2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

2. Ekishdan oldin o„g„it solish. 
Fosforli va kaliyli o„g„itlar 12-15 sm 
chuqurlikda ekishdan oldin solinadi. Bu ekishdan oldingi kultivatsiya bilan birga 
o„tkaziladi.
3. Ekish bilan bir vaqtda o„g„it solish. 
Bu usul ko„pincha qo„ng„irboshli 
ekinlarda qo„llanadi. Odatda 10-15 kg/ga NPK qo„llanadi. Bu muddatda 
qo„llanilgan fosfor miqdori kam bo„lsa ham ekinlar uchun juda zarur: ekinlarning 
ayrim turlari rivojlanishining dastlabki davrida fosforga talabchan bo„ladi. Fosfor 
bilan ta‟minlansa, bu davrda ekinlar yaxshi rivojlanadi. Bu hodisa urug„i mayda 
ekinlarda kuzatiladi. Urug„i yirik ekinlarda ekish bilan birga o„g„it solishning 
ahamiyati yo„q.
Ekishdan ikki xafta o„tgandan keyin qo„ng„irboshli ekinlarning rivojlanishi 
butunlay NPK bilan ta‟minlanishiga bog„liq bo„ladi. Dukkakli-don ekinlarda NPK 
dan kam foydalaniladi. Ekishdan 10 kun o„tgandan keyin maysaning quruq vazni 
urug„ning 70-90% ni tashkil etadi. Vaznining kamayishi urug„ tarkibidagi karbon 
suvlarni urug„ni unib chiqishiga sarflanishi bilan bog„liq

Ekishdan 20 kun 
o„tgandan keyin o„simlikning vazni ekilgan urug„ vazniga teng bo„ladi. O„simlikda 
2-3 barg hosil bo„lganda ham ekish bilan bir vaqtda solingan o„g„itning ta‟siri 
kuzatilmaydi.
4. Ekishdan keyin o„g„it solish. 
Ekishdan keyin o„g„it solish
 
faqat tuproqda
 
oziqa elementlari yetarli bo„lmaganda qo„llanadi, keng qatorlab ekilgan ekinlarda 
qator orasiga ishlov berayotganda o„g„it 8-12 sm chuqurlikka solinadi. Azotli 
o„g„itlar bilan qo„shimcha oziqlantirish qo„ng„irboshli ekinlarda yaxshi natija 
beradi, ayniqsa, kuzgi boshoqlash davrida, ko„p yillik o„tlar qishlab chiqqandan 
keyin o„g„itlansa, erta bahorda solingan azotli o„g„it suv yetarli bo„lganligi uchun 
tez eriydi va ildiz qatlamiga tushadi.
Qo„ng„irboshli ekinlar oziqlantirishga talab sezsa, ikkinchi marotaba nay 
o„rash davrida ham qo„shimcha oziqlantiriladi. Bunda vegetativ organlarida oziqa 
moddalar yig„iladi, so„ngra u generativ organlarda to„planadi. Donning tarkibida 


33 
azot miqdorini oshirish uchun uni ekin ustiga sepishadi. Ko„p yillik o„tlarda azotli 
o„g„itlar birinchi o„rimda qo„llaniladi, natijada ikkinchi o„rimi tez yyetiladi.
Ikkinchi o„rimidan keyin ham azotli o„g„itlar solinadi. Azotli o„g„itlarning bir 
yillik me‟yorini 60% birinchi, o„rimda, 40% ikkinchi o„rimda qo„llanadi. O„rimlar 
soni ko„p bo„lsa, yillik normaning 45% birinchi o„rimda, 35% ikkichi o„rimda va 
20% uchinchi o„rimda solinadi. Ko„p yillik dukkakli o„tlar ekilganda bor va 
molibden bilan albatta, oz miqdorda qo„shimcha oziqlantiriladi. Buning uchun 
gektariga 6 kg borat kislotasi yoki 1 kg bor va ammoniy molibdati 200 g/ga 200 litr 
suvda eritib o„simlikning balandligi 25-30 sm bo„lganda purkaladi, ammo bu 
oziqlantirishni shonalash davridan kechiktirmaslik kerak.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish