74
tibbiyot» va «Yagona tibbiyot axborot markazi» kontseptsiyalarini joriy etish
orqali jadal rivojlantirishga, shuningdek, aholining uzoq umr koʻrishi uchun
qoʻshimcha sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
•
«Xavfsiz shahar», «Aqlli shahar» kontseptsiyalarini joriy etishni,
sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish uchun zarur sharoitlarni
ta’minlaydigan madaniy, sport va boshqa ob’yektlarni tashkil qilishni ham
nazarda tutuvchi ilgʻor standartlarni hisobga olgan holda, shaharsozlikning
faqat
bosh rejalar, rejalashtirish va qurilish loyihalariga muvofiq izchil
rivojlanishini ta’minlashga koʻmaklashish;
d) atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga
innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
•
atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishga, jumladan atmosfera havosiga
chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni, suv ob’yektlariga tashlanadigan
oqova suvlarni kamaytirishga, biologik xilma-xillik va ekotizimni saqlashga
qaratilgan innovatsion texnologik yechimlar ishlab chiqish;
•
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
va ularni qayta ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion gʻoyalar va
ishlanmalarning, jumladan muqobil energiya
manbalaridan foydalanish,
energiya tejamkor, ekologik toza avtotransport yoqilgʻisini ishlab chiqarish
texnologiyalari, chang va gazdan tozalovchi texnologiyalarning amalda
qoʻllanishiga koʻmaklashish;
•
suvdan
foydalanish
tizimini,
shu
jumladan
suvni
tozalash,
chuchuklashtirish, oqova suvlardan qayta foydalanish va suv tejashning
innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali takomillashtirish boʻyicha
takliflar ishlab chiqish;
•
maishiy va sanoat chiqindilarini qayta ishlash, shu jumladan
energiya
va biooʻgʻitlarni ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyalarni joriy etish
boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;
•
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, energiya
tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
e) ilgʻor texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va
ragʻbatlantirish sohasida:
75
•
innovatsion tadqiqotlar, gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni
ragʻbatlantirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, istiqbolli
fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda novatorlik gʻoyalarini, shu
jumladan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish orqali ishlab chiqish;
•
imtiyoz va preferentsiyalar taqdim qilish, koʻrgazma
tadbirlarini
tashkil etish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro
manfaatli yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali innovatsion ilmiy-tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
•
yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha ta’lim, ilmiy-
tadqiqot va boshqa muassasalar, ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan
laboratoriyalar, yuqori texnologiyalar markazlari, texnoparklar va boshqa
innovatsiyaga yoʻnaltirilgan tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish
(ilmiy-tadqiqot ishlari qismida), shuningdek, ularning moddiy-texnika va
ilmiy salohiyatini mustahkamlashga koʻmaklashish;
•
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va
tijoratlashtirish boʻyicha zamonaviy
ilmiy-texnologik komplekslar, biznes-
inkubatorlar, startap-akseleratorlarni, shu jumladan yetakchi jahon ishlab
chiqaruvchilarini jalb qilgan holda tashkil etish, shuningdek, IT-
infratuzilmani rivojlantirishga koʻmaklashish;
•
uzoq muddatli texnologik rivojlanish ehtiyojlari va tendentsiyalarini
hisobga olgan holda zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, shu
jumladan yangi avlod transport vositalari,
robot texnikalari va yuqori
texnologik mahsulotlarning boshqa turlarini mahalliylashtirish boʻyicha
loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan tashabbus koʻrsatish;
•
mahalliy innovatsion mahsulotlarni, shu jumladan rasmiylashtirilgan
xalqaro Patent va litsenziyalar asosida joriy etish, ichki va jahon bozorlariga
yoʻnaltirish imkonini beruvchi samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.
Mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotni
shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar
yaratishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Respublikani
innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion
rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
shakllantirilganligi mazkur yoʻnalishdagi muhim bosqichlardan biri boʻldi.
76
Ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro
hamkorlikning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga, aloqalarni
mustahkamlashga toʻsiq boʻlayotgan bir
qator muammolar saqlanib
qolmoqda:
oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari
tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish koʻrsatkichlarining pastligi
hamda qoniqarsizligi;
innovatsion jarayonlarni ragʻbatlantirish, hududlar va tarmoqlar
darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faol kompleks dasturlarini
amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-
quvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga, jumladan ularning
manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va
ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha ta’sirchan
chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro
hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining
qoniqarsizligi kabi
omillar sabab boʻlmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: