42
9-jadval
Texnologik tadbirlarning vazifasi
Agrotexnik tadbir
Vazifasi
Oxaklash
Tuppoqning nordonlanishini pasaytirish, ekiladigan
ekinning biologiyasiga mos kelishi zarur
Ang„izga ishlov berish
Namni saqlab qolish, begona o„tlarning urug„ini
ko„karib chiqishiga sharoit yaratish
Organik o„g„itlarni solish Tuproqniig oziqlanish sistemasini va suv-fizik
xossasini yaxshilash
Ma‟dan o„g„itlarni solish Ma‟dan oziqlanish sistemasini muqobillashtirish
Shudgorlash
Tuproqda
ang„iz
qoldiklari,
organik-ma‟dan
o„g„itlarni
aralashtirish, tuproqning mikrobiologik
faolligini yaxshilash
Bahorda yer haydash
Kuzda haydash imkoniyati bo„lmaganda haydaladi.
Vazifasi shudgorlash bilan bir xil
Bahorda boronalash
Tuproqning yuqori qismida bug„lanishni to„xtatish,
erta o„sib chiqqan begona o„tlarni yo„qotish
Qo„ng„irboshli ekinlarni
bahorda qo„shimcha
o„g„itlash
Bu o„g„itlashda azotli o„g„itlar qo„llaniladi. Kuzgi va
ko„p yillik ekinlarni o„sishiga yordam beradi
Kuzgi ekinlarni
boronalash
Kuzgi va ko„p yillik ekinlar bahorda boronalansa,
yorug„lik bilan ta‟minlanishi yaxshilanadi
Ekishdan oldin tuproqqa
ishlov berish
Tuproq yuzasini tekislaydi, yumshatadi va ekishdan
oldin zichlashtiriladi
Urug„ni ekishga
tayyorlash
Urug„ o„lchamiga
qarab saralanadi, tozalanadi,
fitosanitar
holati
yaxshilanadi,
urug„
Davlat
andozasiga javob beradi.
Ekish
Ekish
tizimiga
qarab
maqbul
deb
topilgan
chuqurlikka ekiladi
Maysalanishdan oldin
boronalash
Tuproq qatqalog„i
yo„qotiladi
Maysalashdan keyin
boronalash
Begona o„tlarni yo„qotish
Qator orasiga ishlov
berish
Qator orasini yumshatish, begona o„tlarni yo„q qilish,
o„g„itlarni tuproqqa aralashtirish
Qo„shimcha oziqlantirish Ekinlarni biologiyasiga qarab ayrim rivojlanish
davrlarda oziqlantiriladi
Chopiq
Ildizmevali, tuganakmevali ekinlarda poyaning pastki
qismi tuproq bilan ko„miladi, meva yaxshi rivojlanadi
Ekinlarga pestitsidlar
bilan ishlov berish
Begona o„tlarni yo„q qilishda gerbitsidlar qo„laniladi,
kasalliklarga qarshi fungitsidlar, zararkunandalarga
qarshi akaritsidlar va insektitsidlar qo„llaniladi
Biologik faol moddalarni
O„simlikni o„sish va rivojlanishini boshqaradi. Yotib
43
qo„llash
qolishga qarshi retardant, plastik moddalarni meva va
urug„da to„planishi uchun qo„llaniladi; o„simlikni
quritish
uchun
desikant,
bargini
to„ktirishga
defoliantlar qo„llaniladi
Dala atrofini o„rish
Dalani hosil yig„ishga tayyorlashda atrofi o„riladi,
chunki bu yyerda begona o„tlar ko„p bo„ladi
Hosilni yig„ish
Yetishtirilgan
hosilni kam nobud qilib, sifatiga zarar
keltirmay yig„ib olinadi
Kech bahorda ekiladigan ekinlar uchun bahorda boronalangandan keyin
begona o„tlar bilan zararlanishiga qarab, tuproqning mexanik tarkibi inobatga
olingan xolda 1-2
marta kultivatsiya qilinadi, so„ngra boronalanadi va talab
qilingan sharoitda mola bostiriladi.
Ekish.
Dala va yem-xashak ekinlarning hosili to„g„ri ekilishiga ya‟ni, ekish
me‟yori, ekish usuli, ekish muddati va chuqurligiga bog„liq. Bu masalalar noto„g„ri
hal qilinsa, hosil kam bo„ladi va sifati ham pasayishi mumkin. O„zbekiston
sharoitida yil davomida ekishga imkon bor. Ekish muddati o„simlikning
biologiyasiga qarab bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki bo„lishi mumkin.
Issiqsevar qisqa
kun o„simliklarning urug„i o„rtacha 8-12
o
C da unib chiqadi,
maysasi -1
o
C sovuqda nobud bo„ladi. Demak, bahorda bo„ladigan sovuqlardan
keyin bu o„simliklar ekilishi lozim yoki sovuq tushishita bir xafta qolganda ekish
mumkin. Maysa sovuq o„tib kyetgandan keyin ko„karib chiqadi.
Uzun kunli o„simliklar issiqlikka talabchan bo„lmaydi, maysasi -3-6
o
C
sovuqda chidaydi. Bu o„simliklarni erta bahorda ekish mumkin. Kuzgi ekinlar
tuplanish davrida yaxshi qishlaydi. O„zbekistonda sovuq tushishi oldidan tuplanish
davriga o„tish uchun kuzgi ekinlar sharoitga qarab
sentyabr-oktyabrda ekilgani
ma‟qul. Lalmi yyerlarda ekish muddati yog„ingarchilik boshlanishiga bog„liq.
Ayrim ko„p yillik o„tlarning urug„i qishda yoki erta bahorda samolyot yordamida
ekilishi mumkin. Odatda bu usul urug„i juda mayda ekinlarda qo„llanadi. Ekish
muddati, usuli, me‟yori olinadigan mahsulot turiga bog„liq.
Ko„kat yetishtirish uchun qalinroq ekiladi, don yoki urug„ olish uchun
o„rtacha zichlikda ekiladi. Tuproqning mexanik tarkibi ham ekish muddatiga ta‟sir
qiladi. Yengil, qumoq tuproqlar tez qurib tez isiydi, shuning uchun bu tuproqlarda
44
ertaroq ekish mumkin. Og„ir loyli tuproqlar “sovuq” bo„ladi,
kech isiydi, bu
tuproqlarda ekinlar kechroq ekiladi. Dala ekinlarining ekish usuli hosilga ta‟sir
qiladi.
Ekish usulini tanlaganda ekinlarning morfologik belgilariga - balandligi,
uzunligi, shoxlanishiga e‟tibor berish kerak. Ekish usuliga ekinlarning begona
o„tlar bilan zararlanishi ham ta‟sir qiladi. Begona o„t
ko„p bo„lgan dalalarda ekinlar
keng qatorlab ekiladi, qator orasiga ishlov beriladi. Har xil botanik oilaga mansub
o„simliklar qo„shib ekiladi, bu usulda ko„pincha yem-xashak ekinlar ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: