228
IV. YEM-XASHAK O„TLAR
4. 1. Yem-xashak o„tlarning umumiy tavsifi
Chorva mollarining to„yimli ozuqaga bo„lgan talabi tabiiy yaylovlardan,
pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak ekinlardan tayyorlangan ozuqalar
bilan qondiriladi. Yem-xashak ekinlarining orasida yem-xashak o„tlardan: ko„kat,
pichan, silos,
vitaminli un, senaj kabi to„yimli ozuqalar tayyorlanadi. Bu
ozuqalarning tarkibida hayvonlar hayoti uchun zarur bo„lgan vitaminlar, oqsil
moddalar, moy, mineral tuzlar mavjud. O„tlardan tayyorlangan ozuqalar xushbo„y,
oson hazm bo„ladi.
Yem-xashak o„tlar guruhiga ko„p
yillik dukkakli, qo„ng„irbosh va bir yillik
dukkakli, qo„ng„irbosh o„tlar hamda boshqa oilaga mansub ekinlar kiradi.
1)Bir gektardan boshqa o„tlarga nisbatan 2-3 marta ko„p, o„rtacha 2,5-3,0 t.
oqsil to„playdi. Shuning uchun dukkakli o„tlardan eng to„yimli ozuqalar
tayyorlanadi.
2)Dukkakli o„tlar tarkibidagi oqsil yuqori sifatli bo„lib,
unda hayot uchun
zarur aminokislotalar mavjud, shu tufayli bu oqsil yaxshi hazm bo„ladi.
3)Eng muhim biologik xususiti shundaki, bu o„tlar biologik azot to„playdi.
4)Mineral azot ko„p ishlatilsa, tuproq mikroflorasi faollashib organik
yig„indini mineral moddalarga aylantirib tuproqning
tarkibidagi chirindini
kamaytiradi va oqibatda unumdorligi pasayadi. Azotning ortiqcha qismi sizot
suvlariga etib boradi
5)Dukkakli o„tlarni mohiyati ularning biologik xususiyati bilan bog„liqdir,
bu-dukkakli o„simliklarning havo azotini o„zlashtirib tuproqda azot to„plash
xususiyati, ko„p yillik dukkakli o„tlar 2-3 yilda bir gektarda 200-400 kg azot va
ancha ildiz qoldiqlarini to„playdi. Bu ekinlardan bo„shagan
erlarga ekilgan dala
ekinlarining hosildorligi ancha oshadi.
6)Ko„p yillik dukkakli o„tlar uzoq o„suv davri davomida ekin maydonlarini
tuproq emirilishidan saqlaydi, ayniqsa, erta bahor va kuz davridagi yog„ingarchilik
paytida.
229
8)Ko„p yillik ekin bo„lganligi uchun har yili ekilmaydi, urug„ talab
qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman, ko„p yillik o„tlarni yetishtirishda
sarf-harajat kam bo„ladi. Ko„p yillik dukkakli o„tlarning salbiy tomoni:
tuproq
muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, molibden
yetarli miqdorda talab
qiladi, urug„chiligi ancha qiyin.
Dukkakli o„tlar o„rilgandan keyin o„sish boshlanishidan shonalash va
gullash davrigacha ko„kat miqdori tez ko„payib boradi. Gullash davridan boshlab
bu jarayon sustlashadi, ko„kat tarkibida azot kamayib boradi.
O„simlikdagi oziq moddalar ildizida to„planadi.
Bu qishlab chiqishga
yordam beradi. Gullash davrining boshlanishida ko„kat tarkibida 14-18% oqsil
bo„ladi. Gullash davrini oxirida uning miqdori kamayadi, to„qima ko„payadi, oziq
sifati pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: