Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar


 Fuqarolarning o‘zini-o‘zi (mahalliy) boshqarish organlari



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   222
2. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi (mahalliy) boshqarish organlari 

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» ning 105-moddasiga binoan 
«Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda 
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini 
saylaydi»[2]. 
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tarkibini fuqarolar yig‘inlari, 
xususan, mahallalar tashkil etadi. Jamiyatda o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimining 
muhim organi bo‘lgan mahalla – bu, hududiy, kasbiy, turli yoshga oid va boshqa 
shu kabi turli xil ijtimoiy guruhlarning qiziqishi va irodasini o‘zida 
mujassamlashtirib, ularni ijtimoiy hayotga joriy qiluvchi umumiy hamda alohida 
holatlarni namoyon qiladi. 
Hududiy tashkilot O‘zbekistonda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini 
shakllantirishdagi eng qiyin masalalardan biridir. Jamiyatni demokratiyalashda, 
ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan bo‘lmish 
mahallaning roli g‘oyat kattadir. O‘zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan 
adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi b о’lib qoldi. 
Optimal o‘lchamlarni tanlash mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning amalga 
oshirilishi kerak bo‘lgan hudud ko‘p yo‘nalishli omillarga bog‘liq. Bugungi kunda 
1 ming 234 ta fuqarolar yig‘ini turli tashkilotlar yoki tadbirkorlarga tegishli 
binolarda joylashgan. 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
399 
1-rasm 
Axborot almashinuv jarayonlari 
[3] 
Ikkinchi tendentsiya - o‘zini o‘zi boshqarish bo‘linmalarining birlashishi, bu 
esa zarur iqtisodiy salohiyat, rivojlangan muhandislik va ijtimoiy infratuzilma. 
Mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal etish va aholiga xizmat 
ko‘rsatish uchun zarurdir. 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
(AKT) 
sohasidagi 
davlat 
siyosatining asosiy prinsiplari mamlakatimizda jahon axborot makoniga 
integratsiyalashish ishlarini jadallashtirish maqsadida AKTni jamiyatning barcha 
jabhalariga keng joriy qilishni nazarda tutadi. 
Bugungi kunda Respublikamizning barcha viloyatlarida xalqaro raqamli 
stansiyalar o‘rnatildi, shaharlararo va viloyatlar ichidagi magistral aloqa 
liniyalarida optik tolali kabellar va raqamli radiorele liniyalar o‘tkazildi, televizion 
va radiouzatish vositalari modernizatsiya qilindi hamda yangilari o‘rnatildi, 
mamlakatimiz hududlarida CDMA standartidagi simsiz radioaloqa tizimi joriy 
qilindi, internet tarmog‘idan keng ko‘lamda foydalanish ommalashmoqda, 
millionlab abonentlar uyali aloqa kompaniyalari xizmatlaridan foydalanmoqda, 
bugungi kunda mobil tarmoq O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oldi. 
Sohadagi bunday ishlar mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishini ham 
yengillashtirmoqda. 
Ayni vaqtda odamlar eng yangi texnologiyalar yordamida erkin muloqot 
qilayotgan bugungi globallashuv asrida ushbu sohada puxta o‘ylangan davlat 
siyosatini amalga oshirish nihoyatda muhimdir. Bu borada jamiyatimizni yanada 
rivojlantirish va uning jahon axborot aloqasi tizimiga integratsiyalashuviga 
kompleks yondashish zarur. 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
400 
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, 
yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish 
jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va 
ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori 
darajasini 
ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa 
xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish 
bo‘lmog‘i lozim. 
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush 
tarzi, qadriyatlar tizimi ham o‘zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab 
chiqarish va iste’mol etishga yo‘naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan 
axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, 
bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat 
talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi. 

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish