Boshlang’ich maktab. O’qish 6 yoshdan boshlanadi va 4 yil davom etadi (faqat
Berlinda 6 yil). Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, dastlabki ikki yil o’qish, davomida
bolalarga baho qo’yilmaydi, ularga umumiy xarakteristika berish bilan kifoyalaniladi.
Boshlang’ich maktabda to’la to’rt yillik o’qishdan keyin o’quvchilar yo’nalish
bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo’nalish maktab tipiga
bog’liq yoki bog’liq bo’lmagan holda maxsus dastur asosida o’qitiladi, bunda bolalarning
ota-onalari maktab tipini tanlash yoki o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Keyin bolalar navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: bular – asosiy, maxsus
maktab (rivojlanishda kechikkan anomaliya holatda bo’lgan bolalar uchun), real bilim
yurti
(matematika
va
tibbiy
fanlar
o’qitiladigan
o’rta
o’quv
yurti);
Do'stlaringiz bilan baham: |