302
ishlar majmuasi bo‘lib, unga ko‘ra tayanchlar,
elastik poperechinalar,
konsollar, kronshteynlar, qattiq poperechinalarni o‘rnarish, kontakt osmasi va
kontakt tarmog‘ining boshqa simlarini hamda turli xil havo liniyalarini
kontakt tarmog‘i tayanchlarida montaj qilish kiradi. Ushbu ishlar qurish va
montaj qilish brigadalari tomonidan amalga oshiriladi.
Kontakt tarmog‘i tayanchlarini o‘rnatishda avval chuqurlik(xandak)lar
qaziladi, poydevorlar, ankerlar va tortqili tayanchlar o‘rnatiladi. Kontakt
tarmog‘i tayanchlari t.y. tomonidanyoki uning tashqi tomonidan quriladi.
Birinchi
holatda peregonlar, stansiyalarning asosiy yo‘llari va asosiy
yo‘llarga ulangan strelkali bo‘g‘iz(strelochnaya gorlovina)larda qurish
ishlarini bajarish uchun (har bir yo‘l uchun vaqti siljigan holda alohida)
kamida 2 soat, stansion yo‘llarda (asosiydan tashqari) kamida 4 soat kunning
yorug‘ paytida bo‘sh vaqt oralig‘i ajratilishi lozim. Tayanchlar t.y.ning tashqi
tomonida o‘rnatilishi mo‘ljallanayotganda tayanchlarni olib kelish va
o‘rnatish uchun tegishli texnika bora oladigan yo‘laklar bo‘lishini inobatga
olish kerak bo‘ladi. Tayanchlar t.y. tomonidao‘rnatishda
esa tarkibida
lokomotiv, yuk ko‘taruvchi kran, strelkali platforma, ikkita yarim vagon yoki
tayanchlar uchun mo‘ljallangan ikkita 4 o‘qli platforma va yopiq vagon-
issiqxona, buqg‘ulovchi va xandak qazuvchi mexanizmlar hamda
xandaklarga tuproq tukuvchi va preslovchi mexanizmlar majmuasi bo‘lgan
poyezddan foydalaniladi.
Kontakt tarmog‘ini montaj qilishda kontakt osmasi simlarini montaj
qilish asosiy jarayon hisoblanadi. Bu jarayon simlarni to‘g‘rilash va
ankerlash, tor va ressorlarni o‘rnatish, kontakt osmasini yig‘ish va uni anker
uchastkalar bo‘ylab hamda ularni tutashgan joylarida rostlashni o‘z ichiga
oladi. Har bir simni to‘g‘rilash yuqorida (ishchi holatida) yoki pastda (t.y.
yonida) amalga oshirilishi mumkin. Simni to‘‘rilash
ushbu ishni bajarishga
mo‘ljallangan maxsus poyezd yordamida bo‘sh vaqt oralig‘ida amalga
oshiriladi. Ushlab turuvchi tros va kontakt simini to‘g‘rilashda
foydalaniladigan usullarga qarab kontakt osmasini montaj qilish usullari
yuqorida, pastda, kombinatsiyalashgan va majmuaviy usullarda olib boriladi.
Yuqorida montaj qilishda kontakt osmasining barcha simlari
platformadan loyihada ko‘rsatilgan holatga yaqin bo‘lgan holatda yuqorida
to‘g‘rilanadi: avval ushlab turuvchi tros (10 km/s gacha bo‘lgan tezlikda),
kiyin esa kontakt simi (5 -7 km/s tezlikda). Kontakt simini to‘g‘rilashdan
avval ushlab turuvchu tros yetarlicha taranglik bilan tortiladi, ankerlanadi va
303
unga torlar mahkamlanadi. Montaj jarayonini
tezlashtirish maqsadida
simlarni to‘g‘rilashda maxsus mexanizmlardan foydalaniladi.
Pastda montaj qilishda kontakt osmasining barcha simlari yerda (ushlab
turuvchi tros 25 km/s gacha bo‘lgan tezlikda, kontakt simi esa 10 km/s gacha
bo‘lgan tezlikda) to‘g‘rilanadi. So‘ngra osma yo‘l chetida uncha katta
bo‘lmagan balandlikda yig‘iladi, bunda ushlab turuvchi tros tayanchlarning
pastki qismlarida mahkamlanadi va uni dastlabki rostlash ishlari bajariladi.
Shundan
keyin
osma
kerakli
(ishchi)
holatgacha
ko‘tariladi.
Kombinatsiyalashgan usulda montaj qilishda ushlab turuvchi tros pastda
to‘g‘rilanadi, ankerlanadi va unga torlar mahkamlanadi,
keyin esa kerakli
balandlikka ko‘tariladi. So‘ngra kontakt simi balandlikda to‘g‘rilanadi va
ushlab turuvchi trosga osiladi.Yuqorida montaj qilish usuli barcha joylarda
qo‘llanilishi mumkin. Stansiyalarda faqat shu usuldan foydalaniladi, ayrim
hollarda ushlab turuvchi troslar guruhi (bir vaqtning o‘zida bir nechta
stansion yo‘llar uchun) to‘g‘rilanishi mumkin.
Mamlakatimiz t.y.larida kombinatsiyalashgan
montaj usuli odatda
ushlab turuvchi trosni to‘g‘rilash usun kerak bo‘ladigan poyezdlar
harakatidagi bo‘sh vaqt oralig‘ini qisqartirish uchun peregonlarda
qo‘llaniladi. Ammo t.y.ning egrilik radiusi 1000 m dan kichik bo‘lganda bu
usuldan foydalanib bo‘lmaydi. Bu holatda pastda montaj qilish usuli ham
istisno tariqasida qo‘llaniladi, chunki, bunda to‘g‘rilanadigan simlar
shikastlanib qolishi mumkin. Montaj qilishning
bu usuli izolyarsiyalangan
konsollarda va t.y.ning egrilik radiusi 1200 m dan kichik bo‘lganda
qo‘llanishga ruxsat etilmaydi.
Montaj qilishning majmuaviy usuli samarali hisoblanadi, bunda kontakt
osmasining barcha simlari yuqorida poyezdlar harakatidagi bo‘sh vaqt
oralig‘ida (ushlab turuvchi tros kontakt simiga nisbaatan biroz avval)
to‘g‘rilanadi. Shu bo‘sh vaqt oralig‘ida kontakt osmasi yig‘iladi va ishchi
holatiga keltiriladi. Bu usulni amalga oshirish uchun ikkita lokomotivga ega
bo‘lgan maxsus montaj poyezdi va bo‘sh vaqt oralig‘i zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: