228
Talabalar o’qishi erkin tashkil etilgan. Vaholanki, ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan
birga o’quv rejalari taklif etiladi va talaba sinovdan o’tkaziladi, ammo o’qishning
ko’pchilik bosqichlarida talabalarning o’zlari fanlar va o’quv yurtlarini tanlaydilar.
O’qishga haq to’lanmaydi. Agar talabalar yoki ularning ota-onalari oziq-ovqat
xarajatlarini ko’tara olmasalar o’qish uchun moliyaviy yordam ko’rsatish to’grisidagi
federal qonunga muvofiq ular moliya yordami oladilar. Bu yordamning yarmi
stipsndiyaga qo’shib berilsa, ikkinchi yarmi qarz tariqasida beriladi. O’qish tugab,
mehnat faoliyati boshlangach, bu yordamlar to’xtatiladi. 1991 yilda bunday yordam
yangi qo’shilgan viloyat bo’yicha o’qishga kirgan har besh talabaning uchtasiga, eski
viloyatda besh talabadan bittasiga berildi. Talabalarning ijtimoiy himoyalash uchun oliy
o’quv yurtlarida ularga ko’maklashuvchi jamg’arma mavjud, ular davlatdan mablag
oladilar, tekin yotoq va talabalar oshxonasidan foydalanadilar, yangi viloyatda 70 foiz
talaba internatlarga joylashtirilgan, eski viloyatda ham turar joy uchun juda kam haq
to’laydilar. O’qishga kirganlarning deyarli 40 foizi ota-onasi bilan turadi. Erkin turar-joy
bozori talabalar oldiga unga to’lov bilan bog’liq katta muammolarni qo’yadi. Aksincha,
sug’urta himoyasiga olishi talabalarga qulay shart-sharoit yaratadi, talabalarni baxtsiz
hodisalardan himoyalash uchun ular davlat sug’urtasi tizimiga kiritilgan va davlat
kassalariga ozgina haq to’laydilar. Keyingi vaqtlarda oliy o’quv yurtlarini kengaytirish
yuzasidan o’tkazilgan tadbirlarga qaramay unga bo’lgan talab yanada ortmoqda. Erkin
o’quv joylarini taqsimlash Markaziy boshqaruv tomonidan ajratilgan o’quv joylari
bo’yicha amalga oshiriladi. Talab yuqori bo’lgan o’qishga, masalan tibbiyot, veterinariya
sohalariga tanlov o’tkaziladi. Shu tanlovga muvofiq etuklik attestatidagi o’rtacha baho
chiqariladi, kutish muddati test va suhbat natijalari hisobga olinadi.
Hozir universitet talabalari 14 semestr, ya’ni 7 yil o’qiydi. Ular o’qishga kirgunga
qadar korxonalarda bir necha yil ishlashlari yoki bundssverda xizmat qilishini hisobga
olsak, talabalar haqiqiy mehnat faoliyatlarini ancha kech boshlamoqdalar.
Sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi oliy o’quv yurtlari ilmiy kengash
tavsiyalariga muvofiq qaytadan tashkil etilmoqda. Akademik tadqiqot tashkilotlari oliy
o’quv yurtlarga tarqatiladi, qisman universitetdan tashqaridagi tadqiqot muassasalariga
o’tkaziladi. Bu tadbir to’qsoninchi yillar o’rtalarida nihoyasiga stkaziladi va shu
maqsadlar uchun 1,8 milliard nemis markasi ajratilgan. Bu oliy o’quv yurti va tadqiqot
institutlarini yangilash dasturi asosida 1996 yilda nihoyasiga etkaziladi.
Germaniya Federativ Respublikasi fuqarolarining o’n millioni har yili malaka
oshirish imkoniyatidan foydalanadilar. Hozirgi zamon industrial jamiyatida hamma narsa
o’zgarishda, yuksalishda malaka oshirib borishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: