72
sohasidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan
qarorlarning miqyosini kengaytirish uchun platforma
23
.
2017 yil 29 noyabrdagi OʻzR Prezidentining PF-5264-son
Farmoniga
koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash
jamgʻarmasi tashkil etildi.
Vazirlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlari:
a) davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
•
innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ishlab chiqishni,
davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini
oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazishni tashkil etish;
•
davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini,
eng avvalo,
infratuzilma
ob’yektlari va resurslar eng koʻp sarf qilinadigan tarmoqlarda keng joriy
etishga koʻmaklashish;
•
dolzarb muammolarni, eng avvalo,
joylardagi muammolarni hal
etishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan
oʻzaro hamkorligining innovatsion yondashuvlarini ishlab chiqish;
•
jamoatchilik
nazoratini
amalga
oshirishning
zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
b) iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish sohasida:
•
mamlakatimizdagi
innovatsion
gʻoyalar,
ishlanmalar
va
texnologiyalarni targʻib qilish va ulardan amaliy foydalanishning
mexanizmlarini
shakllantirish,
bozorning
tez
oʻzgaruvchan jahon
konhyunkturasini
hisobga
olgan
holda
milliy
iqtisodiyotni
jadal
rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni
tashkil etish;
•
atrof-muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish
imkonini beruvchi
ekologik toza texnologiyalarni qoʻllagan holda unumdorlikni oshirishni
nazarda tutadigan «yashil iqtisodiyot» texnologiyalarining printsiplarini
ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
•
Respublika innovatsion salohiyatining, erkin iqtisodiy va kichik sanoat
zonalari,
texnoparklar,
shuningdek,
logistik
xablar
faoliyati
samaradorligining oʻsishiga faol koʻmaklashish;
23
O’zR Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi PQ-3682-son Qarori
73
•
makroiqtisodiy, soliq-byudjet,
pul-kredit parametrlari, shuningdek,
integratsiya jarayonlarining iqtisodiyotga ta’sirini baholash bilan oʻzaro
bogʻliqlikda iqtisodiyot tarmoqlarini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish
stsenariylarini shakllantirishga koʻmaklashish;
•
xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga ularning sifatini va yalpi
ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirish;
•
innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy
etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini tubdan oshirish boʻyicha
takliflar kiritish;
•
innovatsiyalarni joriy etish va hududlar iqtisodiyotini diversifikatsiya
qilish koʻlamini
kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolgan
tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish hisobiga hududlar iqtisodiy
taraqqiyotidagi nomutanosibliklarning oldini olish;
Do'stlaringiz bilan baham: