238
Ta’lim siyosatini ana shu tariqa o’zlashtirishlarini Shimoliy Amerika o’quv
markazlari asosida ta’limni zamonaviylashtirish deb baholash mumkin edi. Mazkur
o’zlashtirishlar pedagogik jihatdan muayyan amaliy maqsadlarni ko’zlashga da’vat etdi.
Yosh avlodni o’qitish sohasidagi mazkur o’zgarishlar ko’pchilikni ishonchini oqlamadi
va umidini puchga chiqardi. Tub ijtimoiy iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirmay,
ta’lim sohasida ham muvaffaqiyatlarga erishib bo’lmasligi to’g’risidagi fikrlarni
isbotladi.
60-70 yillarda ta’lim sohasini rejalashtirish asta-sekin yo’lga qo’yildi, o’quv
yurtlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibga solindi. Maktab ishlarini markazlashtirish
kuchaydi va bu hol o’quv dasturlarini tuzish, kadrlardan foydalanish, maktab binolarini
kurish kabi ishlarni muvofiqlashtirish imkonini berdi.
Mintaqadagi (Barbasdan boshqa) hamma mamlakatlarda bolalarni majburiy
ravishda 14 yoshgacha (Peruda 16 yoshgacha) o’qitish joriy etildi. Boshlang’ich
maktabdagi, ayrim mamlakatlarda, hatto o’rta maktabdagi o’qish ham bepul qilindi.
Lekin bu qoida faqat davlat sektoriga qarashli maktablarga taalluqli edi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ba’zilarida maktablarning azaliy tizimini
o’zgartirish bo’yicha ham islohotlar o’tkazildi. Boshlang’ich maktablarni va o’rta
maktablarning dastlabki bosqichlarini birlashtirgan maktab ta’limi bazaviy turkumi
tuzildi. Chunki boshlang’ich maktabga asoslanib kelgan kasbkorlik maktablarining
umumta’limiy saviyasini oshirish zarur edi. Dastlab 1965 yilda Chilida 8 yilga
mo’ljallangan bazaviy turkum tashkil topgan bo’lib, 70-yillarda Boliviya va Braziliyada
ham 8 yillik. Peru, Salvador va Venesuelada 9 yillik Argentinada 6 yillik, Yamayka va
Kolumbiyada 5 yillik ana shunday turkumlar joriy etildi. Peru, Panama va boshqa qator
mamlakatlarda majburiy ta’lim faqat boshlang’ich maktablarga emas, balki butun
bazaviy turkumga ham tatbiq qilindi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarining ayrimlaridagi o’quv dasturlarining tor
ixtisoslashuvi va muayyan amaliy yo’nalishiga ega bo’lishi yoshlarning umumta’limiy
tayyorgarligi uchun zararli bo’lib, tayyorgarlik darajasi pasayishiga olibkeldi. Braziliya,
Kolumbiya, Venesueladagi maktablar ixtisoslashtirilganining oqibati ana shu fikrni
yaqqol isbotlaydi. Mazkur islohot aholini ish bilan ta’minlashning, davlat korxonalari
uchun kadrlar tayyorlashning ba’zi muhim milliy muammosini va boshqa ba’zi
masalalarini hal etish imkonini bergan bo’lsada, qator salbiy natijalarga olib kelishi ham
muqarrardir. Chunki ushbu ixtisoslashtirish bir tomonlama xarakterga ega bo’lib, maktab
tizimining amerikachalashuviga, uning insonparvarligi buzilishiga sabab bo’ladi.
Mintaqadagi mazkur o’zgartirishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ajnabiy manopoliyalar
va mahalliy katta kompaniyalar korxonalarini erlik mehnat resurslari hisobidan malakali
kadrlar bilan ta’minlash edi. Shunga ko’ra ta’limning isloh qilish dasturining bir
tomonlama xarakteri tez orada yaqqol ayon bo’ldi.
Shunga qaramay, mintaqada ta’limni isloh qilish, shu jumladan, o’rta maktablarni
ixtisoslashtirish milliy iqtisodiyotni kadrlar bilan ta’minlashda ma’lum darajada yordam
berdi. Shuning uchun ham davlat boshlang’ich maktablar bilan bir qatorda o’rta va oliy
o’quv yurtlarini ham mablag’ bilan ta’minlashni kuchaytirib bordi. Mintaqada xususiy
o’quv yurtlari tarmog’i ham kengaydi. Ta’limning hamma bosqichlaridagi o’quvchilar
kontingenti, ya’ni soni ancha ortdi. Lotin Amerikasi mintaqasi 1975 yilda bolalarni
boshlang’ich ta’limga jalb etish bo’yicha dunyoda birinchi o’ringa chiqdi va qolgan
hamma ko’rsatkichlar bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlardan ancha ilgarilab ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: