304
hamda rostlash ishlarini oladi; bu ishlar kontakt tarmog‘i hududi va
ta’mirlash-taftishdan o‘tkazish uchastkasi
xodimlari tomonidan
kontakt
tarmog‘i tuzilishi va undan texnik foydalanish qoidalarida
belgilangan
muddatlarda hamda shikastlanishlar va uning parametrlarini me’yordan
og‘ishi aniqlanganida amalga oshiriladi. Kontakt tarmog‘ini kundalik
ta’mirlash ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: kontakt osmasi holatini
tekshirish va rostlash (havo strelkalari, anker
uchastkalari tutashmalari,
seksion izolyatorlar, simlar ankerovkasi ham bu ishlarga kiradi) hamda
fiderlar va boshqa liniyalar, so‘ruvchi transformatorlar,
drossel-
transformatorlar, seksion ajratgichlar va ularning yuritmalari holatini
tekshirish va ularni ta’mirlash; fiksirlovchi troslar tarangligini rostlash;
izolyatorlarni tozalash; razryadniklarni tekshirish va rostlash; ushlab turuvchi
konstruksiyalari (qattiq poperechihalar, elastik poperechinalar,
konsollar,
kronshteynlar va traversalar) holatini tekshirish va b. Tayanchlar yer usti va
ostki qismlari tekshiriladi va ta’mirlanadi (yer ostki qismini tekshirishda
tanlab-tanlab tayanch yer ostki qismi kovlanadi va elektrokorroziya holati
o‘rganiladi); tayanchlar yerlagichlari tekshiriladi, uzulgan yerlagichlar va
nosoz uchqunli
oraliqlar, diodli va tiristorli yerlagichlar tiklanadi.
Kontakt tarmog‘ini kapital ta’mirlash elektr ta’minoti distansiyasi va
energomontaj poyezdlarning ixtisoslashgan brigadalari hamda kontakt
tarmog‘i hududi xodimlari tomonidan bajariladi. Bu tur ta’mirlashda kontakt
tarmog‘i ishlash ishonchliligini va yuklanish imkoniyatini yanada oshirish,
poyezdlar harakati o‘lchamlari va tezliklarini talab darajasida oshishini
ta’minlash, xavf yuqori bo‘lgan joylarni bartaraf etish hamda yangi qurilma
va
elementlarni
joriy
etish
maqsadida
uning
birlamchi
texnik
xarakteristikalarini to‘la tiklash ko‘zda tutiladi. Kontakt tarmog‘ini
kapital
ta’mirlash ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: kontakt simlari, ushlab
turuvchi troslar, ta’minlovchi, kuchaytiruvchi va b. simlarni almashtirish;
tayanchlar, poydevorlar, ushlab turuvchi qurilmalar, izolyatorlar, ajratgichlar
va razryadniklarni almashtirish; troslar va mahkamlovchi
detallar qirqilgan
va o‘yilgan joylarini korroziyadan saqlovchi moy bilan qoplash, metall
tayanchlar,
qattiq
poperechinalar,
konsollar,
kronshteynlar
va
b.
konstruksiyalarni bo‘yash; kontakt tarmog‘i simlari kesimini oshirish.
Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddatlari kontakt tarmog‘i elementlarining
texnik holatiga qarab belgilanadi.