38
agrotexnik tadbirlar ta‟sirida FI ko„rsatkichlar o„zgaradi. Ekin uchun sharoit yaxshi
bo„lganda o„sish
jarayoni kuchayadi, barg yuzasi kattalashadi. Barg yuzasi katta
bo„lganda pastdagi barglarga yorug„lik tushmaganligi uchun fotosintez
mahsuldorligi kamayadi. Texnologik tadbirlar bilan barg yuzasini va FMni oshirish
juda qiyin bo„ladi. Faqat ayrim texnologik tadbirlar natijasida fotosintetik
ko„rsatkichlar yuqori bo„ladi. Bu tadbirlardan biri - begona o„tlardan tozalash.
Begona o„tdan toza ekinzorda yorug„lik bilan ta‟minlanish yaxshilanadi, shu
tufayli FM oshadi. Kasallik va zararkunandalar bilan
kurashish ham ijobiy natija
beradi.
Fotosintez mahsuldorligini oshirishning birdan bir yili - bu genetika va
seleksiya ishlarini yaxshilashdir. Madaniy ekinlarning ko„pchiligi C
3
turdagi
ekinlarga kiradi. Bu demak, C0
2
ning konsentratsiyasi oshsa fotosintez jarayoni
kuchayadi. Fotosintez jarayonida to„plangan uglerodniig 15-30% nafas olishga
sarflanadi.
O„simliklarni C
4
turiga
makkajuxori, jo„xori, shakarqamish kiradi. Bu
ekinlarda yorug„lik bilan to„yinish kuzatilmaydi, shuning uchun nafas olish ham
yuqori ko„rsatkichga ega emas. Fotosintez mahsuldorligi bu ekinlarda C
3
turiga
qaraganda yuqori bo„ladi.
Fotosintez mahsuldorligiga bargning shakli, anatomik tuzilishi ta‟sir qiladi.
Don ekinlarda yuqori barglari tik o„sgan bo„lsa FM yuqori bo„ladi. Qand lavlagini
bargi ham tik o„sganda FM yuqori bo„ladi.
Yuqori hosil yetishtirishda FM va FPning roli bir xil. Ikkala ko„rsatkichdan
har biri oshirilganda hosil oshadi. Ammo, barg yuzasining kengayshi FPni oshirsa
ham FMni kamaytiradi.
Demak, yuqori hosil yetishtirish uchun ekinni fotosintetik ko„rsatkichlarini
oshirish mumkin. Kechpishar ekin navlarida FP yuqori bo„ladi.
Tezpishar nav va
turlarda FP o„rtacha 1,5-2 mln. kv. m. kun/ga bo„ladi. O„rtapishar navlar uchun
2,5-3,0 va kechpisharlar uchun 3-5 mln. kv. m. kun/ga bo„ladi. FPni oshirishda
ta‟sir qiladigan omillardan biri o„simlikning tup soni bo„lib, me‟yordan oshsa bu
ko„rsatkich yorug„lik yetishmasligi tufayli hosil kamayadi.
39
Ekinlarning Davlat Reestriga kiritilgan navlarining hosildorligi odatda yuqori
bo„lib, amalda bu hosildorlikka erishilmaydi,
chunki FP maksimum
ko„rsatkichlarga ega bo„lmaydi. Buning asosiy sababi barg yuzasining sekin
kattalashishi va yuqori ko„rsatkichda kam bo„lishi natijasida bargi tez sarg„ayadi,
to„qiladi, barg yuzasi keskin kichraya boradi.
Texnologik tadbirlar natijasida (tup soni me‟yordan ko„p, o„g„itlash,
sug„orish) barg yuzasi tez kengayadi, bu esa ekinzorda yorug„lik tizimini
pasaytiradi, oqibatda generativ organlar sust rivojlanadi.
O„zbekistjn sharoitida barg yuzasi va fotosintetik imkoniyat suv tizimiga
bog„liq. Suv tanqis bo„lganda fotosintetik faollik past bo„ladi. Suv yetarli bo„lgan
sharoitda fotosintetik imkoniyat oziqlanish tizimiga bog„liq bo„lib qoladi.
Buning
yuqori bo„lmasligining sababi o„sish jarayonida oziqa moddalarning kerakli
xo„jalik mahsulotiga sarflanishiga bog„liq, vegetativ organlar sust rivojlanadi.
Sug„orish va oziqlanish tizimi muqobil bo„lsa, hosilga ta‟sir qiladigan
omillardan biri - ekinlarning tarkibini kutmagan tomonga o„zgarishidir. Bu holatni
me‟yorga keltirish uchun o„suv davrini ikkinchi yarmida kamroq sug„orish,
ma‟dan oziqlanishni me‟yorga keltirish, mikroelementlardan oqilona foydalanish,
fiziologik faol moddalardan foydalanish zarur. Ammo,
ekinzorning fotosintetik
ko„rsatkichlarini oshirishda quruq texnologik tadbirlardan, seleksiya uslubidan
foydalanib yangi genotip, yangi nav yaratish lozimdir.
Hosil shakllanish jarayonida o„suv davrining boshlanishida (ekish,
maysalanish) va oxirida fotosintez sust bo„ladi yoki bo„lmaydi. O„simliklarning
rivojlanishida 4 ta bosqich aniqlanadi: 1) maysalanish-gullashning boshlanishi, 2)
gullash-meva hosil qilish, 3) meva o„sishi, 4) urug„ning to„lishi.
Bu bosqichlarning asosiy ko„rsatkichi: 1.Barg yuzasi va FP. 2. Barg
yuzasining eng yuqori ko„rsatkichi va bir kvadrat metrda rivojlangan mevalar soni.
3.Barg yuzasi kamayadi, meva kattalashadi, zichlashadi. 4. 1000 dona urug„ning
vazni, hosildorlik va oqsil miqdori ortadi. Ikkinchi va uchinchi bosqich ekinlarning
fotosintetik ko„rsatkichlarining eng yuqori bo„ladigan davridir.
40
Har bir bosqichning faolligi oldingi davrda bo„lgan o„zgarishlarga ham
bog„liq bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: