Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»


Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

Xitoy va Lotin Amerikasi mamlakatlarida  
ta’lim tizimlari 
Xitoy  ta’lim  tizimining  tarixi  juda  uzoqdir,  uning  ildizi  qadimiy  davrlarga  borib 
taqaladi.  Xitoyda  dastlabki  maktablar  eramizdan  ancha    ilgari  vujudga  kelgan.  Qadimgi 
Xitoy  faylasufi  va  pedagogi  (eramizdan  oldingi  V-IV  asrlarda  yashagan)  Kun  Tszi 
(Konfutsiy)  qator  ilg’or  pedagogik  g’oyalarni  olg’a  surgan  va  xususiy  o’qitishga  asos 
solgan. 
XXR tashkil topguncha boshlang’ich maktab 1946 yilda rivojlanishning eng yuqori 
darajasiga  etgan.  O’sha  paytda  Xitoyda  290  mingdan  ortiq  maktablar  mavjud  bo’lib, 
ularda  23  million  nafardan  ziyod  o’quvchilar  ta’lim  olgan.  1946  yilda  boshlang’ich 
ta’limga  bolalarning  taxminan  20  foizi  jalb  qilingan.  Shu  bilan  birga  katta  yoshli 
aholining 90 foizidan ko’prog’i savodsiz edi. 
1949 yilda xalq inqilobi g’alaba qozonganidan keyin Xitoyda savodsizlikni tugatish 
va  maktab  ta’limini  keng  tus  oldirish  bo’yicha  juda  katta  miqyosdagi  ishlar  amalga 
oshirildi. Xalq ta’limini isloh qilish to’g’risidagi (1951 yilgi) qarorda bolalar va o’smirlar 
uchun ham, kattalar uchun ham boshlang’ich hamda o’rta maktablarning keng tarmog’ini 
yaratish ko’zda tutilgan edi. Islohotga muvofiq o’qish muddati boshlang’ich maktabda 5 
yil va o’rta maktabda 6 (3-3) yil qilib belgilandi. Lekin keyinchalik boshlang’ich maktab 
ham 6 yillik bo’ldi. 
XXR  tashkil  topgan  dastlabki  yillarda  mamlakatdagi  maktablar  tizimi  ijtimoiy 
iqtisodiy rivojlanish rejalariga  muvofiq jiddiy takomillashtirildi. Ammo 1958 yilda Mao 
Tsze – dun va uning guruhi “katta sakrash” yo’li bilan barcha sohalardagi, shu jumladan, 
ta’lim  borasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  sur’atini  sun’iy  ravishda  tezlashtirishga 
qaror  qildi.  Shundan  so’ng  moddiy  sharoitlar  hisobga  olinmay,  ta’limning  sur’atlarini 
jadallashtirish boshlandi,  bu harakat ta’lim va tarbiyaning sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. 


237 
 
Yangi  tashkil  qilingan  minglarcha  boshlang’ich  maktablar  tegishli  binolarga,  darsliklar 
va  o’quv qo’llanmalariga, zarur asbob anjomlar va yaxshi tayyorlangan o’qituvchilarga 
ega emasdi. Maktab ta’limining inqirozi 1966 yilda nihoyatda kuchaydi. 
Mamlakatda  uzoq  vaqt  davom  etgan  1966  –  1976  yillardagi  “madaniy  inqilob” 
davrida Xitoy xalqining aqliy imkoniyatlarini ham zaiflashtirdi. Shunga ko’ra mamlakat 
rahbariyati  ta’lim  tizimini  qayta  tiklash  va  yanada  takomillashtirish  tadbirlarini 
qo’llashga kirishdi. 
XKP  MKning  1985  yil  27  mayda  qabul  qilingan  “Ta’lim  tizimini  isloh  qilish 
to’g’risida”gi  qarori  hozirgi  bosqichda  ta’limini  rivojlantirishning  muhim  omili  bo’ldi. 
Unda  ta’lim  tizimining  barcha  bo’g’inlarini  qayta  qurish  va  takomilllashtirish  tadbirlari 
belgilandi.  1986  yil  12  aprelda  Umumxitoy  xalq  vakillari  majlisining  sessiyasida  Xitoy 
Xalq Respublikasining “Majburiy ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi va bu Qonun 
1986 yil 1 iyuldan kuchga kirdi. 
Mana shu Qonunga muvofiq majburiy ta’limning muddati boshlang’ich va to’liqsiz 
o’rta maktabda 9 yil, to’liq o’rta maktabda 3 yil qilib belgilandi. 
Hozir  Xitoyda  boshlang’ich  maktablarning  ikki  turi  mavjud  bo’lib  birinchi  turida 
o’qish muddati 5 yil va ikkinchi turida 6 yil. Boshlang’ich va o’rta maktablardagi ta’lim 
hamma  tushunadigan  putun  xua  tilida  olib  boriladiki,  u  xitoy  tilining  pekin  shevasiga 
asoslangan. 
Xitoydagi  balalarning  bir  qismi  boshlang’ich  maktabga  kirishdan  oldin  bolalar 
bog’chalarida tayyorlanadi. 
Xitoyda  so’nggi  20  yil  mobaynida  har  qaysi  oila  bittadan  bolaga  ega  bo’lishi 
siyosati yurgizilishi sababli o’quvchilarning soni ancha kamaydi. 
Boshlang’ich  maktab  o’quv  rejasiga  9  ta  predmet:  axloqiy  tarbiya,  ona  tili, 
arifmetika,  “Jamiyat”  (tarix,  geografiya),  tabiatshunoslik,  jismoniy  tarbiya,  ashula  va 
musiqa,  badiy  tarbiya,  mehnat  ta’limi  kiritilgan.  Mana  shu  asosiy  o’quv  predmetlaridan 
tashqari,  haftada  6-8  soat  faoliyatning  har  xil  turlariga:  mustaqil  tayyorlanishga,  (1-2 
soat),  sinf  majlislari    o’tkazishga  (1  soat),  sport  o’yinlariga  (2-3  soat),  qiziqishlar 
bo’yicha mashg’ulotlarga (2 soat) ajratiladi. 
Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  1961  yilda  AQSh  taklif  etgan  iqtisodiy  yordam 
dasturini,  ya’ni  “Taraqqiyot  yo’lidagi  ittifoqi”  dasturini  qabul  qilishga  majbur  bo’ldi. 
Unda xalq ta’limini rivojlantirishning o’n yillik rejasi ham ifodalangan, umuman, mazkur 
dasturda maktablar tarmog’ini kengaytirish, o’quv maskanlarini bartaraf etishning, butun 
jamiyatni  zamonaviylashtirishning  asosiy  omili  ekani  qayd  etilgan,  ammo  dasturda 
asosan xorijiy mustamlakachilar  va  mahalliy  zodagonlarning  maqsad hamda  manfaatlari 
nazarda  tutilgan  bo’lib,  ularning  niyati  avvalo  xodimlarni  etishtirish  va  taraqqiyparvar 
jamoatchilikning diqqat e’tiborini dolzarb siyosiy muammolardan chalg’itish edi. 
60-70  yillarda  Lotin  Amerikasidagi  barcha  mamlakatlarda  maorif  organlarining 
faoliyati  keskin  kuchaydi.  Hukumat  maktab  va  universitetlar  ishiga,  ularni  moliyaviy 
ta’minlashga  jiddiy  e’tibor  berdi.  Amerika  davlatlararo  organlari  va  BMT 
tashkilotlarining,  avvalo  YuNESKOning  harakatlari  tufayli  o’qituvchilar  tayyorlash, 
shuningdek, maktab xodimlariga yangicha o’qitish usullarini o’rgatish keng tus oldi. 60-
yillar  oxiridan  ko’pgina  Lotin  Amerikasi  mamlakatlarida  maktab  va  universitet  ta’limi 
tizimi  isloh  qilina  boshlandi.  Islohotning  asosiy  g’oyasi  o’quv  maskanlarini  ma’rifiy 
mazmundagi yoki mahalliy maqsadlarni ko’zlangan vazifalarni bajarishga, fan texnikani 
takomillashtirish negizida iqtisodiyotni jadal rivojlantirish vazifalarini amalga oshirishga 
yo’naltirishdan iborat edi. 


238 
 
Ta’lim  siyosatini  ana  shu  tariqa  o’zlashtirishlarini  Shimoliy  Amerika  o’quv 
markazlari  asosida  ta’limni  zamonaviylashtirish  deb  baholash  mumkin  edi.  Mazkur 
o’zlashtirishlar pedagogik jihatdan  muayyan amaliy  maqsadlarni ko’zlashga da’vat etdi. 
Yosh  avlodni  o’qitish  sohasidagi  mazkur  o’zgarishlar  ko’pchilikni  ishonchini  oqlamadi 
va  umidini  puchga  chiqardi.  Tub  ijtimoiy  iqtisodiy  o’zgarishlarni  amalga  oshirmay, 
ta’lim  sohasida  ham  muvaffaqiyatlarga  erishib  bo’lmasligi  to’g’risidagi  fikrlarni 
isbotladi. 
60-70  yillarda  ta’lim  sohasini  rejalashtirish  asta-sekin  yo’lga  qo’yildi,  o’quv 
yurtlarini  mablag’  bilan  ta’minlash  tartibga  solindi.  Maktab  ishlarini  markazlashtirish 
kuchaydi va bu hol o’quv dasturlarini tuzish,  kadrlardan foydalanish, maktab binolarini 
kurish kabi ishlarni muvofiqlashtirish imkonini berdi. 
Mintaqadagi  (Barbasdan  boshqa)  hamma  mamlakatlarda  bolalarni  majburiy 
ravishda  14  yoshgacha  (Peruda  16  yoshgacha)  o’qitish  joriy  etildi.  Boshlang’ich 
maktabdagi,  ayrim  mamlakatlarda,  hatto  o’rta  maktabdagi  o’qish  ham  bepul  qilindi. 
Lekin bu qoida faqat davlat sektoriga qarashli maktablarga taalluqli edi. 
Lotin  Amerikasi  mamlakatlarining  ba’zilarida  maktablarning  azaliy  tizimini 
o’zgartirish  bo’yicha  ham  islohotlar  o’tkazildi.  Boshlang’ich  maktablarni  va  o’rta 
maktablarning  dastlabki  bosqichlarini  birlashtirgan  maktab  ta’limi  bazaviy  turkumi 
tuzildi.  Chunki  boshlang’ich  maktabga  asoslanib  kelgan  kasbkorlik  maktablarining 
umumta’limiy  saviyasini  oshirish  zarur  edi.  Dastlab  1965  yilda  Chilida  8  yilga 
mo’ljallangan bazaviy turkum tashkil topgan bo’lib, 70-yillarda Boliviya va Braziliyada 
ham  8  yillik.  Peru,  Salvador  va  Venesuelada  9  yillik  Argentinada  6  yillik,  Yamayka  va 
Kolumbiyada 5 yillik ana shunday turkumlar  joriy etildi. Peru, Panama  va  boshqa qator 
mamlakatlarda  majburiy  ta’lim  faqat  boshlang’ich  maktablarga  emas,  balki  butun 
bazaviy turkumga ham tatbiq qilindi. 
Lotin  Amerikasi  mamlakatlarining  ayrimlaridagi  o’quv  dasturlarining  tor 
ixtisoslashuvi  va  muayyan  amaliy  yo’nalishiga  ega  bo’lishi  yoshlarning  umumta’limiy 
tayyorgarligi uchun zararli bo’lib, tayyorgarlik darajasi pasayishiga olibkeldi. Braziliya, 
Kolumbiya,  Venesueladagi  maktablar  ixtisoslashtirilganining  oqibati  ana  shu    fikrni 
yaqqol  isbotlaydi.  Mazkur  islohot  aholini  ish  bilan  ta’minlashning,  davlat  korxonalari 
uchun  kadrlar  tayyorlashning  ba’zi  muhim  milliy  muammosini  va  boshqa  ba’zi 
masalalarini hal etish imkonini bergan bo’lsada, qator salbiy natijalarga olib kelishi ham 
muqarrardir. Chunki ushbu ixtisoslashtirish bir tomonlama xarakterga ega bo’lib, maktab 
tizimining  amerikachalashuviga,  uning  insonparvarligi  buzilishiga  sabab  bo’ladi. 
Mintaqadagi mazkur o’zgartirishlardan ko’zlangan asosiy maqsad  ajnabiy manopoliyalar 
va mahalliy katta  kompaniyalar korxonalarini erlik mehnat  resurslari hisobidan malakali 
kadrlar  bilan  ta’minlash  edi.  Shunga  ko’ra  ta’limning  isloh  qilish  dasturining  bir 
tomonlama xarakteri tez orada yaqqol ayon bo’ldi. 
Shunga qaramay, mintaqada ta’limni isloh qilish, shu jumladan,  o’rta maktablarni 
ixtisoslashtirish milliy iqtisodiyotni kadrlar bilan  ta’minlashda ma’lum darajada yordam 
berdi. Shuning uchun ham davlat boshlang’ich  maktablar bilan bir qatorda o’rta va oliy 
o’quv  yurtlarini  ham  mablag’  bilan  ta’minlashni  kuchaytirib  bordi.  Mintaqada  xususiy 
o’quv  yurtlari  tarmog’i  ham  kengaydi.  Ta’limning  hamma  bosqichlaridagi  o’quvchilar 
kontingenti,  ya’ni  soni  ancha  ortdi.  Lotin  Amerikasi  mintaqasi  1975  yilda    bolalarni 
boshlang’ich  ta’limga  jalb  etish  bo’yicha  dunyoda  birinchi  o’ringa  chiqdi  va  qolgan 
hamma ko’rsatkichlar  bo’yicha rivojlanayotgan  mamlakatlardan ancha ilgarilab ketdi.             

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish