Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Xalq universitetlari 
Xalq  universitstlariga  XIXasr  oxirlarida  Skandinaviya  namunasiga  ko’ra  asos 
solindi.  Uning  ham  amaliy,  ham  nazariy  ahamiyati  bor.  Germaniya  Federativ 
Rsspublikasining garbiy qismida qariyb 85 ta xalq universitetlari bo’lib, joylarda ularning 
3800  filiallari  ham  ishlab  turibdi.  Ular  asosan  jamoa,  tuman  yoki  ro’yxatdan  o’tgan 
jamiyatlar tasarrufidadir. Viloyatlar ularni pul mablag’i bilan ta’minlab turadilar. 
Xalq  universitetlarining  ko’pchiligi  kechki,  ularni  internat  xalq  universitetlari 
to’ldiradi.  Xalq universitetlarida  har yili 900 000 gacha kurslar tashkil etilib, 4-5 million 
tinglovchi malaka oshiradilar. 
Davlat  malaka  oshirganlarni  ragbatlantiradi  va  bu  maqsad  uchun  har  yili  5,5  mln. 
marka mablag’ ajratadi. Malaka oshirish kurslarida o’qish davrida tinglovchilarga mablag 
bilan  moliyaviy  yordam  beradilar.  Kurslar  va  o’quv  qo’llanmalari  xarajatlari  to’la  yoki 
qisman  davlat  tomonidan  to’lanadi.  Asosan  ishsizlar  o’z  malakasini  oshirish 


229 
 
imkoniyatlaridan  ko’proq foydalanadilar  va bu bilan ish topishlari tezlashadi. Yarim yil 
davomida malaka oshirish kurslarini tugatganlarning 75 foizi ish bilan ta’minlanadi. Xalq 
universitetlarida taklif qilingan o’quv yo’nalishlari xilma-xildir. Malaka oshirish sohasida 
kasaba uyushmalarining ham dastur-lari turli-tumandir. Xalq universitetlari nemis kasaba 
uyushma  birlashmalari,  ishchilar  birlashmalari  bilan  hamkorlik  qiladilar.  «Mehnat  va 
hayot»  –  bu  erda  ishchilar  yaa  xizmatchilar  korxona  Nizomiga  muvofiq  sug’urta  va 
mehnat  huquqi  doirasida  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosat  kurslarida  va  boshqa  kurslarda 
o’qishlari  mumkin.  Korxonalar  kengashi  a’zolari,  xodimlari  va  boshqa  funktsionerlar 
maxsus akademiyalarda malaka oshiradilar. 
Cherkovlar  ham  fuqarolar  bilim  darajalarini  oshirishda  faol  qatnashadilar.  Evangel 
cherkovi  o’zining  15  akademiyasida  dolzarb  mavzular  bo’yicha  konferentsiyalar  tashkil 
etadi.  Katoliklar  malaka  oshirishda  nikoh,  oila  masalalariga,  texnologiya  va  madaniyat 
sohalariga katta ahamiyat beradilar. 
Siyosiy  partiyalarga  yaqin  bo’lgan  fondlar  ham  malaka  oshirishni  asosiy 
vazifalaridan  biri  deb  biladilar.  Bunga  Kondrad  Adinauer  (XDS)  fondi,  Fridrix  Zbert 
(SDPG) fondi, Fridrix Nauman (SVDP) fondi, Gans Zaydel (XSS) fondi, «Rsshanbogay» 
(«Kamalak»,  «Yashillar»)  birlashgan  fondlari  kiradi.  Aholi  umumta’lim  darajasini 
oshirishda 1000 dan ortiq kurslar tagakil etgan sirtqi xususiy institutlar ham o’z hissasini 
qo’shib  kelmoqda.  1989  yilda  bu  kurslarda  qariyb  140000  kishi  ta’lim  oldi,  shulardan 
40000  kishi  yangi  federal  viloyatdandir.  Bu  erda  garbdagiga  o’xshab  malaka  oshirish 
bo’yicha ko’pqirrali muassasalar tashkil etilishi ko’zda tutilgan. 
Germaniya  Federativ  Respublikasida  tadqiqot  ishlari  3  turdagi  yo’nalishda  olib 
boriladi:  oliy  o’quv  yurtlarida,  davlat  va  xususiy  institutlarda,  ilmiy-tekshirish 
bo’linmalarida. 
Oliy  o’quv  yurtlarida  tadqiqot  bilan  shug’ullanish  ularning  qadimiy  an’analaridir. 
O’tgan asr boshlarida Vilgelm fon Gumboldt pruss universitetlarini isloh qildi, o’shandan 
beri «tadqiqot va o’qitish birligi» ularning hayotiy printsiplari bo’lib qoldi. Hozirgi kunda 
ham shunday oliy o’quv yurtlari uchraydiki, ularda olimlar mustaqil yoki bir guruh holda 
tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadilar. Ammo yuqori chiqim bilan bogliq tadqiqotlar, eng 
avvalo  tabiiy  fanlar  bo’yicha  o’tkaziladigan  tadqiqotlarni  yirik  jamoalarda  qimmatbaho 
tshnikani ishlatish orqali amalga oshirish mumkin. Ular juda katta mablag sarflashni talab 
etadiki, ba’zan bu summa milliardlarni tashkil ztadi. 
Oliy o’quv yurtlari tadqiqotlarning asosiy yo’nalishi – fundamental amaliy tadqiqot 
bo’lib,  ularga  boshqa  ilmiy-tekshirish  institutlari,  sanoat  laboratoriyalari  yaqindan 
yordam beradi. Bu ularning nazariy bilimlarini amalda tadbiq qilish imkoniyatini beradi. 
Dyusseldorf,  Rettingon,  Xaydelburg,  Maynts  va  Myunxendagi  oliy  o’quv  yurtlari  va 
Fanlar  Akadsmiyasi  mustahkam  aloqa  o’rnatganlar.  Ular  o’zaro  ilmiyaxborotlar  bilan 
almashib  turadilar,  ijtimoiy  fanlar,  masalan,  entsiklopediya  nashr  etish  kabi  uzoq 
muddatli  loyihalarni  qo’llab-quvvatlaydilar.  Oliy  o’quv  yurtidagi  tadqiqotlarni  Nemis 
Tadqiqotlari Jamiyatiiing yordamisiz tasavvur qilish mumkin emas. 
Yuqoridagi  ma’lumotlardan  ma’lum  bo’ldiki,  Germaniya  ta’limi  o’ziga  xos 
yo’nalishga,  juda  murakkab  tizimga  ega.  Germaniya  davlatida,  taraqqiy  etgan  davlatlar 
qatoridan o’rin olishda o’zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish