TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
168
vositalarini nutqiy xulq me‘yorlari bilan bog‗lash qobiliyatiga, ma‘lum vaziyatlar va
vaziyatli masalalarga mos bo‗lgan muloqotni amalga oshirishga taalluqlidir.
Faoliyatli komponent o‗z ichiga quyidagilarni kiritadi:
-
madaniyat tashuvchilari bilan madaniy o‗zaro tushunishga erishish uchun
muloqot vaziyatlarida bilimlarni (lingvistik, ijtimoiy-madaniy, predmetli, psixologik-
pedagogik) qo‗llash ko‗nikmalari;
-
muloqot vaziyatlarida mamlakatshunoslik leksikasini to‗g‗ri qo‗llash
qobiliyati (frazeologizmlarni qo‗llash ko‗nikmasi);
-
dolzarb kasbiy ahamiyatli mavzu doirasida nutqni qurish ko‗nikmasi
(nofilologik fakultetlar uchun chet tillari bo‗yicha dasturda ko‗zda tutilgan [91]);
- etnomadaniyatda qabul qilingan muloqot texnikasidan foydalanib, ijtimoiy-
madaniy bog‗liq ssenariylar, milliy-o‗ziga xos xulq modellarini egallaganlik;
-
samarali muloqot strategiyasi va taktikasini amalga oshirish qobiliyati.
Motivatsion
komponentning maqsadi talabaga kasbiy faoliyat bilan bog‗liq
bo‗lgan, bo‗lajak pedagogning kasbiy ahamiyatli shaxsiy va muloqot sifatlarini
anglashda yordam ko‗rsatish, kasbiy o‗zini o‗zi takomillashtirish motivaTsiyasini
rivojlantirishdan iborat.
An‘anaviy ravishda chet tilini o‗qitishda tizim hosil qiluvchi komponent
sifatida axborot, kognitiv komponentlar ko‗rsatiladi.
Pedagogik oliy ta‘lim muassasasida chet tilini o‗qitish davomida muloqot
kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida motivaTsion komponentni tizim hosil
qiluvchi deb hisoblash lozim, chunki aynan u muloqotni amalga oshirishga ko‗p
jihatdan yordam beradi va kasbiy tayyorgarlik davomida bo‗lajak pedagog shaxsini
kasbiy rivojlantirish jarayoni bilan bog‗liq.
Mazkur komponent talaba shaxsining chuqur qatlamlarini: shaxsiy
qadriyatlari, ustanovkalar, ishonchlari tizimi, motivatsion sohasini qamrab oladi.
Motivatsion komponent o‗z ichiga quyidagilarni kiritadi:
-
talabalar ehtiyojlarining iyerarxik tizimini hisobga olish;
-
chet tilini o‗rganishga qiziqish;
-
shaxsiy yo‗nalganlik;
-
insonparvarlik yo‗nalganligi.
Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish (kognitiv komponent), muloqot malakalari
repertuarini kengaytirish (faoliyatli komponent) ularning motivatsion sohasining
o‗zgarishiga olib keladi (motivasion komponent) va talabalar uchun bo‗lajak kasbiy
faoliyatini va uning asosida yotuvchi motivlar, mazmunlar, qadriyatlarni
anglashlarini ta‘minlaydi deb hisoblaymiz.
Shu
tariqa,
muloqot
kompetensiyalarni
takomillashtirish
jarayoni
talabalarning kasbiy shaxsiy rivojlanishlariga bevosita ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, chet tili
Do'stlaringiz bilan baham: |