TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
167
Motivatsion,
mazmunli
va
xulqiy
komponentlar
dialektik
o‗zaro
aloqadorlikka ega. Muloqot vaziyati jarayonidagi bilimlar asosida talabada muloqot
malakalari shakllanadi; alohida, avtomatizm darajasidagi ko‗nikmalar muloqot
malakalariga aylanadi va aksincha malakalarning kombinatsiyasi asosida yangi
muloqot ko‗nikmalari shakllanishi sodir bo‗ladi. Boshqa tomondan, muloqot vaziyati
talabaning muloqot tajribasini shakllantiradi, u yangi muloqot bilimlarda ifodalanadi.
Motivatsion komponent talabani doimiy bilimlarini to‗ldirishga, muloqot ko‗nikmasi
va malakalar repertuarini kengaytirishga, ya‘ni muloqot kompetensiyasini
rivojlantirishga undaydi.
Shu tariqa, pedagogik oliy ta‘lim muassasasi nofilologik fakultetlarida
talabalarga chet tilini o‗qitish davomida muloqot kompetensiyasini rivojlantirish
jarayonining mazmuni quyidagi zaruriy komponentlarni kiritishi kerak: mazmunli
(yoki kognitiv), xulqiy (yoki faoliyatli) va motivatsion (yoki shaxsiy).
Biz
pedagogik
oliy
ta‘lim
muassasasi
talabalarining
muloqot
kompetensiyalarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqdik. Mazkur komponentlarning
mazmunini ko‗rib chiqamiz.
Kognitiv
komponent talabaning kognitiv sohasining o‗zgarishlari bilan
bog‗liq, uning muloqotning umumiy qonunlari, chet tilida muloqot qonuniyatlariga,
shaxs rivojlanishining zamonaviy konsepsiyalariga taalluqli bilimlarini (lingvistik,
ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik-pedagogik) chuqurlashtirishni nazarda
tutadi.
Kognitiv komponent o‗ziga quyidagi bilimlarni kiritadi:
-
o‗rganilayotgan til semantikasi bilan leksik-grammatik bilimlar va
malakalar;
-
umumfoydalaniladigan leksikani, grammatik tuzilmalar va toifalarni bilish;
-
ijtimoiy-madaniy, tarixiy-madaniy, etno-madaniy vaziyatni bilish;
- atamalarni (mutaxassislik tilini tashkil etuvchilarini) bilish;
-
samarali muloqot strategiyasi va taktikasini bilish;
-shaxs rivojlanishining zamonaviy nazariyalarini bilish (A. Maslou, K.
Rodjersning insonparvarlik nazariyalari).
Faoliyatli
komponent talabalarda muloqot faoliyatining turli xil usullarini
rivojlantirishga, muloqot vazifalarini yechish davomida talaba shaxsining yaxlit
o‗zini o‗zi aniqlashi va o‗zinio‗zi ifodalashiga yo‗naltirilgan. Mazkur komponent
bo‗lajak pedagogning kasbiy rivojlanishi xususiyatini hamda uning hayotiy
istiqbolini belgilaydi.
Mazkur komponent malakalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan. Malakalar
ostida talabalar shaxsiy tajribasida shakllangan bilimlar asosidagi ma‘lum faoliyatni
bajarish qobiliyatini tushunamiz. Tadqiqot ishimizda bu muloqot ko‗nikmalari, til
Do'stlaringiz bilan baham: |