Hindistonda ta’lim tizimlari
Hindistonda maktabda 1-8 sinfgacha – boshlang’ich, 8-10-sinfgacha yuqori sinflar
va 11-12-sinfgacha bitiruvchi sinflar tahsil oladilar. Yuqori sinflar o’tilgan darslar
yuzasidan bir oyda bir marta imtihon topshiradilar. 10-12-sinf o’quvchilari o’quv yili
oxirida davlat imtihoni topshiradilar. 1-sinfdan 8-sinfgacha urdu, ingliz va frantsuz, 9-dan
10-sinfgacha urdu va ingliz tillari, 11-, 12-sinflarda esa faqat ingliz tili o’qitiladi. Bu
erda davlat tili ham ingliz tilidir. Shu sabab bu til mahalliy tillardan chuqurroq o’qitiladi.
Maktabda 35 ta sinf bo’lib, har bir sinfda 35-40 nafar o’quvchi tahsil oladi. Darslar
ertalab soat 7:00 dan kech soat 16:00 gacha davom etadi. O’quvchilar maktabda har kuni
shifokorlar tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tadilar.
Maktab shaxsiy, unda o’qish pulli. Ota-onalar farzandlarining tahsil olishlari
uchun oyiga 3000 rupiydan pul to’lashadi. Ahamiyatlisi, ma’muriyat kam ta’minlangan
oilalar farzandlarining ham shu maktabda o’qishi uchun imkoniyat yaratib bergan.
O’quvchilarning yigirma foizini kam ta’minlangan oilalarning o’g’il-qizlari tashkil etadi.
Ular maktab hisobidan o’qitiladi.
O’quvchilar maktabda 10-sinfgacha umumta’lim fanlarini o’qishadi. 11- 12-
sinflarda esa ma’lum bir yo’nalish asosida o’zlari xohlagan mutaxassislik bo’yicha tahsil
oladilar. Maktablarda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo’nalishlar asosida saboq beriladi.
234
Bitiruvchilarning aksariyati kollej va universitetlarda ma’lum bir soha bo’yicha o’qib,
bakalavr darajasiga ega bo’ladilar. Mamlakatda kadrlarning asosiy qismini bakalavrlar
tashkil etadi. Agar talaba bakalavriatda uch yil o’qigan bo’lsa, Ph.Dga kirish uchun
magistraturada o’qishi shart, biroq, bakalavriatda 4 yil o’qigan bo’lsa, Ph.Dda
magistraturani chetlab o’qishi mumkin.
Tizim sifatli darslik, kitob va o’quv qo’llanmalar bilan etarli darajada
ta’minlangan. Darslik kitoblar yaratish uchun eng yaxshi olimlar guruhi tuzilgan bo’lib,
ular faqat mana shu ish bilan mashg’ul bo’ladilar.
Bu erda bir o’quv yili 220 kun qilib belgilangan. Bir kunda o’quvchilarga besh
soat dars o’tiladi. Bir akademik yilda 1000 soat dars va 200 soat mustaqil o’qish
mo’ljallangan, bir akademik soat esa 45 minutlik belgilangan.
Bir o’quv yilida 5-6 ta fan o’qitiladi. Masalan, 7-sinfda matematika, sotsial (tarix,
geografiya, gumanitar), fizika, informatsion texnologiyalar, kimyo, til kabi fanlar
o’qitiladi. Bulardan beshtasi majburiy, qolganlarini esa o’quvchi xohishi bo’yicha
tanlaydi.
Dehlida “Dehli Education Akr” – “Dehli ta’lim qonuni” mavjud. Shahardagi
ta’lim muassasalari ana shu qonun asosida faoliyat yurgizadi
. Mamlakat bo’yicha esa “Central Board of” – “O’rta ta’lim markaziy qo’mitasi”
chiqargan yagona qonun amalda qo’llaniladi. Javoharla’l neru nomidagi universitet 1969
yil Dehlida tashkil etilgan. U erda 3ta fakultet va to’rtta ixtisoslashgan markaz bor. Bu
fakultetlarda 5000 nafar talaba ta’lim olmoqda. Xorojiy davlatlardan kelib taxsil
olayotgan talabalar soni o’n foizni tashkil etadi. Universitetda masofaviy ta’lim yaxshi
yo’lga qo’yilgan. Talabalar gumanitar yo’nalishlarda uch yil, tabiiy va muhandislik
yo’nalishlarida esa to’rt yil tahsil oladilar. Aspirantura ikki yil, ilmiy daraja magistr va
Ph.D, ilmiy unvoni esa assistent-professor deb yuritiladi.
Universitetga qabul yiliga ikki marta – iyun va dekabr oylarida amalga oshiriladi.
O’qishga to’lov mahalliy aholi uchun yiliga o’rtacha 500 AQSh dollarini tashkil etadi.
Tahsil olayotgan talabalarning 8 foizini 12-sinfni bitirgan yoshlar, qolgan 92 foizini esa
maktabni bitirgach, bir-ikki yil turli jabhalarda mehnat qilgan yigit-qizlar tashkil etadi.
Bu erga o’qishga kirish uchun har bir yigit-qiz 10 yil umumiy ta’lim, ikki yil
kasbga yo’naltirilgan maktabda o’qishi hamda uch yil kellejda o’qib, uni bitirgan
bo’lishlari shart qilib belgilangan.
Kutubxonalar elektron kataloglashtirilgan. Bu bilan talabalarga xizmat ko’rsatish
tezligi va samaradorligi oshishiga erishilgan. Hindiston va boshqa davlatlardagi 900 ta
kutubxonalar o’zaro kompyuter tarmog’iga ulangan bo’lib, talabalar va professor-
o’qituvchilar har qanday ilmiy jurnal yoki kitobni buyurtma berib, qisqa fursatda
olishlari, Online usulida bog’lanib, masofadan o’qishlari mumkin. Ziyo maskani milliy
kutubxonalar tarmog’iga a’zoligi boiz talaba va o’quvchilar dunyoning nufuzli boy
kutubxonalari bilan bog’lanish, kitoblaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu xizmatlar
ichida eng ahamiyatlisi shundaki kutubxonadan ko’zi ojizlar uchun maxsus jihozlangan
o’quv xonasi ajratilgan. Nogiron o’quvchilar bu erdagi ma’lumot va manbalar bilan
maxsus eshitish apparatlari bilan tanishadilar.
Universitet zamonaviy o’qitish texnika vositalar bilan jixozlangan. 24 soat
uzluksiz teleko’rsatuv va radio eshittirishlarini efirga uzatuvchi ikkita zamonaviy
televizion studiya va markaz bor. Shu bilan birga universitetning sun’iy yo’ldosh orqali
ko’rsatuv va eshittirishlarini uzatish markazi, video va kompakt disklarni ko’paytirish
hamda nusxa ko’paytirish markazi ham faoliyat yuritmoqda. Talabalar tomonidan tez-tez
235
teleuchrashuvlar, teleshoular, qiziqarli ko’rsatuvlar o’tkazilib turiladi. Darslar, aksariyat
mashg’ulotlar kompyuter texnikasi orqali amalga oshiriladi.
Mamlakat ta’lim tizimida erishilayotgan bu xil yutuqlar tufayli ilm maskanlaridan
ko’plab malakali va bilimli kadrlar etishib chiqayotir. Birgina kompter texnologiyasi
sohasini olaylik. Xindiston har yili AQShga 15-18 mlrd. dollar miqdoridagi kompyuter
dasturini eksport qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |