2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

Urug„ pishish davrlari. 
Don hosil bo„lishi yoki uning pishish davrlarini 
N.N. Kuleshov quyidagicha: donning shakllanish, to„lishish va pishish davrlariga 
bo„ladi. Urug„ rivojlanishining ma‟lum davrlari urug„dagi namning miqdoriga 
qarab aniqlanadi. Urug„ning namligi barcha mintaqalarda bir xil bo„lib, hamma 
sharoitda urug„ga pastki moddalarni oqib kelishi uni mum pishish davrini 
boshlanishida to„xtaydi. Shu sababli N.N. Kuleshov birinchi bo„lib «hamir» 
pishish davrini ajratadi. Don hosil bo„lish jarayonini qo„shimcha izlanishlarga 
asoslanib (Korenev, 1967) quyidagi davrlarga bo„ladi:
1. Urug„ning shakllanishi - urug„ xujayra otalangandan so„ng sut pishish 
davrigacha davom etadi. Gullashdan ikki-uch kun o„tgandan keyin 80% namga ega 
bo„lgan urug„ning asosi paydo bo„ladi. Gullashdan 6-7 kun o„tgandan so„ng undagi 
quruq modda massasi sekinlik bilan osha boshlaydi va oxiri don to„la uzunlikka 
ega bo„ladi. Lekin, u namga hali to„lishmagan bo„ladi, oxiri urug„ 65% ega bo„lib 
don shakllanadi.
2. Donning нetilish davri. Bu davrda quruq modda ko„payadi, donning eni 
va qalinligi oshadi. Bu davrda urug„da 40% namlik bo„ladi. Bu muddat sut va 
hamir pishish davrlariga to„g„ri keladi.


61 
3. Urug„ning pishish davri. Mum pishish davridan boshlanib to„la pishish 
davrigacha yetadi. Bu davr quyidagi qisqa davrlarga bo„linadi: mum pishish 
davrining boshlanishi, o„rtasi va tugashi. To„la pishish davri ikkiga-to„la pishish 
davrining boshlanishi va to„la pishish davriga bo„linadi. Bu davrning boshlarida 
urug„da namlik 18-20%, oxirida 17% bo„ladi.
Urug„ni pishish davrida unga plastik moddalarning o„tish muddati va 
intensivligi ob-havo sharoitiga bog„liq bo„ladi. Issiq va quruq havoda tuproqda 
nam yetishmagan vaqtda urug„ning yetilish davri qisqaradi va yirik urug„ 
shakllanishiga, hosilning kamayishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Bu davrda ob-
havoning keskin yomonlashishi urug„da quruq moddalar hosil bo„lishiga imkon 
bermagani bois, hosil pasayadi va urug„ sifati yomonlashadi. Ob-havo yaxshi 
bo„lib nam yetarli bo„lganda urug„ning yetilish va pishish davri uzayadi, urug„ 
yirik xolda hosil oshadi.
Urug„ning unib chiqishi uchun ma‟lum sharoit, ya‟ni nam, harorat, havo, 
yorug„lik yetarli bo„lishi kerak. Urug„ning unib chiqishi murakkab biologik 
jarayon qisoblanib, urug„dagi erigan zaxira oziq moddalar murtakka o„tgandan 
so„ng u poyacha hosil qiladi. Murtak poyacha hosil qilish davrida nafaqat 
urug„dagi zaxira moddalardan, balki tuproqdagi oziq moddalar va namlikdan 
foydalanadi.
Urug„ning unib chiqishida uning uzoq muddat unuvchanligini yo„qotmasligi 
katta ahamiyatga ega. Urug„lar biologik va xo„jalik jihatidan yashovchanlikka ega. 
Biologik yashovchanligi uzoq muddat unuvchanligini yo„qotmaslik xususiyatidir. 
Xo„jalik yashovchanligi esa uni saqlash davrida konditsiyali unib chiqish darajasini 
optimal sharoitda yo„qotmasligidir. Urug„larning hayotchanligi o„simlikni botanik 
turiga, yetishtirish va urug„ni saqlash
 
sharoitiga bog„liq bo„ladi.
Urug„ning unib chiqishi uchun ma‟lum miqdorda nam talab qilinadi. 
O„simliklar turiga qarab namga talabchanligi har xil bo„ladi. Eng ko„p nam talab 
qiladigan o„simliklarga qand lavlagi urug„i (quruq urug„ og„irligiga nisbatan 
168%), zig„ir (160%), no„xat urug„i (104%) kiradi. Donli o„simliklarning urug„i 
22-44% dan 50-60% gacha nam olishi kerak.


62 
Urug„ning nam olish tezligi haroratga bog„liq. Harorat yuqori bo„lganda bu 
jarayon tez o„tadi va urug„ning unib chiqish muddati tezlashadi. Har bir o„simlik 
o„zining biologik xususiyatiga ko„ra minimal, optimal va maksimal haroratga ega.
Minimal harorat-eng past harorat bo„lib, bunda javdar, no„xat, beda uchun 1 
o
C, bug„doy, arpa uchun 3-4
o
C, makkajo„xori, kungaboqar, jo„xori uchun 8-10 
o

hisoblanadi.
Optimal harorat eng muvofiq harorat bo„lib, bunda urug„larning unib 
chiqishi tezlashadi. Bu harorat ko„pchilik dala ekinlari uchun 25-30 
o
C hisoblanadi.
Maksimal harorat-eng yuqori harorat hisoblanib, bunda urug„larning unib 
chiqishi davom etadi. Lekin, harorat oshgan sari urug„ning unib chiqish jarayoni 
to„xtaydi, masalan, makkajo„xori 44 
o
C , bug„doy 32 
o
C, qand lavlagi 28 – 30 
o
C. 
Laboratoriya sharoitida urug„larning unib chiqish qobiliyati ekilgan urug„larning 
soniga nisbatan to„la maysa byergan urug„lar soniga aytilsa, dala sharoitida 
urug„larning unib chiqish darajasi deb, unib chiqish qobiliyatiga ega bo„lgan urug„-
larning maysa byergan soniga aytiladi. Bu ko„rsatkich ekinlardan yuqori hosil 
olishda katta ahamiyatga ega, chunki o„simlik qalin ekilganda ham siyrak 
ekilganda ham uning hosildorligi past bo„ladi.
Dala sharoitida o„simliklarning unib chiqish darajasi laboratoriya sharoitiga 
nisbatan ancha past bo„ladi. Donli o„simliklarda 65-85%, qand lavlagida 50%, ko„p 
yillik yem-xashak o„tlarda 30-49% ga teng bo„ladi. Bu ko„rsatkich-urug„ning 
sifatiga, ekish davridagi tuproq haroratiga, namligiga, urug„ni ekish chuqurligiga 
va agrotexnikaga bog„liq.
Laboratoriya sharoitida urug„ning unuvchanligi va maysalarning unish kuchi 
yuqori bo„ladi. Bunday urug„lar yirik va og„ir
bo„lib tez va to„la maysa berishga 
imkon beradi.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish