277
6.68. Kontakt simining yeyilishi (K.s.ye.) – Износ контактного
провода – Wear of contact wire -
tok olish jarayonida simning chiziqli
o‘lchamlari, ko‘ndalang kesim yuzasi va massasini kamayishi (kontakt
osmasi kontakt simining undan foydalanish
mobaynida yuzasining
yo‘qotilgan qismi). K.s.ye.
elektrik
va
mexanik
tashkil etuvchilarga bo‘linadi.
Birinchisi, asosan, kontaktsiz elektr yoyli eroziya – erish, bug‘lanish va tok
qabul qilgich kontakt simidan ajralganda elektr yoyi ta’sirida sim materialini
otilib ketishi( kontakt tarmog‘ida muzlama paydo bo‘lganda ham shunday
hodisa yuz beradi). Ikkinchisi kontakt simi yaxshi moylanmaganda uning
ishqalanish yuzasidan yopishish natijasida va kontakt qo‘yilmasi materiali
yuzasida
paydo
bo‘lgan
qotishlarni
abraziv
ta’sirida
yulib
olinishi.Mamlakatimiz t.y.larida K.s.ye. uning yuzasi
𝑆
𝑦𝑒
ni kamayishi orqali
ifodalanadi (6.23- rasm).
6.23- rasm. Kontakt simining
yeyilishi:
h – kesim balandligi;
a
–
ishqalanish yuzasi kengligi.
6.24- rasm. MФ-100 markali kontakt
simi nominal (kompensator oldidagi)
tarangligi
K ni uning anker
uchastkadagi maksimal yeyilishi
𝑆
𝑦𝑒.𝑚𝑎𝑥
ga meyoriy bog‘liqligi
Ayrim mamlakatlarda K.s.ye. kesim balandligi h ning kamayishi bilan
baholanadi. Kontakt tarmog‘i yondosh tayanchlararo masofa bo‘ylab kontakt
osmasining elastikligi bir xil emasligi va buning oqibatda tok qabul qilgichni
kontakt simiga bosim kuchi bir xil bo‘lmasligi sababli K.s.ye. ham
tayanchlararo masofa bo‘ylab notekis bo‘ladi. Odatda, K.s.ye. fiksatorlarda
tayanchlararo masofa o‘rtasiga nisbatan ko‘proq bo‘lsa-da, kontakt simini
moylash jarayoni uzoq muddat yomon bo‘lganda
aksincha - tayanchlararo
masofa o‘rtasida ko‘proq, fiksatorlarda esa kamroq bo‘ladi. O‘z-o‘zini
278
moylamaydigan kontakt qo‘yilmalarida tashqi moylash to’xtab qolganda yoki
moylash qurilmasi eskirganda, masalan yog‘ingarchilik paytida, t.y. bo‘ylab
K.s.ye. notekis bo‘ladi: elektr harakat tarkibining stansiyayadan uzoqlasha
borishi bilan yeyilish ortib boradi, chunki stansiyada moylash tiklanadi.
Yeyilish simdagi cho‘zuvchi mexanik kuchlanishni ortishiga sababchi
bo‘ladi. Sim uzilishini oldini olish maqsadida K.s.ye.
maksimal qiymati
me’yorlanadi, masalan, kesimi 100
𝑚𝑚
2
bo‘lgan sim uchun 35
𝑚𝑚
2
ni
tashkil etadi (6.4-jadvalga qarang!). Respublikamizda va ba’zi chet el
mamlakatlarida K.s.ye. ortib borishi bilan simning tarangligi davriy ravishda
6.4- jadval
Kontakt simi
chegaraviy
yeyilishining
ko‘rsatkichlari
Nominal kesim yuzasida yeyilish
ko‘rsatkichlari qiymatlari
Ko‘riladigan
choralar
85
100
100
ovalsimon
120
100*1
150
120*1
Mahalliy yeyilish,
𝑚𝑚
2
, ko‘p bo‘lmasligi
30
35
35
40
50
Sim qo‘yiladi
Mahalliy yeyilish
kesim balandligi, mm,
kam bo‘lmasligi
7,07
7,77
7,64
8,60
7,36*1
9,70
7,88*1
Sim qo‘yiladi
Anker uchastkadagi
o‘rtacha yeyilish,
𝑚𝑚
2
, ko‘p bo‘lmasligi
25
30
30
35
45
Sim
almashtiriladi
O‘rtacha yeyilish
kesim balandligi, mm,
kam bo‘lmasligi
7,53
8,20
7,98
9,00
7,78*1
10,05
8,23*1
Sim
almashtiriladi
Eslatma: *1. Bronza kontakt simi. 2. Poyezdlar harakati tezligi 161-250 km/s
bo‘lgan uchastkalarda kontakt simining chegaraviy mahalliy yeyilishi jadvalda
keltirilgandan 5
𝑚𝑚
2
ga kam bo‘lsa va yeyilish aniqlansa zudlik bilan simni
almashtirish talab etiladi.
kamaytirib boriladi (6.24- rasm). K.s.ye.ni o‘lchash davriyligi uning
intensivligiga qarab yiliga bir martadan (Yaponiya) 6 yil va undan ham ko‘p
muddatda bir martani (O‘zbekiston, Rossiya) tashkil etishi mumkin. K.s.ye.
qo‘lda (shangensirkul, mikrometr, skoba va b.) va avtomatlashgan
qurilmalar(kitobning
vagon-laboratoriya
qismiga qarang!) yordamida
o‘lchanadi. K.s.ye.ga proporsional bo‘lgan parametrlari (h– kesim balandligi
va
a
– ishqalanish yuzasi kengligi) jadval yoki EHM dasturi yordamida
𝑆
𝑦𝑒
ga
o‘tkaziladi. Mamlakatimizda kesimi 100
𝑚𝑚
2
bo‘lgan
simda qaralayotgan
anker uchastka uchun K.s.ye.ning o‘rtacha qiymati 30
𝑚𝑚
2
ga yetsa, ushbu
279
anker uchastka simi almashtirilishi lozim (6.4-jadvalga qarang!). Elektr
harakat tarkibining 10 ming marta o‘tishidagi K.s.ye. (ikkita kontakt simli
kontakt tarmog‘ida – umumiy yeyilish)
solishtirma yeyilish
(
i
), elektr harakat
tarkibining 1 mln. km bosib o‘tgan yo‘liga to‘g‘ri keladigan simning
yeyilishi natijasida massasini kamayishi esa
misning solishtirma isrofi
deb
ataladi. Mis kontakt simi uchun
𝑚
𝑘
= 0,89𝑖.
O‘zgarmas tok elektr tortishda
ko‘mirdan yasalgan kontakt qo‘yilmalari uchun
𝑚
𝑘
qiymati taxminan 0,25 t
ni, mis va metallokeramika kontakt qo‘yilmalari uchun
𝑚
𝑘
esa 0,55 t ni
tashkil etadi. Kontakt simining xizmat muddati
𝑡
𝑘
o‘zgaruvchan tok
liniyalarida 2 yildan (Yaponiya) 60 yildan ortiq bo‘lgan (O‘zbekiston,
Rossiya)
oraliqda
tebranadi.
Kontakt
simining
xizmat
muddatini
uzaytirishning eng samarali yo‘li – bu metall kontakt qo‘yilmalari o‘rniga
ko‘mir kontakt qo‘yilmalaridan, elektrovozlar iste’mol qilayotgan toklar
2000 A dan oshganda esa tokni qabul qilish uchun o‘zaro parallel ulangan
ikkita simdan foydalanishdir. Mamlakatimiz t.y.larida
harakatlanayotgan
o‘zgaruvchan tok elektr harakat tarkiblarida va barcha o‘zgarmas tok
elektropoyezdlari(metro)da ko‘mir kontakt qo‘yilmalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: