47
Yem-xashak ekinlarni qo„shib ekishdan maqsad yetishtiriladigan ko„katning
to„yimliligi zootexniya talabiga javob berishi lozim. Ma‟lumki, bir ozuqa birligiga
o„rtacha 100-120 g oqsil to„g„ri kelishi kerak. Hamma ekinlarning to„yimliligi
bunga javob bermaydi. Shuning uchun, to„yimliligi har xil bo„lgan ekinlar qo„shib
ekilsa maqsadga muvofiqdir.
Dala ekinlari qo„shib ekilganda suvli yyerlarda to„la 2 xil hosil yetishtirish
mumkin. Masalan, makkajo„xori
bilan xashaki lavlagi, xashaki sabzi. Bu ekish
usulida mo„l hosil olish, suvli yerlardan oqilona foydalanish nazarda tutiladi.
Umuman, ekinlar qo„shib ekilganda fotosintez jarayoniga qulay sharoit yaratiladi.
K.A. Timiryazev ta‟riflashicha:
«.... qishloq xo„jaligi - bu quyosh nuridan
foydalanuvchi, agronomiya esa - hayotning manbai hisoblangan issiqlikni qamrab
oluvchi fandir»
.
Ana shu usullardan biri har xil turdagi o„simliklarni aralash xolda ekishdir.
O„simliklar aralash ekilganda ularning yer ostki va ustki qismlarini tashqi muhitga
bo„lgan talablari har xildir, ayniqsa, yorug„lik va tuproq
unumdorligidan turlicha
foydalanadi.
O„simliklarni qo„shib ekishda faqat ozuqalik qiymatinigina emas, balki
ularning biologik asoslarini hisobga olib borish ahamiyatlidir. O„simliklar qo„shib
ekilganda ularning ko„kat massasi o„simliklarni yashash davrlarida tashqi
sharoitlarga talablari bir xil bo„lgan taqdirda ko„p bo„lishi mumkin.
Boshoqli o„simliklar dukkakli-don ekinlar bilan qo„shib ekilganda ular
ildizining tuzilishi har xil bo„lib ildizining singdirish qobiliyati ham har xil bo„ladi.
Boshoqli ekinlardan jo„xori, sudan o„ti va makkajo„xorining
ildizi yaxshi
rivojlangan bo„lib, uzun va yon tomonlariga ham yaxshi tarqalgan bo„ladi.
Yuqoridagi o„simliklar ildizining uchdan ikki qismi tuproqni 0-150 sm.
qatlamida, uchdan bir qismi zsa 150-250 sm. qatlamda joylashadi. Dukkakli-don
ekinlarning ildizi o„q ildiz bo„lib yon ildizlari ham yaxshi taraqqiy etgan bo„ladi,
ular ikki vazifani bajaradi: yer ostki qismiga ma‟danli o„g„itlarni suv bilan uzatadi,
tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o„zlashtiradi.
48
Tuganak bakteriyalar asosan ildizning 0-50 sm dagi tuproq qatlamiga
joylashadi, undan past qismida bo„lsa, yashash sharoiti qiyin bo„ladi. Dukkakli-don
ekinlari ildizidagi tuganak bakteriyalar o„suv davrida bir gektarda 10-100 kg va
undan ko„p miqdorda biologik azot to„playdi. Dukkakli-don ekinlari ildizidagi azot
to„plovchi bakteriyalar yordamida havodagi sof azotni o„zlashtirib to„playdi.
Hamma o„simliklar o„z biologiyasiga qarab
,
ildizi
orqali har xil organik va
mineral moddalarni atrofga ajratib chiqaradi. Bir o„simlikning ildizi ajratib
chiqargan moddasi ikkinchi o„simlik ildizi va tuproq kimyoviy tarkibiga hamda
ildiz atrofida yashovchi mikroorganizmlar hayotiga ta‟sir etadi. Mikroorganizmlar
atrof-muhitga turli organik moddalar ajratib chiqaradi, ular ba‟zi moddalarni
ko„paytiradi yoki ko„payishiga salbiy ta‟sir etadi.
Bir necha turdagi o„simliklar aralash o„stirilganda
ularni yer ustki va yer
ostki qismlari rizosferada hamda unga yaqin joylashgan mikroorganizmlarning
rivojlanishiga ham ta‟sir ko„rsatadi. Shuning uchun ham o„sayotgan o„simlik turi
shu yerdagi o„sayotgan boshqa turdagi o„simlikni rivojlanishiga o„z ta‟sirini
ko„rsatadi.
Olimlarning ta‟kidlashicha, qo„shib ekilgan ekinlar ildizlaridan ajralgan
moddalar nishonlangan atomlar yordamida kuzatilganda ham yuqoridagi fikrlar
tasdiqlangan. Donli ekinlar o„zidan tuproqda organik kislotalar, ba‟zi
bir mineral
moddalar ajratadi, ana shu moddalar o„simlikning ildiz atrofi qismlarida
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, shu joydagi
tuproqdan azotli tuzlarni o„zlashtiradi. Jo„xori va dukkakli ekinlarni birga ekilishi
bir-biriga
mos ekanligini, samarasi yuqoriligini ko„rish maqsadida quyidagi
jadvaldagi ma‟lumotlarga e‟tibor berish lozim.
Yuqoridagi ma‟lumotlar shuni ko„rsatadiki jo„xori bilan soya, loviya kabi
dukkakli-don ekinlarini aralash ekish mumkin. Ekinlarni aralash ekishga
yaroqliligini
aniqlashda, ularning atrof-muhitga ta‟sirini bilish muhimdir.
Ko„rsatkichlarga asoslangan xolda jadvaldagi ekinlarni aralash ekish mumkin
ekan. Issiqsevar o„simliklarni ekish muddatlarini bir-biriga moslashtirish mumkin.
O„rimdan keyin qayta o„sib chiqadigan o„simliklarni aralash eksa bo„ladi. Bunday
49
ekinlarni aralash ekish begona o„tlar kam yerlarga ekiladi yoki begona o„tlarga
qarshi ekishdan oldin tuproqqa ishlov berish lozim.
O„zbekistonda aralash ekishga mos bo„lgan ekinlarni quyidagi jadvaldan
ko„rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: