TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
160
ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan
xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli g‗oyalar tarzida namoyon bo‗ladi. Xususiy
yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini o‗zgartirish,
yangilashni nazarida tutadi.
Subyektiv yangilik ma‘lum obyektning o‗zini yangilash zaruriyatni
ifodalaydi. Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan
yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi.
Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab, progressiv
yangilanishning sodir etilishini ta‘minlovchi ma‘lum elementlarning yig‗indisini
yoritishga xizmat qiladi.
Ta‘limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab
talabalarining dasturiy bilim, tasavvur va ko‗nikmalari asosida mustaqil ishlash
samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlash, o‗quv faniga qiziqishini
kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‗ulot
mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi,
zamonaviy pedagog texnologiyalarining talaba – yoshlarni fanlarga qiziqtirishga,
ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini
tasdiqlamoqda[2].
Ta‘limning bugungi vazifasi talaba - yoshlarni kun sayin takomillashib
borayotgan axborot-ta‘lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‗rsata
olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‗rgatishdan iboratdir. Buning
uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib
berish zarur.
Zamonaviy o‗quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanishga ko‗p
e‘tibor qaratilmoqda. Barcha oliy ta‘lim muassasalarida kompyuter texnikasi mavjud
bo‗lib, dars jarayonida ulardan foydalanishga imkoniyat ortmoqda. Bunday texnika
va texnologiyalardan foydalanish o‗quv jarayoni sifatini oshiradi, talabalar
qiziqishiga sababchi bo‗ladi. Shuni unutmaslik lozimki, darsda kompyuterdan
foydalandi, degani talabaning bilimi ortdi degani emas, balki undan oqilona
foydalanish zarur bo‗ladi.
Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida foydalaniladigan juda ko‗plab elektron
qurilmalar tayyorlangan. Zamonaviy elektron qurilmalar dasturlashtirilgan.
Mashg‗ulotda axborot texnologiyalaridan foydalanish elektr texnik materiallarni
o‗rganishni osonlashtiradi. Bu talabalarni o‗rganayotgan mavzusini o‗zlashtirish
darajasini oshiradi. Bundan tashqari, bu jarayon o‗qituvchiga talabalarning
o‗zlashtirish darajasiga qarab, o‗rganilayotgan mavzu yuzasidan qo‗shimcha
savollarni shakllantirishga yordam beradi[4].
Yangi pedagogik axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishga asoslangan ta‘lim olish usulidan biri hisoblangan masofali ta‘lim
Do'stlaringiz bilan baham: |