International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
399
1-rasm
Axborot almashinuv jarayonlari
[3]
Ikkinchi tendentsiya - o‘zini o‘zi boshqarish bo‘linmalarining birlashishi, bu
esa
zarur iqtisodiy salohiyat, rivojlangan muhandislik va ijtimoiy infratuzilma.
Mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal etish va aholiga xizmat
ko‘rsatish uchun zarurdir.
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
(AKT)
sohasidagi
davlat
siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga
integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha
jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida
xalqaro raqamli
stansiyalar o‘rnatildi, shaharlararo va viloyatlar ichidagi magistral aloqa
liniyalarida optik tolali kabellar va raqamli radiorele liniyalar o‘tkazildi, televizion
va radiouzatish vositalari modernizatsiya qilindi hamda yangilari o‘rnatildi,
mamlakatimiz hududlarida CDMA standartidagi simsiz radioaloqa tizimi joriy
qilindi, internet tarmog‘idan keng ko‘lamda foydalanish ommalashmoqda,
millionlab abonentlar uyali aloqa kompaniyalari
xizmatlaridan foydalanmoqda,
bugungi kunda mobil tarmoq O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oldi.
Sohadagi bunday ishlar mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishini ham
yengillashtirmoqda.
Ayni vaqtda odamlar eng yangi texnologiyalar yordamida erkin muloqot
qilayotgan bugungi globallashuv asrida ushbu sohada puxta o‘ylangan davlat
siyosatini amalga oshirish nihoyatda muhimdir. Bu
borada jamiyatimizni yanada
rivojlantirish va uning jahon axborot aloqasi tizimiga integratsiyalashuviga
kompleks yondashish zarur.
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
400
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan,
yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish
jarayoni odamlarga ishonchli
axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va
ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori
darajasini
ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa
xarakatlantiruvchi
kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish
bo‘lmog‘i lozim.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush
tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar
tovarlarni ishlab
chiqarish va iste’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan
axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki,
bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat
talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: