286
6.29- rasm. Fiksatorli sterjenli izolyator
6.30- rasm. Konsolli sterjenli chinni izolyator
Izolyatsiyalangan konsolni tortishda odatda sterjenli chinni I. ishlatiladi.
Seksion ajratgichlar va shoxli razryadniklarda sterjenli chinni I.
(tarelkasimon kam) qo‘llaniladi. O‘zgarmas tok liniyalarida seksion I.da
press-materialdan to‘g‘ri burchakli brusok ko‘rinishida yasalgan polimer
izolyatsion elementlar, o‘zgaruvchan tok liniyalarida
esa ftoroplast quvur
singari tayyorlangan elektr himoyalovchi g‘ilof bilan o‘ralgan silindrsimon
shishaplastik
sterjen ko‘rinishida qo‘llaniladi (6.30-rasm). O‘zagi
shishaplastikadan va qovurg‘alari kremniyorganik elastomerdan yasalgan
sterjenli polimer I. yaratilgan. Ular osma, seksiyalovchi va fiksirlovchi I.
sifatida qo‘llanilmoqda. Ushbu I. izolyatsiyalangan
konsolni tortishda va
ma’lum burchak ostida o‘rnatishda, elastik poperichinalar troslarida
qo‘llashda istiqbolli hisoblanadi. Havo sanoat chiqindilari bilan
ifloslanadigan zonalarda chinni I. davriy ravishda maxsus harakatlanuvchi
vositalar yordamida tozalash(yuvish) talab etiladi.
287
Tayanch qurilmalar va sun’iy inshoatlar
yerlangan qismidan
izolyatsiyalovchi elementlargacha bo‘lgan masofa 6.5- jadvalda keltirilganga
mos kelishi lozim.
Izolyatorlar mexanik mustahkamligining zahira koeffitsiyenti ularni
me’yorlangan buzuvchi kuchiga nisbatan o‘rtacha ekspluatatsion yuklamada
5,0 dan, eng katta ishchi yuklamada esa 2,7 dan kam bo‘lmasligi lozim.
Tortuvchi tugunlardagi jami tortish kuchi 14 kN dan ortganda 120 sinfli
I. o‘rnatilishi lozim. 70 sinfli parallel ulangan girlyand I.ni o‘rnatishga ruxsat
etiladi.Kontakt tarmog‘ining sterjenli (shu jumladan polimer) I. cho‘zilishda
70 kN dan kam bo‘lmagan buzish mexanik kuchiga, 3,5
𝑘𝑁 ∙ 𝑚
dan kam
bo‘lmagan buzish egish momentiga ega bo‘lishi lozim.
6.5-jadval
Kontakt tarmog‘i yoki
yuqori kuchlanishli
liniyadagi kuchlanish, kV
Yerlangan qismdan izolyator
birinchi izolyatsiyalovchi
elementi yoki qovurg‘asigacha bo‘lgan masofa, mm, …
tomonidan kamida
kuchlanish
Yerlangan qismdan
10(6)
200
70
25
300
100
Ushlab turuvchi tros, kontakt simi,
kuchaytiruvchi, ta’minlovchi va
so‘ruvchi liniyalar ankerlash tugunlarida, bo‘ylama va ko‘ndalang ushlab
turuvchi troslar, kontakt simlarining ishchi bo‘lmagan shoxobchalarida
sterjenli chinni I. qo‘llanilishi mumkin emas. Osma I. girlyandlarining yo‘l
bo‘ylab vertikaldan og‘ishi
15
0
dan oshmasligi lizim. Kontakt tarmog‘i
izolyatsiyasi elektrlashgan t.y. joylashgan zonadagi atmosferaning ifloslanish
darajasiga qarab tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: