TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
165
important person based on knowledge and love of language. Of course, language
cannot be taught, but it can be learned. Therefore, the emphasis as a subject (tool) is
transferred from the language to the student in the study of the language. The more
multifaceted this person is, the more important his or her outcome will be.
Key words:
communication competence, linguistic,
socio-cultural,
component, motivational, active, cognitive, knowledge, skill.
Chet tilini o‗rganish ta‘lim oluvchining dunyoqarashiga, uning psixikasiga
ta‘sir ko‗rsatishi, uni til to‗g‗risidagi va til vositasida yangi bilimlar bilan boyitishi
ma‘lumdir. Ta‘kidlash lozimki, chet tilini bilish bu tilda muvaffaqiyatli muloqot
(o‗zaro aloqalar)ni
kafolatlamaydi, uning yo‗lida noto‗liq tushunish, etnik
stereotiplar, xurofotlar, o‗zining va xorijiy madaniyatning o‗xshashligini yuqori
baholash, ularning individual anglash darajasidagi qarama-qarshiligi
yuzaga kelishi
mumkindir, shuning uchun ham chet tilini o‗qitish jarayonida, bo‗lajak
o‗qituvchilarni tayyorlashda uning shaxsini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat
qiluvchi
muloqot
kompetensiyasini
maqsadga
muvofiq
rivojlantirish
va
takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy bosqichda jamiyatimizda chet tilining roli ayniqsa muhim
hisoblanadi. Talabalar orasida o‗tkazilgan so‗rovnoma natijalariga asosan, chet tilini
egallash zamonaviy inson uchun juda muhim va zarur ish hisoblanishini ta‘kidlash
mumkin. Ammo talabalar obro‗li ta‘lim olish, mutaxassislikni muvaffaqiyatli
egallash, xorijiy madaniyat vakillari bilan muloqot va hamkorlik orqali o‗z
bilimlarini
takomillashtirish, o‗z shaxsini rivojlantirish sharti sifatida, hech bo‗lmasa bir chet
tilini egallashda shaxsiy zaruratni anglamaydilar. Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy
hayotda subyektiv omil rolini oshirish umuman ta‘lim maqsadlarini hamda xususan
o‗qitish maqsadlarini o‗zgartiradi.
Oliy ta‘lim
muassasasida, jumladan pedagogik yo‗nalishlarda chet tilini
o‗rganish, avvalgidek amaliy – muloqot qilishga o‗rgatish, shaxsning gumanitar va
insonparvarlik rivojlanishini nazarda tutuvchi, lingvistik,
filologik va umumiy
dunyoqarashni kengaytirishni ko‗zda tutuvchi rivojlantiruvchi maqsadlarni va ta‘lim
oluvchilarda bilishga oid faollikni, chet tilida muloqot qilish ko‗nikmasini
shakllantirish va o‗zga madaniyatga hurmatni tarbiyalashga yo‗naltirilgan tarbiyaviy
maqsadni amalga oshirishga yo‗naltirilgan. Odatiy ifodalashda bu amaliy, tarbiyaviy,
ta‘limiy, rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal etishga kompleks yondashuvni
ko‗zda tutadi, mohiyatan esa –bu muloqot kompetensiyasining qator asosiy
komponentlarini shakllantirishdir. Shu tariqa, pedagogik oliy ta‘lim
muassasasi
nofilologik fakultetlarida chet tilini o‗qitishning asosiy strategik maqsadi integrativlik
hisoblanadi, o‗quv jarayonini talaba shaxsiga - bo‗lajak o‗qituvchiga yo‗naltirishda
uni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin deb hisoblaymiz.