224
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ja’mi o’quvchilarning taxminan 30-35 foizi o’rta
ma’lumot darajasiga ega bo’ladilar.
To’qqiz yillik gimnaziya (o’qish 5-13 yillik) Germaniyadagi yuqori bosqich,
an’anaviy maktab hisoblanadi. Ilgarigiday alohida predmetlarni o’qitiladigan
(matematika, fizika, til va boshqalar) gimnaziya hozir deyarli yo’q. Odatda gimnaziyada
isloh qilingan yuqori bosqich (11-13 o’quv yili) mavjud bo’lib, bunda kurs tizimini oddiy
sinf tizimi bilan almashtirilgan. Bu kurslar o’quvchilarni qiziqtiradigan predmetlar bilan
mashgulot o’tkazishga imkon yaratish maqsadida kiritilgan. Bu ularni oliy o’quv yurtiga
kirib o’qishlarini osonlashtiradi.
Islohot qilingan yuqori bosqich gimnaziyasidan tashqari yana maxsus tipdagi,
masalan, iqtisodii, politexnikaga oid va boshqa gimnaziyalar ham mavjud.
Gimnaziyani bitirganlik to’grisidagi etuklik attestati oliy o’quv yurtida o’qish
imkoniyatini beradi. Aytish kerakki, institutga kirish istagini bildirganlar soni keskin
ko’payib ketganligi munosabati bilan qabulga ma’lum cheklashlar kiritildi.
Mutaxassislar bilan bo’lib o’tgan muloqotlar shuni ko’rsatdiki, uch bosqichli
maktab ta’limi tizimi keyingi yillarda ma’lum darajada tanqidga uchramoqda. Masalan,
ko’pchilik bolalarga keyingi o’qishi uchun ancha erta yo’nalish berilishi ma’lum
noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Bu tanqidga qarshi dalillar ham yo’q emas, yo’nalish
bosqichi va rivojlanishi bo’yicha bolalarni 7-o’quv yilida maktabni to’gri tanlashga
tayyorlash kerak. Bu erda hamma narsa maktab ishlariga butun vosita, metod va mazmun
eng qulay tanlovga borib taqaladi, hozir olimlar va tajribakorlar masala ustida ish olib
bormoqdalar.
Keyingi bosqich umumta’lim maktablari bo’lib, unda uch tipdagi maktab
birlashtirilgan. Bu erda, qoidaga ko’ra 5-10 sinflardagi bolalar o’qiydilar: ularning
ayrimlarida xuddi gimnaziyadagiday yuqori bosqichlari mavjud. O’quvchilar o’z
qobiliyatlariga qarab yuqori yoki oddiy kurslarda o’qishlari mumkin. Bu erda o’quv
rejasiga kasbiy ta’lim ham kirtilgan.
Umumta’lim maktablarini tugallaganligi to’g’risidagi guvohnoma (attestat) federal
erlar tomonidan tan olinadi.
Maxsus maktablarda umumiy maktablarda o’qish imkoniyatiga ega bo’lmagan kar-
soqovlar, ko’zi ojizlar va boshqa jismoniy, aqliy nuqsoni bor bolalar va o’smirlar ta’lim
oladilar.
Germaniyada o’z vaqtida ta’lim ola olmagan katta yoshdagilar uchun bilim olishga
imkoniyat yaratib qo’yilgan. Kechki gimnaziyada sanoat, qishloq xo’jaligi, maishiy
xizmat va boshqalarda ishlaydiganlar, 5-6 yil davomida o’quv kursini o’tganidan keyin
etuklik attestati olish uchun imtihon topshiradilar. Shunday yo’l bilan kechki maktablarda
asosiy maktab yoki real bilim yurtlarini bitirganlik to’g’risida guvohnomaga ega
bo’lishlari mumkin. Germaniyada maktab ta’limi tizimi doim rivojlanishda va o’quv
yurtlarining yangi shakli va tiplari izlanmoqda. Bu ayniqsa, sobiq GDRga tegishlidir,
ilgari bu erda ta’lim tizimi davlatga qarashli va majburiy edi (o’quv dasturini
g’oyaviylashtirish, o’qituvchilarni qayta tayyorlash asosida 2 va 4 bosqichli maktabga
o’tish imkoniyatlari izlanmoqda; rivojlanish va tarbiya jarayoni, topshiriqni kamaytirish
va boshqalarga suyanib yangi mazmundagi maktab ta’limini joriy qilish va h. k.).
Do'stlaringiz bilan baham: