226
Germaniya ta’limi tizimining o’ziga xos tomonlaridan yana biri shundaki, hunar
maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirib o’qish huquqini bermaydi, ayrim
hollarda maxsus institutlarga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun yoshlardan 1 yillik
tayyorlov kurslariga kirib o’qish talab etiladi.
O’quv yurtlaridagi moddiy-texnika bazasining boyligi va didaktik vositalar bilan
yuqori darajada ta’minlanganligi o’qitishning mazmundorligini to’la-to’kis ta’minlash
imkonini beradi.
O’qishga qabul qilish (har qanday turdagi o’quv yurtida) imtihonsiz maktab ta’limi
to’grisidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi. O’qishga qabul qilinadiganlar soni o’quv
o’rni soni bilan belgilanadi.
Qabul qilishning asosi bo’lib:
– o’quvchilar ota-onalarining korxona yoki tashkilotbilan tuzgan shartnomalari;
– agar korxona bilan shartnoma tuzish imkoni bo’lmasa, ota-onalarning hunar bilim
yurti bilan tuzgan shartnomalari xizmat qiladi.
O’quv yurtlari o’zlarining bitiruvchilarini ishga joylash muammolari bilan
shug’ullanmaydilar. Lekin shunga qaramay, bitiruvchilarning katta qismi o’sha
korxonada, qolganlari esa mehnat birjalariga yuboriladilar.
Germaniya hunar-texnika ta’limining quyidagi xususiyatlari e’tiborga loyiqdir:
1. O’quv yurtlari laboratoriyalari, ustaxonalarini jihozlash, ularni xomashyo va
materiallar bilan ta’minlash ishbilarmonlar yoki korxonalar tomonidan bepul amalga
oshiriladi. Chunki bozor iqtisodining tamoyillaridan biri shundan iboratki, tadbirkorlar
o’quv yurtlarini yangi, zamonaviy texnologik jihozlar bilan ta’minlashdan man-
faatdordirlar. Buning sababi, birinchidan, o’z mahsulotlarini reklama qilish maqsadi
bo’lsa, ikkinchidan, tezroq yangi turdagi jihozlarda ishlay oladigan mutaxassislarga ega
bo’lishdir.
2. Hunar-texnika ta’limining ustivor yo’nalishlari istiqbollarini belgilash va uni
amalga oshirish Federal ta’lim va madaniyat vazirligining vazifasidir. Bu ishda unga
Federal iqtisodiyot vazirligi, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi hamkorlik qiladilar.
Dasturlarning mazmundorligi va samaradorligi Federal hunar-ta’limi instituti
tomonidan amalga oshiriladi (unda 700 dan ortiq xodim ishlaydi). Bu institut ishini Bosh
komissiya tarkibiga kirgan federal hukumat a’zolari, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari
va erlar vakillari muvofiqlashtiradilar.
Hududiy jihatdan esa o’qitishning nazariy qismi mamunini erlarning kultus
vazirligi, ishlab chiqarish amaliyotini esa turli palatalar (sanoat, hunarmandchilik, qishloq
xo’jaligi, tibbiyot va boshqalar) nazorat qiladilar, ta’minlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: