288
elektr jihatdan ulash uchun mo‘ljallangan (
Kontakt tarmog‘i armaturasi
ga
qarang!).
6.80. Kontakt tarmog‘i osma izolyatori - Подвесной изолятор
контактной сети - Pendant insulator of the contact network -
kontakt
tarmog‘i konstruksiyalari va elementlarining
massasi hisobidan yuzaga
keladigan yuklamani qabul qiladigan va yuklamani yoyish uchun
mo‘ljallangan kontakt tarmog‘i izolyatori (
Kontakt tarmog‘i izolyatorlari
ga
qarang!).
6.81. Kontakt tarmog‘i qurilmalarining gabarit o‘lchamlari –
Габариты устройств контактной сети - Dimensions of devices of the
contact network -
K.t. qurilmalarining asosiy gabarit o‘lchamlari va ularning
qiymatlari 6.31- rasmda keltirilgan.
Kontakt simini rels boshchasi yuqori qismiga nisbatan osilish balandligi
peregon va t.y. stansiyalarida 5750 mm dan, pereezd(t.y. va boshqa
yo‘llarning bir sathda kesishish joyi)larda esa 6000 mm dan kam bo‘lmasligi
lozim.
6.31-rasm. Kontakt tarmog‘ining asosiy elementlari va uni magistral t.y.
boshqa doimiy qurilmalariga nisbatan joylashishini belgilovchi o‘lchamlari:
T
– K.t. tayanchi; I – izolyator; H – kontakt simini rels boshchasi yuqori
qismiga nisbatan
balandligi; A – kuchlanish ostida bo‘lgan qismdan inshoatlarning yerlangan
qismlarigacha bo‘lgan masofa; G – rels boshchasi yuqori qismi sathida chet yo‘l o‘qidan
K.t. tayanchi ichki chekkasigacha bo‘lgan masofa
289
Istisno holatlarida t.y. stansiyalarining harakat tarkibi to‘xtashi nazarda
tutilmagan yo‘llarida qurilgan sun’iy inshoatlar
chegaralarida hamda
peregonlarda “O’zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining maxsus
ruxsati bilan bu masofa 5675 mm gacha kamaytirilishi mumkin.
Poyezdlarning tez yurar va yuqori tezlikli (161-250 km/s) harakatida kontakt
simining nominal osilish balandligi 6250 mm ni tashkil etishi lozim. Kontakt
simining osilish balandligi 6800 mm dan oshmasligi kerak. Yangi t.y.lar
qurilganda, yangilanganda va rekonstruksiya qilinganda peregon va t.y.
stansiyalarida ushbu balandlik 6500 mm bo‘lishi, tez yurar va yuqori tezlikli
(161-250 km/s) t.y. uchastkalarida esa 6250 dan ortiq bo‘lishi lozim.
Kontakt simi bir balandlikdan ikkinchisiga o‘tganda sim osilishining
qiyaligi jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
6.6- jadval
Harakat tezligi, km/s
Kontakt simi qiyaligi, … katta bo‘lmasligi
asosiy
o‘tish
50 gacha
0,01
-
51-70
0,006
-
71-120
0,004
-
121-160
0,002
0,001
161-250
0,001
0,0005
Eslatma: Qiyalik kontakt simining 10 m uzunlikda qanchaga pasayganligi yoki
ko‘tarilganligini bildiradi: masalan, 0,01 – 100 mm ga; 0,006 – 60 mm; 0,001 – 10 mm
Do'stlaringiz bilan baham: