280
(o‘zgaruvchan tokda) vazifasini yoki qutb (o‘zgarmas tokda) vazifasini
bajaradi; ikkinchi faza (yoki qutb) vazifasini rels tarmog‘i bajaradi.
K.t. kontaktli rels (elektr energiyasi rels orqali elektr harakat tarkibiga
uzatiladigan) yoki kontakt osmali ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Elektr
energiyasini harakatlanayotgan ekipajga relslar orqali uzatishh birinchi
bo‘lib 1876 rus injeneri F.A. Pirotskiy tomonidan amalga oshirilgan.
Kontakt osmasi birinchi marta 1881 yilda Germaniyada paydo bo‘lgan.
Kontakt
osmali
K.t.
quyidagicha
tasnif(klassifikatsiya)lanadi:
K.t.
mo‘ljallangan elektrlashgan transport turiga ko‘ra – magistral, shu jumladan
yuqori tezlikli t.y., tramvay va karyer transporti, yer osti konchilik transporti
va b.; K.t.dan elektr harakat tarkibini ta’minlayotgan
tok va nominal
kuchlanish turi bo‘yicha; kontakt osmasini rels yo‘li o‘qiga nisbatan
joylashishiga ko‘ra – markaziy (magistral t.y. transporti) yoki
yonlama(sanoat transporti) tok olish uchun; kontakt osmasi turiga ko‘ra –
oddiy, zanjirli yoki maxsus osmali; yasalish xususiyatlariga ko‘ra –
peregonlar, stansiyalar, sun’iy inshoatlar uchun K.t.
Elektr ta’minoti tizimining boshqa qurilmalaridan farqli ravishda K.t.
zahiraga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham K.t. ishlash ishonchliligiga
yuqori talablar qo‘yiladi, uni loyihalash, qurish
va montaj qilish hamda
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda ushbu talablar hisobga olinadi.
K.t. simlari umumiy kesimini tanlash, odatda, tortish elektr ta’minoti
tizimini loyihalash jarayonida amalga oshiriladi. Qolgan barcha masalalar
mustaqil ilmiy fan sohasi bo‘lgan K.t. nazariyasi yordamida hal qilinadi.
K.t.ni loyihalashning asosiy masalariga quyidagilar kiradi: tortish elektr
ta’minoti tizimi va tortish hisob-kitoblari natijalariga ko‘ra undagi simlar soni
6.25-rasm. Kontakt tarmog‘ining asosiy qismlari.
281
va markasini tanlash; elektr harakat tarkiblari
maksimal tezliklari va
K.t.dan tok olishning boshqa shartlariga ko‘raK.t. osmasi turini tanlash;
tayanchlararo oraliqni (asosan shamolga bardoshlilikni ta’minlash shartidan
kelib chiqqan holda) tanlash; peregon va stansiyalar uchun tayanch va ushlab
turuvchi qurilmalarni tanlash; sun’iy inshoatlarda K.t. konstruksiyalarini
tanlash; simlar zigzaglari mosligi, havo strelkalari va K.t. seksiyalash
elementlari(anket
uchastkalarining
izolyatsion
tutashmalari,
seksion
izolyatorlar va ajrakgichlar)ning yasalishini hisobga
olgan holda peregon va
stansiyalar K.t. tayanchlarini joylashtirish va rejasini tuzish. T.y.larni
elektrlashtirish jarayonida K.t.ni qurish va montaj qilish usulini tanlashda
mumkin qadar yuk tashish jarayoniga salbiy ta’sir qilmaslikka harakat
qilinish lozim.
K.t.ni qurish qurish-montaj poyezdlari va elektromontaj poyezdlari
tomonidan amalga oshiriladi. Elektr ta’minoti distansiyasi K.t.dan foydalish
bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi.
K.t. konstruksiyalarini takomillashtirish uning ishonchli ishlash
imkoniyatlarini oshirish va shu bilan birga uni qurish hamda foydalanish
xarajatlarini kamaytirishga yo‘naltirilgan. Temit-beton
tayanchlar va metall
tayanchlarning poydevorlarini ularga daydi toklarning ko‘rsatadigan
elektrokorroziya ta’sirini hisobga olgan holda o‘rnatish talab etiladi. Kontakt
simining xizmat muddati, odatda, tok qabul qilgichlarda ko‘mirdan yasalgan
kontakt qo‘yilmalaridan foydalanish hisobiga uzaytiriladi.
Kuchlanish ta’sirida bo‘lgan K.t.ga texnik xizmat ko‘rsatishda
izolyatsiyalovchi
yig‘ma
minoracha(vishka),
drezinalar,
montaj
avtomotrisalari ishlatiladi. Kuchlanish ostida bajariladigan ishlar ko‘lami
elastik poperechinalarda, simlarni ankerlashda va K.t.ning boshqa
elementlarida ikkilangan izolyatsiyadan foydalanish hisobiga kengaytiriladi.
K.t.da bajariladigan ko‘pgina nazorat ishlari vagon-laboratoriyadagi
diagnostikalash vositalari yordamida amalga oshiriladi. So‘nggi yillarda
seksion ajratgichlar tezkorligi teleboshqarish hisobiga ancha oshirildi.
K.t.dagi muzlamani poyezdlar harakati grafigini buzmasdan eritish,
elektrorepellent himoya (elastik poperechinalarda
qungan qushlarni
qochirish), shamol ta’siriga yuqori darajada bardoshlilikka ega bo‘lgan romb
ko‘rinishidagi kontakt osmasi va b. K.t. ishlash ishonchliligini oshirishga
xizmat qiladi. K.t. hududlari soni va xizmat ko‘rsatadigan uchastkalar
chegaralarini aniqlashda elektrlashgan t.y.larning ekspluatatsion uzunligi va
282
yoyilgan uzunligi tushunchalaridan foydalaniladi. Yo‘llar sono nechta
bo‘lishidan qat’iy nazar barcha stansiyalar o‘qlari orasidagi masofalar
yig‘indisi K.t.ning ekspluatatsion uzunligi deb ataladi. K.t.
hududi xizmat
ko‘rsatayotgan peregonlar va stansiyalar elektrlashgan yo‘llarining umumiy
uzunligi K.t.ning yoyilgan uzunligi deb ataladi. Elektrlashgan t.y.larning
yoyilgan uzunligi K.t. hududlari, elektr ta’minoti distansiyalari, yo‘l
bo‘linmalari va “O’zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati uchun
hisobga olish ko‘rsatkichi hisoblanadi va elektrlashgan t.y. ekspluatatsion
uzunligidan taxminan 2,5 martadan ortiqroqdir. K.t.ni ta’mirlash-foydalanish
ishlariga sarf materiallarga bo‘ladigan ehtiyoji
uning yoyilgan uzunligiga
qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: