratishga olib keladi. 

XX  asrning  boshlariga  kelib,  umumiy  psixologiyada  o‘tkaziladigan  eksperimental 

tadqiqotlarni  pedagogika  sohasiga  shundayligicha  o‘tkazish  mumkin  deb  qaraldi.  Ammo  o‘sha 

davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun etarli bilimlar boyligini bera olmas edi.  

1906  yil  Peterburgda  pedagogik  psixologiya  bo‘yicha        I  s’ezd  chaqirildi.  Pedagogik 

psixologiya  namoyondalari  –  A.P.Nechaev,  N.E.  Rumyansev  va  boshqalar  pedagogik 

adabiyotlarni  keskin  tanqid  qilib  chiqdilar.  Psixologiyani  pedagogik  amaliyot  bilan 

yaqinlashtirish  eksperimental  tadqiqotlarni  ta’lim-tarbiya  jarayonining  o‘zida  o‘tkazish 

orqaligina  mumkin  degan  muhim  xulosa  chiqarildi.  Ya’ni  eksperimental  ma’lumotlar 

tashqaridan  emas,  balki  psixologik-pedagogik  tadqiqotning  o‘zidan  olinishi  kerak,  degan 

xulosaga kelinadi.  Bu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  esa  yosh  va  pedagogik  psixologiyaning 

muhim nazariy, metodologik masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini  izlab topish lozim edi. 

Shu  tufayli  psixik  taraqqiyotning  manbalari  va  uning  ta’lim  jarayoniga  munosabati  masalasi 

Yosh va pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo‘lib qoladi. 

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSH larida pedologiya  deb ataluvchi yangi fan 

vujudga keladi. Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari 

bola  rivojlanishining  biologik,  fiziologik  va  psixologik  nazariyalarini  mexanik  ravishda 

qo‘shadilar.  

20  -  30  yillarda  pedologiya    “Bola  haqidagi  yagona  marksistik  fan”  rolini  da’vo  qila 

boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat qiladi. 

Pedologlarning  qarashlari  idealistik  va  mexanistik  xarakterda  edi.  Ularning  o‘quvchilarni  

“aqliy  qobiliyat  koeffitsenti”ni  aniqlashga  oid  testlari  asossiz  bo‘lib,  psixologiya  va 

pedagogikaga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatdi  hamda  maktabga  katta  ziyon  etkazdi.  Shuning  uchun  30 

yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish boshlandi. 1936 yil 4 iyulda VKP (b) MK 

ining “Xalq maorifi komissarligi sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida” gi qarori chiqdi. 

Bu  qarorda  pedologiya  fani  marksistik  nuqtai  -  nazarga  zid  ekanligi  ta’kidlanib,  katta  tanqid 

ostiga olindi. SHu tariqa pedologiya faniga barham berildi. 

20 - 30 yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi 

kunda  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan  bir  qancha  psixologik-pedagogik  qonsepsiyalar 

vujudga  keldi.  Ayniqsa,  A.S.Makarenkoning  bola  shaxsi  va  bolalar  jamoasiga  bo‘lgan  ilmiy 

qarashlari,  L.S.Vigotskiyning  oliy  psixik  funksiyalarning  rivojlanish  nazariyasi  katta  ilmiy 

qimmat kasb etadi. 

Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya - psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi 

hisoblanadi.  Yosh  va  pedagogik  psixologiya  masalalari  bilan  bir  qator  ko‘zga  ko‘rinarli 

psixologlar  shug‘ullanganlar  va  shug‘ullanmoqdalar.  Ulardan:  B.G.  Ananev,  L.I.Bojovich, 

P.YA.Galperin,  V.V.Davidov,    A.V.Zaporojets,  L.V.Zankov,    G.S.Kostyuk,    A.N.Leontev, 

N.A.Menchinskaya,    N.F.  Talizina,    D.B.Elqonin  va  boshqalarni  ko‘rsatish  mumkin.  Bolalar 

psixologiyasi  muammolari  bilan  shug‘ullangan  o‘zbek  olimlaridan:  professorlar      M.G. 

Davletshin,  E.G‘.  G‘oziev,    M.Vohidov;    R.I.  Sunnatova,  Z.T.  Nishonova,  dotsent 

S.A.Axunjanova,  SH.A.  Do‘stmuhamedova,  S.X.Jalilova  kabi  psixologlarni  keltirishimiz 

mumkin. 


 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish