TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 162
materiallar, ularni elektr o‗tkazuvchanligi, parametrlarini hisoblashda anan‘aviy
usullarda mashg‗ulot olib borilganda mavzularni talabalar tomonidan qiyin
o‗zlashtirilishi pedagogik tajriba-sinov jarayonida ma‘lum bo‗lgan. Shuning uchun
mazkur mavzularni o‗qitishda axborot texnologiyasini joriy qilishga oid dasturiy
ta‘minot ishlab chiqildi.
Kompyuter mashg‗ulotini yaratishda, eng avvalo, elektr texnik materiallar,
magnit materiallarni parametrlari va magnit singdiruvchanligini hisoblash darsturi
amalga oshirildi. Magnit materiallar yordamida magnit oqimi keskin kuchaytiriladi.
Magnit oqimidan past kuchlanishli toklarga yuqori kuchlanishli toklarga yoki elektr
energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda va elektr energiyasini shunga o‗xshash
tarzda generatsiyalashda foydalaniladi. Tashqi magnit maydoni ta‘sirida magnitlanish
xossasiga ega materiallar magnit materiallari deb ataladi. Magnit materiallarga
texnikada ko‗p ishlatiladigan ferromagnetiklar va ferritlar kiradi. Ularni magnit
o‗tkazuvchanligi juda yuqori (1,5.106 gacha) va tashqi magnit maydoni
kuchlanishiga hamda haroratga bog‗liq.
Ferromagnit materiallarning magnit singdiruvchanligi haroratga bog‗liq bo‗lib
Kyuri nuqtasiga yaqin qiymatlarda (r o‗zining yuqori qiymatiga erishadi. Kyuri
nuqtasidan yuqori haroratlarda spontan magnitlanish sohasida issiqlik harakati
buzilib, materiallarning magnit xossasi yo‗qoladi. Cho‗lg‗amda magnit o‗zak
bo‗lmaganda magnit induksiya qiymati undan o‗tayotgan tok hisobiga sodir bo‗ladi.
Agar cho‗lg‗amga magnit o‗zak kiritsak, elektr toki hisobiga sodir bo‗ladigan magnit
maydoni o‗zakni yanada magnitlab, qo‗shimcha kuch chiziqlari hosil bo‗lishi
natijasida magnit induksiyasining yoki magnit oqimining keskin oshishiga olib
keladi. O‗zak kesim yuzasidan hosil bo‗ladigan qo‗shimcha kuch chiziqlari qayta
magnitlanish deyiladi va i bilan belgilanadi.
Magnit materiallarning xarakteristikasini aniqlash mavzusidagi amaliy
mashg‗ulotida, magnit materiallarni parametrlarini va magnit singdiruvchanligini
hisoblashda an‘anaviy hamda S++ Builder dasturi asosidagi hisoblashlarni ko‗rib
chiqamiz.
Dasturiy ta‘minotdan dars mashg‗ulotlarida foydalanishning bir qancha
afzallik va kamchiliklari mavjud. Dasturiy ta‘minotning afzalliklari quyidagilar:
Dasturiy ta‘minotdan foydalanganda hisob ishlarida aniqlik yuqori bo‗ladi;
Dasturiy ta‘minotdan foydalanganda hisob ishlari uchun ketadigan vaqtdan
yutish imkoni bo‗ladi;
Talabalarda darsdan tashqari paytda mustaqil o‗rganishlari uchun imkoniyat
yaratiladi;
Masofaviy ta‘lim jarayonida foydalanish talabalarga tushunishini
osonlashtiradi;