Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#86799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
matn1-1

Tashkiliy  metodlar    o‘tkaziladigan  tadqiqotning  maqsadi,  mazmuni,  tuzilishi,  tashkil 

etilishi,  tayyorgarlik  shakllarini  o‘z  ichiga  oladi.  Sharhlash  metodlari    o‘tkaziladigan 

tadqiqotning barchasi yoki uning ayrim  qismlarini amalga oshirish  shakllariga tegishli bo‘ladi

Baholash  metodlari    tadqiqot  natijalarini,  jumladan    tadqiqotda  ishtirok  etgan  bolalarning 

psixologik va xulq-atvor  xarakteristikalarini aniqlash psixologik-pedagogik  baholash usullarini 

qamrab oladi. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari deganda tadqiqotda sinaluvchilar  

haqida  zarur ma’lumotlarni to‘plash  nazarda tutiladi. 

Yuqorida    keltirilgan  tadqiqot  metodlaridan  tashqari  yana  bolaga  amaliy  psixologik-

pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va 

korreksiyadir. Psixologik masalahat  bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni  

o‘rganish  va  tanishish    asosida  unga    og‘zaki  tavsiyalar  va  nasihatlar  turida    yordam 

ko‘rsatishdir.  Korreksiya    psixologning  qiziqtirayotgan  shaxsga  bevosita  pedagogik  ta’sir 

ko‘rsatishidir. 

         Xususan,  pedagogik  psixologiya  “bilim,  ko‘nikma,    malakalarni  egallashning 

qonuniyatlarini;  bu  jarayonda  namoyon  bo‘ladigan  individual  farqlarni;  o‘quvchilarda  faol 

mustaqil  ijodiy  tafakkur  shakllanishi  qonuniyatlarini;  ta’lim  va  tarbiya  ta’siri  ostida  psixikada 

yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ” 

          Pedagogika bilan pedagogik  psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa 

bordir.  Bolalar  va  yoshlarning  maktabdagi  hamda  boshqa  ta’lim-tarbiya  muassasalaridagi 

faoliyat  va  xatti-harakatlarining  qonkret  turlarini  o‘rganuvchi  pedagogik  psixologiya  ikki 

fanning,  ya’ni  psixologiya  va  pedagogika  fanlarining  tutashgan  joyidan  o‘rin  olgandir. 

Pedagogik  psixologiya  maktabda  bilimlarni,  ko‘nikma  va  malakalarni  egallash  qonuniyatlarini 

o‘rganadi,  bu  jarayonlarda  sodir  bo‘ladigan  individual  tafovutlarni  tekshiradi,  o‘quvchilarda 

aktiv,  mustaqil  va  ijodiy  tafakkurni  tarkib  toptirish  qonuniyatlarini  o‘rganadi.  Pedagogik 

psixologiya  ta’lim-tarbiya  ta’siri  bilan  o‘quvchilar  psixikasida  sodir  bo‘ladigan  o‘zgarishlarni 

ham  o‘rganadi.  Bundan  tashqari,  o‘quv  materiallarining  o‘quvchilarga  mos  kelishi,  turli  ta’lim 

metodlarining  psixologik  jihatdan  samaradorligi,  darslik,  o‘quv  qurollari,  asbob-  uskunalar  va 

maktab  ishlarining  rejimiga  nisbatan  bo‘lgan  psixologik  talablar  kabi  muammolarning 

hammasini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi. 




     Pedagogik  psixologiyaning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  maktabdagi  ta’lim  jarayonini 

yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi 

ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar 

bilan  bog‘liqdir.  Pedagogik  psixologiya  shu  bilan  birga  o‘quvchilar  shaxsining  tarkib  topish 

jarayonini,  bu  jarayonning  umumiy  qonuniyatlarini    va  individual  farqlarini,  turli  tarbiyaviy 

tadbirlarning  o‘quvchilarga  ko‘rsatadigan  ta’sirini  o‘rganadi  hamda  o‘quvchilarning  o‘z-o‘zini 

tarbiyalashni  psixologik  asoslarini  tekshiradi.  Nihoyat,  pedagogik  psixologiya  ta’lim-tarbiya 

jarayonining  tashkilotchisi  bo‘lgan  o‘quvchi  shaxsini  va  o‘quvchi  mehnatining  xususiyatlarini 

o‘rganadi.  Bunda  o‘quvchining  ta’lim-tarbiya  ishlaridagi  yutuqlarni  ta’minlovchi  sifatlarini 

ajratib  ko‘rsatish  bilan  birga  uning  pedagogik  bilimlari,  ko‘nikma,  malaka  va  qobiliyatlarining 

tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi. 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish