58
bo„lishiga aytiladi. I.G. Strona (1967) urug„larning turli xil sifat belgilarga ega
bo„lishini uch xil ekologik, onalik va genetik sabablarga bo„ladi:
1. Urug„larni turli xil sifat belgilariga ega bo„lishida ekologik sharoitning
ta‟siri beqiyos bo„ladi. O„simlik va urug„larning rivojlanish
davrida ekologik
sharoit ta‟sirida har xil urug„lar paydo bo„ladi. Urug„larning bu sababga ko„ra, har
xil bo„lishi ta‟sir qilmaydi, lekin ma‟lum bir biologik xususiyatlarning
rivojlanishiga ta‟sir ko„rsatadi.
Madaniy o„simliklarning o„sishi va rivojlanishi tashqi muhitning har xil
sharoitida o„tadi. Rivojlanayotgan urug„ barglar orqali
fotosintez maxsuli bilan
ildiz sistemasi orqali oziq moddalar bilan ta‟minlanadi. Ba‟zi omillar urug„ga
ijobiy, ba‟zilari esa salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Urug„ning sifatiga ta‟sir
qiladigan asosiy omillardan biri havo harorati hisoblanadi.
E.G. Kizilova ma‟lumotlariga qaraganda, makkajo„xori gullash va urug„ning
shakllanish davrida 20-22
o
C ga nisbatan 12-14
o
C urug„larni urug„lik sifati va unib
chiqish quvvati 3-4% ga pasaytirganligini ko„rsatadi.
Bundan tashqari o„simliklarni o„sish sharoitiga qarab urug„larning kimyoviy
tarkibi va fermentlarning faolligi ham o„zgaradi. Ob-havo sharoiti o„zgarishi bilan
urug„lardagi zahira oziq moddalar miqdori ham o„zgaradi. Ayniqsa, urug„
shakllanish davrida fasl haroratining oshishi va namlik yetarli bo„lishi urug„da
oqsil moddasining to„planishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Demak, o„simliklarning
o„sish va rivojlanishi, ayniqsa, urug„ tugish va shakllanish davridagi ekologik
sharoiti urug„ sifatiga kuchli ta‟sir ko„rsatadi.
2. Urug„larning har xil bo„lishining ikkinchi sababi, onalik o„simlikning
rivojlanishida namoyon bo„ladi. Onalik o„simlikda urug„larning
har xil joylanishi
va rivojlanishi, urug„larning har xil oziqlanish va onalik o„simlikni urug„
rivojlanishiga har xil ta‟sir ko„rsatishi natijasida kelib chiqadi.
Umuman, bir tup o„simlikda, boshoqda, ro„vakda, so„ta va ko„sakda,
urug„lar har xil sifatga ega bo„lib, ular morfologik,
anatomik, fiziologik,
biokimyoviy
ko„rsatkichlari bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Madaniy
59
o„simliklarda gullarning paydo bo„lishi, meva va urug„larning pishishi bir
o„simlikning o„zida bir vaqtda to„g„ri kelmaydi.
Boshoqli don ekinlarida boshoq o„rta qismidan gullaydi, pastki va yuqorigisi
kechroq gullaydi. Birinchi yoki oldin hosil bo„lgan urug„lar yirik bo„lib,
yuqori
urug„lik sifatiga ega bo„ladi. Ro„vakli ekinlarda gullash ro„vakning uchki qismidan
boshlanadi, pastki va
yon shoxlarda keyin gullaydi, shuning uchun ro„vakning
uchki qismidagi gullari yirik va urug„lik sifati yuqori bo„ladi. So„taning o„rta
qismidagi donlar esa shunday xususiyatga ega bo„ladi.
Toshkent davlat agrar universitetida o„tkazilgan tajribalar natijasiga ko„ra,
jo„xorining gul to„plamidagi urug„larning sifati har xil bo„lganligini quyidagi
jadvaldan ko„rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: