2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Uchinchi guruh - dukkakli don ekinlar



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

3. Uchinchi guruh - dukkakli don ekinlar. 
Bu guruh vakillari 
Fabaseae 
oilasiga mansub: no„xat, ko„k no„xat, loviya, yasmiq, burchoq, mosh, soya kabi 
ekinlardir. Bu ekinlarning hammasi o„q ildizli, barglari murakkab, mevasi dukkak 
bo„ladi. Urug„ida oqsil modda ko„p bo„ladi. Biologik jihatdan dukkakli ekinlar 
xilma-xil bo„ladi.
 
Don ekinlarining tuzilishi, o„sishi va rivojlanishi 
 
Donli ekinlarning morfologiyasi
. Don ekinlari bir qancha umumiy 
morfologik belgilar bilan farq qiladi.
Ildiz. 
Don ekinlarining ildizi popuk ildiz bo„lib, boshlang„ich va qo„shimcha 
(ikkilamchi) ildizlardan iborat. Boshlang„ich yoki murtak ildizlari murtakdan 
rivojlanadi. Bu ildizchalarning soni birinchi guruhga kiradigan don ekinlarida bir 
nechta bo„ladi: bug„doyda 3-5, arpada 5-8, sulida 3, javdarda 4 ta. Ikkinchi 
guruhga kiradigan ekinlarda (makkajo„xori, jo„xori, sholi, tariq) bittadan 
boshlang„ich ildizi rivojlanadi.
Qo„shimcha (ikkilamchi) ildizlar poyaning yer osti bo„g„inidan tuplanish 
davrida o„sib chiqadi. Bu ildizlar ancha rivojlanib asosiy ildiz bo„ladi. Birlamchi 
ildizlar nobud bo„lib ketmaydi va o„simliklarning hayotida muhim o„rinni 
egallaydi.
Baland bo„yli don ekinlarida (makkajo„xori, jo„xori) poyaning yer ustidagi 
bo„g„inlaridan havo (tayanch) ildizlari o„sib chiqadi. Bu ildizlar o„simlikni tik 
o„sishiga va yotib qolmasligiga yordam beradi.
Umuman donli ekinlarning ildizi tuproqda 1-2 metrgacha kirib boradi va 
tevarak atrofga 70-150 sm. gacha taraladi. Ammo, ildizning asosiy qismi 
tuproqning haydalma qatlamida joylashadi.
Poya. 
Don ekinlarining poyasi somon poya bo„lib, ichi kavak yoki g„ovak, 
o„zak bilan to„lgan bo„ladi. Poya bo„g„inlar bilan bo„g„in oraliqlariga bo„lingan. 
Past bo„yli o„simliklarda 5-7 ta bug„in bo„ladi. Makkajo„xori bilan jo„xorida 10 


73 
tadan 25 tagacha bo„ladi. Pastdan yuqoriga qarab bo„g„in oraliqlari uzayadi. Poya 
shoxlaydi. Yon shoxlari yer osti bug„inidan yoki yer ustidagi bug„inlardan 
rivojlanadi. Poyaning o„rta qismi yo„g„on bo„ladi, yunori qismi ingichka bo„ladi.
Barg. 
Don ekinlarining bargi oddiy bo„lib, barg shapalog„i, qin, tilcha va 
quloqchalardan iborat. Barg poya bo„g„inidan o„sib chiqib poyani qattiq o„rab uni 
baquvvat qilib tik ushlab turadi. Barg qinining barg shapalog„iga aylanadigan 
joyida tilcha va quloqchalar bo„ladi. Tilcha yog„in suvlarini barg qini va poya 
orasiga o„tkazmaydi. Tilcha poyaga o„ralib bargni mustahkam joylashishiga 
yordam beradi.
Tilcha va quloqchalarga qarab don o„simliklarini o„suv davrida farq qilishi 
mumkin. Har bir poya bo„g„inidan bitta barg rivojlanadi. Barg soni-bu nav 
belgisidir.
Gul. 
Don ekinlarining gullari gul to„plamlarda joylashgan bo„ladi. Don 
ekinlarida uch xil gul to„plam bo„ladi: 
1. Boshoq - bug„doy, arpa, javdar, tritikale.
2. Ro„vak - suli, jo„xori, sholi, tariq, makkajo„xori.
3. So„ta - makkajo„xorining onalik gulto„plami. Makkajo„xori bir uyli ayrim 
jinsli o„simlikdir. Onalik gullari so„taga to„plangan, otalik gullari ro„vakka 
to„plangan.
Don ekinlarining guli ikki jinsli (makkajo„xoridan boshqasi) bo„lib har 
gulida ikkita gul qobiq, tuguncha va ikkita patsimon tumshuqcha va uchta 
changdon bo„ladi. Gulning pastki qismida ikkita yupqa pardacha bo„ladi. Bu 
pardacha gullash davrida shishib gul qobiqlarining ochilishiga yordam beradi.
Boshoq - boshoq o„zagi va boshoqchalardan iborat. Boshoq o„zagining har 
bo„g„inida 1-3 gacha boshoqcha joylashadi. Boshoqcha qobiqlari qayiqsimon yoki 
ingichka uzunchoq shaklda bo„ladi. Har boshoqchada 5 tagacha gul bo„ladi: arpada 
1 ta, javdarda 2 ta, bug„doyda 2-5 tagacha. Boshoqning avval o„rta qismi gullaydi, 
ro„vak uchki qismidan gullay boshlaydi.
Meva. 
Don ekinlarining mevasi don. Don qobiqli va qobiqsiz bo„ladi. Qobiqli 
don qobiqlar bilan o„ralgan bo„ladi. Don chuzinchoq shaklda (bug„doy, arpa, suli, 


74 
javdar, sholi), yumaloq (tariq, jo„xori), noto„g„ri shaklda (makkajo„xori) bo„ladi.
Donning usti tuklar bilan qoplangan (suli) yoki tuk faqat donning uchki 
qismida bo„ladi (bug„doy, javdar). Donning rangi har xil bo„ladi: oq, sariq, qizil, 
qora va boshqa tusda ham bo„lishi mumkin. Don qobiq, endosperm va murtakdan 
iborat. Qobiqning tashqi qavati meva va ichki qavati urug„ qobig„i bo„ladi murtak 
donning pastki qismida birmuncha qiyaroq joylashgan. Murtakda boshlang„ich 
kurtak, barg va ildiz bor. Endospermning tashqi qavatida aleyron qavati bo„lib, 
bunda oqsil ko„p bo„ladi, lekin oqsilli moddalar (kleykovina) kam bo„ladi. 
Endosperm donning ichki qismini tashkil etadi va don tortilganda un bo„ladi.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish