TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
166
Birlashtiruvchi g‗oya sifatida biz talaba shaxsini chet tilini o‗zlashtirishi
orqali rivojlantirish g‗oyasini qabul qilamiz, u quyidagicha talqin etiladi:
1)
rivojlantirish harakat, samarali o‗zgarish timsoli sifatida tushuniladi;
2)
rivojlanish o‗quv jarayonida sodir bo‗luvchining umumiy formulasi,
interpretasiya prinsipidir;
3)
rivojlanish o‗qitishda talaba shaxsiga umumiy talab hisoblanadi;
4)
rivojlanish talabaning o‗rganilayotgan tilga munosabatining asosiy tavsifi
hisoblanadi.
Biz pedagogik oliy ta‘lim muassasasida ―chet tili‖ fani kasbiy tayyorgarlik
jarayonida ahamiyatli element hisoblanadi, nafaqat bilimlar va ko‗nikmalarni
egallashni ta‘minlaydi, balki bo‗lajak o‗qituvchilarning ishlari va kasbiy
hamjamiyatdagi hamkorliklari uchun zarur bo‗lgan shaxsning kasbiy ahamiyatli
sifatlarini rivojlantirishga ko‗maklashadi deb hisoblaymiz.
Asos sifatida muloqot instrumenti sifatida tilni pragmatik tushunishni qabul
qilish lozim. Agar ixtiyoriy boshqa fanni o‗qitish sharoitlarida muloqot funksiyasi
ta‘lim oluvchilarning predmetli faoliyatlarini tashkil etish bo‗lsa, chet tilini
o‗rgatishda esa bevosita predmetli faoliyat didaktik jarayon ishtirokchilarining
muloqoti uchun qulay sharoitlarni ta‘minlaydi, muloqot esa bir vaqtda maqsad va
vosita hisoblanadi, shuning uchun muloqot faoliyati samaradorligi, ya‘ni talabalar
hamda o‗qituvchi uchun chet tilini o‗qitishning samaradorligini ta‘minlovchi kasbiy
ahamiyatli shaxs sifatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik oliy ta‘lim muassasasida chet tilini o‗qitish tizimida talaba shaxsini
rivojlantirish ostida avvalo unda fikrini ifodalash usulini egallash jarayoni
tushuniladi, uning shaxsini rivojlantirish vositasi esa chet tilida muloqot jarayoni
hisoblanadi. Chet tilini o‗qitishda biz talabalarga ularning shaxsini rivojlantirishning
o‗zgacha usulini taklif etamiz. Ya‘ni, pedagogik oliy ta‘lim muassasasi nofilologik
fakultetlari talabalarida chet tili vositalari bilan muloqot kompetensiyasini
rivojlantirib ularning shaxsiy imkoniyatlarini oshiramiz.
Nofilologik
fakultetlarda
chet
tilini
o‗qitish jarayonida muloqot
kompetensiyasini rivojlantirish, ya‘ni talabalarni mos muloqotni amalga oshirishga
tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi, bu ularni jahon ta‘lim hamjamiyatining teng
huquqli, ma‘lumotli ishtirokchilariga aylantiradi.
Biz uning shakllanganligini belgilovchi motivatsion, mazmunli va xulqiy
komponentlar majmui, talabaning muloqotga tayyorligi darajasini belgilaydi deb
hisoblaymiz. Shunga ko‗ra, muloqotga tayyorgarlikni muloqot vaziyatlarida
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi, talabada tilga oid,
ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik-pedagogik bilimlar, chet tilini qo‗llashning
amaliy ko‗nikma va malakalarining mavjudligi sifatida tushunamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |